Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop
Akson bu…?Nerv hujayrasining uzun o’simtasi
Download 243.7 Kb.
|
Biologiya 5 6 7 8 DAN SAVOL JAVOBNOMA
Akson bu…?Nerv hujayrasining uzun o’simtasi.
Muskul to’qimasining asosiy xususiyatini ayting?Qo’zg’aluvchanlik va qisqaruvchanlik. Sezuvchi neyronning uzun o’simtalari tananing qaysi qismlaridan chiqadi?Orqa va bosh miyadan. Orqa va bosh miyadan chiqqan sezuvchi neyronning uzun o’simtalari qanday funksiyani bajaradi?Tananing barcha to’qima va organlariga boradi va ulardan ichki va tashqi muhit ta’sirlarini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga o’tkazadi. Orqa va bosh miyadan chiqqan harakatlantiruvchi neyronning uzun o’simtalari qaysi harakatlarni boshqaradi?Skelet muskullari,ichki organning silliq muskullari,yurak muskullari. Nerv hujayraning qaysi o’simtalari bosh va orqa miyadan tashqariga chiqmaydi?Nerv hujayraning kalta o’simtasi. Nerv hujayrasining kalta o’simtasi qanday vazifani bajaradi?Bir hujayrani uning atrofidagi boshqa hujayralar bilan bog’lab turadi.
“Biror bir organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi” – degan fikr kimga tegishli?Sechenov. Nerv to’qimasining tarkibiga kirib, orqa va bosh miyadagi hujayralar atrofida joylashgan nerv xili?Neyrogliya. Neyrogliyaning asosiy vazifasi?Nerv hujayralarini oziqlantirish. Qaysi hujayraning o’simtalari juda ko’p bo’ladi?Neyrogliya. A’zo nima?Ma’lum bir funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to’qimalar to’plami. Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar yig’ilib, qanday sistemani tashkil qiladi?Organlar sistemasi. Barcha organlar sistemasi nimani hosil qiladi?Organizm. Neyron qanday shakllarga ega?Doirasimon,yulduzsimon,oval,noksimon. Neyronning hajmi qanchagacha bo’ladi?4 – 130 mikrongacha. Odam organizmi tashqi muhit bilan chambarchas bog’lanishi qaysi sistema orqali boshqariladi?Nerv sistemasi. Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarning tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyatini doimiy bo’lishini ta’minlaydigan omillar?Qon,qondagi qand miqdorining domiyligi,Ca , Na , Cl , K ionlarning miqdorining doimiyligi. Magnit bo’ronining ta’siri qanday odamlarda ko’proq seziladi?Asab,yurak,qon-tomir,tayanch-harakatlanish a’zolari xastalangan odamlard. Magnit bo’roni bilan xastalangan odamlar aholining necha foizini tashkil qiladi?17 – 25 %. Magnit bo’roni bilan xastalangan odamlar qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?Ko’p yurmaslik,jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmaslik,asabiylashishdan saqlanish,issiq hammomda cho’milmaslik,shifokor tomonidan oldindan buyurilgan asabni tinchlantiruvchi dorilarni o’z vaqtida iste’mol qilib turish. Tayanch-harakat sistemasi qaysi sistemalarni o’zichiga oladi?Skelet va muskul sistemalari. Skelet sistemasi organizmda qanday funksiyani bajaradi?Tayanch(bu tufayli odam o’z qaddi-qomatini to’g’ri tutadi),himoya(ichki organlarni , qon tomirlarni va nerv sistemasini himoya qilish). Suyaklarning ko’mik qismidan nima ishlab chiqariladi?Qonning shaklli elementlari(eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar). Mineral tuzlar deposi nima?Suyak Odam skeleti nechta suyakdan tashkil topgan?206 ta. Bosh miya qayerda joylashgan?Kalla suyagining miya qutisi ichida. Ko’krak qafasi qaysi organlarni tashqi muhitning noqulay ta’siridan himoya qilib turadi?O’pkalar,traxeya va bronxlar,yurak va yirik qon tomirlarni. Suyaklarning qaysi qismida qonning shaklli elementlari ishlab chiqariladi?Ko’mik qismida. Odam skeletidagi 206 ta suyaklarning nechtasi juft,nechtasi toq?85 tasi juft 36 tasi toq. Suyaklar tuzilishiga ko’ra qanday xillarga ajratiladi?Naysimon,g’ovak,yassi,g’alvirsimon. Uzun naysimon suyaklar qayerlarda bo’ladi?Yelka,bilak,son,boldir. Naysimon suyaklar necha xil bo’ladi?2 xil : uzun va kalta naysimon. Bosh suyagi nechta suyakning birikishidan hosil bo’ladi?23 ta. Bosh suyakdagi tepa, ensa, yuz, kurak, chanoq suyaklari qaysi suyak turiga kiradi?Yassi. Odamning gavda skeleti necha qismdan iborat va ular qaysilar?2 qismdan; umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasi. Qo’l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari qaysi suyak xiliga kiradi?Kalta naysimon. Umurtqa pog’onasi nechta suyakning birikishidan hosil bo’ladi va uning uzunligi?33 – 34 ta, 70 – 90 sm. Uzun g’ovak suyaklarga qaysilar kiradi?Qovurg’a,to’sh,o’mrov. Orqa miya qayerda joylashgan?Umurtqa pog’onasining kanalida. Umurtqa va kaft suyaklari qaysi suyak xiliga kiradi?Kalta g’ovak. Bosh suyagi necha qismga bo’linadi va qaysilar?2 qismga; miya qutisi va yuz suyaklariga. Umurtqa pog’onasi qaysi qismlardan iborat?Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza,dum. Yuz suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?Yuqori jag’,pastki jag’,yanoq,burun,ko’z yosh,pastki burun chanog’i,tanglay,dimog’ va tilosti suyaklari. Yuqori jag’, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g’alvirsimon suyaklar suyakning qaysi turiga kiradi?G’alvirsimon. O’mrov suyagi qaysi suyakka birikadi?Ichki tomondan to’sh, tashqi tomondan kurak suyagiga. Umurtqa pog’onasining ko’krak qismi nechta umurtqaning birikishidan hosil bo’ladi?12 ta. Bosh miya qutisi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?Tepa,ensa,peshona,chakka,asosiy,g’alvirsimon suyaklarga. Umurtqa pog’onasining qaysi qismlari beshta umurtqadan iborat?Bel va dumg’aza. To’sh suyagi qaysi suyaklar turkumiga kiradi va u qanday qismlarga bo’linadiG’ovak suyaklar, yuqori - dasta,o’rta – tana, pastki qismi – qilichsimon o’simtadan iborat. Ko’krak qafasi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?12 ta ko’krak umurtqasi,12 ta juft qovurg’alar va to’sh suyagi. Umurtqa pog’onasining dum qismi … umurtqadan tashkil topgan?4 – 5 ta umurtqadan Oyoq suyagi necha guruhga bo’lib o’rganiladi va qaysilar?2 guruhga; oyoq kamari(chanoq) va erkin suyaklarga. Nechta qovurg’alar orqa tomondan ko’krak umurtqalarga birikadi?24 ta . Oyoq kamari(chanoq) suyakalari qaysi suyaklardan tashkil topgan?2 tomondan nomsiz suyaklar,orqa tomondan dumg’aza va dum umurtqa suyaklaridan. Qaysi qovurg’alar old tomondan to’sh suyagga birikadi?Chin qovurg’alar. Umurtqa pog’onasining qaysi qismi 7 ta umurtqadan tashkil topgan?Bo’yin. Ko’krak qafasi suyaklarining nomi va soni ketma-ketlik bilan sanang?Chin qovurg’alar 7 juft,soxta qovurg’alar 3 juft, yetim qovurg’alar 1 juft. Yetim qovurg’alar qayerda joylashgan?Qorin muskullari orasida erkin yotadi. Ko`krak va o`mrov suyaklari qo`lning qaysi suyaklari guruhiga kiradi? Yelka kamari suyaklariga. Oyoqning erkin suyaklarini ayting? Son, boldir, tizza qopqog`i va oyoq panjasi suyaklari. Qo`l suyaklari nechta guruhga bo`lib o`rganiladi? Ikki guruhga, yelka kamari va erkin suyaklarga. Ko`krak qafasidagi 6 ta soxta qovurg`alar qaysi suyaklarga birikadi? Ular o`zaro va 7-qovurg`aning tog`ayiga. Ko`krak qafasidagi ikki juft qovurg`alar nima uchun yetim qovurg`alar deyiladi? Oldi tomondan tosh suyagiga birikmaganligi uchun. Qo`lning erkin suyaklariga qaysi suyaklar kiradi? Yelka, bilak-tirsak, kaftustki, kaft va panja suyaklari. Odam tanasidagi 206 ta suyaklar bir-biri b-n qanday birikadi? Harakatsiz va harakatli. Bilakuzuk suyagi nechta suyak birikishidan hosil bo`gan? 8ta Panja suyaklarini ayting? Bilakuzuk,kaft va barmoq suyaklari. Barmoq suyaklari nechta suyakdan iborat? 14 ta. Qo`lning qaysi suyagi 5 ta suyakning qo`shilishida hosil bo`gan? Kaft suyagi. Qo`lning panja suyaklari nechta suyakdan iborat?27 ta Bo`g`im necha qismdan iborat qaysilar? 3 qismdan bo`g`im xaltasi, suyakning bo`g`i yuzasi,bo`g`im bo`shlig`i. Oyoq panja suyaklari necha guruhga bo`linadi? 3 guruhga tovon,kaftusti, barmoq suyaklari. Harakatsiz birikkan suyaklarni ayting? Bosh, umurtqa, chanoq suyaklari. Suyaklar bir-biri b-n nimalar yordamida birikadi? Boylamlar, tog`aylar, suyak choklari yordamida. Bola o`sgan sari boshining qaysi qismlari chok yordamida birikadi? Peshona, tepa, chakka,ensa. Suyaklar nima uchun harakatsiz birikadi? Bir- biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun. Harakatli ya’ni bo’g’im hosil qilib birikishga qaysi bo’gimlar kiradi?Qo’l va oyoqlarning bo’gimlari. Qo’lning qaysi qismlari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi?Yelka,tirsak,kaftust barmoq suyaklari. Bo’g’im hosil qiluvchi 2 ta suyakdan 1-sining uchi qanday shaklda bo’ladi?Qavariq, silliq, Oyoqning qaysi qismlari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi?Son-chanoq,tizza,boldir-tovon,panja suyaklari. Bo’g’im hosil qiluvchi suyakdan 2-sining uchi uchi qanday shaklda bo’ladi?Botiqroq. Suyak necha qismdan iborat va qaysilar?4 qismdan; suyak usti pardasi,ustki qattiq plastinkasimon qavat,ichki g’ovak qismi va ilik bo’shlig’i. Suyakning ustki qavat qanday tuzilgan?Qattiq zich plastinkasimon. Periost nima?Suyak yuzasini qoplab turuvchi suyak pardasi. Suyakusti pardasi qanday vazifalarni bajaradi?Suyakni oziq moddalar bilan ta’minlaydi,uning o’sishida, singanida,yorilganida jarohatning bitishiga yordam beradi. Suyakusti pardasi qaysi to’qimadan iborat?Biriktiruvchi. Suyakning qaysi qismalari ko’plab ingichka kanalchalar, ularda esa qon tomirlari limfa va nerv tolalari joylashgan bo’ladi?Ichki va ustki qavatida. Suyaklarning kimyoviy tarkibini qanday moddalar tashkil qiladi?Organik va anorganik moddalar. Organik moddalar suyakning necha qismini tashkil qiladi?3 dan 1 qismini(1/3). Anorganik moddalar suyakning necha qismini tashkil etadi? 3 dan 2 qismini(2/3). Suyakning 60 % ini nima hosil qiladi?Fosfat tuzlari. CaCO3 tuzi suyakning necha % ini tashkil qiladi?5,9 %. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bo’yi o’rtacha necha sm bo’ladi?50 sm. Chaqaloqning bosh suyagidagi o’zaro birikmagan yumshoq bo’shliqlar nima deyiladi?Liqildoq. Chaqaloq 1 yoshgacha har oyda necha sm gacha o’sadi?2 sm. Qachon bolaning bo’yi 74 – 75 sm ga yetadi?1-yoshning oxirida. Katta liqildoq qayerda joylashgan?Peshana va tepa suyagi o’rtasida. Bosh suyagi bolaning qaysi yoshlarida tez o’sadi?3 – 4,6 – 8 , 11 – 15. Bola bosh suyagining o’sishi va shakllanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha. Bola necha yoshdan boshlab, uning o’sishi har yili 5 – 7 smni tashkil etadi?2 yoshdan. Bolaning qaysi yoshlarida bo’yiga o’sish tezlashadi?3 yoshgacha,5 – 7,12 – 16 yoshgacha. O’sish necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha. Odam bo’yining uzunligi qaysi suyaklar o’sishiga bog’liq?Uzun naysimon va umurtqa pog’onasining. Chaqaloqlarda nechta liqildoq bo’ladi?6 ta. Kurak , o’mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha. Raxit kasalligi nimalar oqibatida kelib chiqadi?D vitaminining yetishmasligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik, organizmda P va Ca tuzlari buzilishi oqibatida. Suyakning o’sishi tufayli qaysi qismi qattiqlashib, suyakka aylanadi?Ustki qismi. Suyakning qattiq qismi qanday hosil bo’ladi?Tog’ay qismida mineral tuzlar to’planishidan. Umurtqa suyaklari necha yoshlar orasida suyakka aylanib bo’ladi?17 – 25 yosh orasida. Raxit kasalligiga chalingan bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Suyagi yumshab, egiluvchan bo’lib qoladi.Ayniqsa oyoqlari umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi,chanoq suyagi egrilanib qad-qomati normal shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qo’l kaftining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?15 – 16 yoshgacha. Nima uchun odam bosh skeletining miya qismi yuz qismiga nisbatan yirikroq bo’ladi?Bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uchun. Odam skeletining qaysi qismlari xilma-xil murakkab va nozik harakatlar bajaradi?Qo’lning yelka,bilak,kaftusti,panja va oyoqlari. Odam barmoqlarining syakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?16 – 20 yoshgacha. Nima uchun hayvonlar bosh skeletining yuz qismi miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan?Chunki ular dag’al, qattiq oziq bilan oziqlanadi,bundan tashqari ularning jag’i hujum va himoya organlarining vazifasini ham bajaradi. Organik moddalarning 2-nomi?Osseinlar(kollagen tolalar). Tirsak suyagining pastki uchi qaysi suyakka borib birikadi?Bilak suyagining yoniga. Suyaklarni yemiruvchi hujayralar nima deyiladi?Osteoklastlar. Kichik liqildoqlar qayerda joylashgan?Tepa va ensa suyaklari o’rtasida. Tepa va peshona suyaklari orasida nechta liqildoq bor?1 ta(katta liqildoq). O’mrov suyagining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha. Suyaklanish jarayonining sekinlashuviga qaysi vitamin yetishmasligi sabab bo’ladi? D vitamin. Nima sababdan odamning oyoq suyaklari hayvonlarning orqa oyoqlariga nisbatan kuchli rivojlangan?Chunki odam tik yurishi tufayli tana massasi 2 oyoqqa tushgani uchun,bundan tashqari odam oyoqlari bilan xilma-xil va murakkb harakatlat bajaradi. Odamning tik yurishi uning qaysi suyaklarining kattalashuviga sabab bo’lgan?Chanoq suyagi va chanoq bo’shlig’ining. Odamning murakkab va nozik harakatlarni bajarishda ayniqsa, qo’lning qaysi barmog’i nihoyatda katta ro’l o’ynaydi?Qo’lning bosh barmog’i. Muskullar necha xil bo’ladi?3 xil:ko’ndalang targ’il, silliq tolali, yurak muskullari. Motoneyron bu …?Muskullarning harakatini ta’minlovchi nerv hujayrasi. Odam tanasida qancha muskullar bor?600 dan ortiq. Oliy nerv markazi qayerda joylashgan?Orqa,uzunchoq va o’rta miya markazlarida. Markaziy falajlik qachon kelib chiqadi?Bosh miya po’stlog’idagi nerv hujayralarning ishi buzilsa. Narvonsimon muskullar odam tanasi muskullarining qaysi guruhiga kiradi?Bo’yin muskullariga. Odam tana massasini o’rtacha necha foizini muskullar tashkil qiladi?40%. Periferik shol qachon vujudga keladi?Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilsa. Qanday insonlarning tana massasini 50% ini muskul tashkil qiladi?Jismoniy mehnat va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilarning. Muskullar tana tuzilishi necha qismdan iborat va ular qaysilar?3 qismdan:bosh,qorin(tana),dum. Nafas olishda va nafas chiqarishda ishtirok etadigan muskullar?Ko’krak qafasi muskullari. Uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, duksimon shaklli muskullar qaysi muskul turiga mansub?Skelet muskullari. Tashqi va ichki qanotsimon muskullar qayerda joylashgan?Og’izning ikki yonida. Odam tanasi muskullari necha qismga bo’linib o’rganiladi?Bosh,bo’yin,gavda,qo’l va oyoq. Bosh muskullari ishiga ko’ra necha qismga bo’linadi?Chaynash va mimika muskullari. Chaynash muskullariga qaysi muskullar kiradi?Xususiy chaynash,og’izning ichki va tashqi qanotsimon,chakka muskullari. Mimika muskullariga qaysi muskullar kiradi?Qoshning bir-biriga yaqinlashtiruvchi, ko’z va og’izning aylana muskullari,yanoq muskullari, pastki labning uchburchaksimon muskullari va yuqori labning kvadratsimon muskullari,kulgich muskullari. Bo’yin muskullariga qaysi muskullar kiradi?Bo’yin teriosti muskullari,bo’yinning narvonsimon muskullari,to’sh va o’mrov so’rg’ichsimon,tilosti muskullari kiradi. Gavda muskullari qanday guruhlarga bo’linadi?Ko’krak,qorin va orqa muskullarga. Ko’krak qafasi muskullarini ayting?Ko’krakning katta va kichik muskullari,o’mrovosti,qovurg’alararo ichki va tashqi,diafragma va tishsimon muskullar. Ko’krak qafasi muskullari qanday jarayonlarni amalga oshiradi?Nafas olish,nafas chiqarish,qo’llarning harakatlanishida. Qorin muskullariga qaysilar kiradi?Ichki va tashqi qiyshiq muskullar,ko’ndalang muskullar,belning kvadratsimon muskullari,chov-kanal va qorinning tog’ri muskullari. Qorin muskullari qanday vazifani bajaradi?Qorin devorini hosil qilishda,nafas harakatlarida,umurtqa pog’onasini bukishda,ichki organlar bosimini saqlashda,kuchanishda. Qorin muskullari kimlarda yaxshi rivojlangan va qanday vazifani bajaradi?Ayollarda, tug’ish jarayonini yengillashtiradi. Orqa muskullarga qaysi muskullar kiradi?Trapetsiyasimon,rombsimon,tishsimon,serbar muskullar,umurtqa pog’onasini yozuvchi muskullar. Orqa muskullar qanday vazifani bajaradi?Umurtqa pog’onasini,kurak suyaklarini harakatlantirishda va gavadni rostlab turishda. Qo’l muskullari nechaga bo’linadi?Yelka kamari va qo’l muskullari. Yelka kamari muskullariga qaysi muskullar kiradi?Deltasimon va kurak sohasidagi muskullar. Qo’l muskullari qanday muskullarga bo’linadi?Yelka,bilak,panja. Yelkaning ichki yuzasida necha boshli muskul joylashgan?2 boshli. Yelkaning tashqi yuzasida necha boshli muskul joylashgan?3 boshli. Panjani bukilishida qaysi muskullar qisqaradi?Bilakning ichki sohasidagi. Panjani yozilishida qaysi muskullar qisqaradi?Bilakning tashqi sohasidagi. Oyoq muskullari qanday muskullarga bo’linadi?Son,boldir va oyoq panjasi muskullariga. 2 boshli muskul oyoqning qaysi qismida joylashgan?Sonning orqa tomonida. Sonning old qismida necha boshli muskul joylashgan?4 boshli. Boldirning orqa yuzasida necha boshli muskul joylashgan?3 boshli. Axil payi qayerda joylashgan?Boldirning orqa sohasidagi 3 boshli muskullarda. Muskullarning tashqi tomondan o’rab turuvchi parda nima deyiladi?Fastsiya. Fastsiya bilan muskul paylari orasida muskulning harakatini qulaylashtiruvchi qanday suyuqlik bo’ladi?Sinovial suyuqlik. Skalet muskillarning ishi necha xil bo`ladi va ular qaysilar? 2 xil bo`ladi, statik va dinamik. Muskullarning statik holati qanday? Odam tanasi va uning ayrim qismlari, malum vaqt davomida zarur bo`lgan vaziyatni saqlash. Muskullarning dinamik ishi qanday? Odam tanasi va uning ayrim qismlari har-xil harakatlarni bajaradi. Muskullarni charchashi nima? Ma’lum vaqt davomida ish bajarish, natijasida muskullarni charchashi. Muskullarning charchashi sabablari qaysilar? * - Uzoq vaqt davomida qo`zg`alish vaqtda miyaning muskul ishini boshqaradigan nerv hujayralari charchaydi, ular qo`zg`alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga o`tadi.
Download 243.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling