Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet13/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Barg tomiridagi naychalar qanday hujayralardan tashkil topgan?Qalin devorli o’lik.

Barg tomiridagi po’sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar nima deb ataladi?Tolalar.

Barglarning qanday hujayra va to`qimalardan tuzilganini nima orqali ko`rish mumkin.?Mikroskop

Barg eti hujayralari qayerda joylashgan.?Bargning ustki va orqa tomonidagi po`st oralig`ida joylashgan

Barg og`izchalari hujayralari deb nimaga aytiladi.? Barg po`stida yana loviasimon juft hujayralar bo`lib,ularda sitoplazma va mag`izdan tashqari,yashil plastidalar bo`ladi

Barg tomirlarining nay tolali boylamlarni nima hosil qiladi?Naychalar, va elaksimon naychalar tolalar birgalikda

Fotosintez nima?Quyosh nuri ta’sirida xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo`lishi

Fotosintez so`zining ma’nosi ?Fotoz-yorug`lik sintez –birlashtirish qo`shish degan ma`noni bildiradi

Kraxmal yog`, oqsil, shakar bo`lgan organik moddalar o`simlikni qaysi qismida hosil bo`ladi?Barg eti hujayralarda va o`simlikning boshqa yashil organlarida

Quyosh hayot va xlorofill” nomli kitob muallifi kim ?A. Temiryazev.



Organik moddalar qanday hosil bo`ladi ?Barg eti hujayralardagi xlorofil donachalar ishtirokida va yorug`lik tasirida

Shakar va kraxmal qanday hosil bo`ladi ?Karbonad angidirid suv b/n birikishidan

Karbonat angidrid suv bilan birikkanda nima ajralib chiqadi ?Kislorod gazi

Xlorofill donachalari ishtirokida hosil bo’lgan organik moddalar nimada eriydi ?Suvda

Nafas olishda barglarda organik moddalar hosil bo`ladimi ?Yo`q aksincha parchalanadi

O`simliklar hayotidagi muhim jarayonlaridan yana biri?Suv bug`latishidir

O`simlik organlarini qizib ketishidan nima saqlaydi?Suv bug`latish

O`z vaznidan 500-600 hissa ko`p suv bug`latigan o`simlik ?G`o`za

Bir tup makkajo`xori yoz davomida qancha suv bug`latadi ?200 l

Suvni kam bug`latganligi u/n yozda barglari to`kiladigan o`simliklar ?Shuvoq b/n qora boyalich

O`rta yoshdagi qizilmiya yoz davomida qancha suv bug`latadi?500-600 l

Barglar qanday qilib to`kiladi?Barg birikkan joyda po`kak hosil bo`lsa

Yil bo`yi o`sib,barglari qishda ham yam yashil bo`lib turadigan o`simliklar ?Archa,qulupnay qarag`ay qora qarag`ay

Xazonrezgilik sabablari?1.Yorug’lik,harorat yetishmasligi tufayli xlorofill yemirilib, xloroplastga aylanishi. 2.Zararli moddalarning to’planishi. 3.Kech kuzda ildiz tukchalari sovuq suvni so’rib ololmasligi.

Bargning ichki tuzilishi?Ustki va ostki po’sti(epiderma),barg eti,o’tkazuvchi nay tola boylamlari,og’izcha,tukcha.

Bargning ichki qismi qanday to’qimalardan iborat?Qoplovchi,asosiy,o’tkazuvchi,mexanik.

Suv bug’latish bargning qaysi qismi orqali amalga oshadi?Og’izchalar.

Navlarini va naslini saqlash nima orqali ta’minlanadi?Vegetativ ko’payish.

Gulli o`simliklarining vegetativ organlariga?Barg ,ildiz poya

Vegetativ ko`payish deb nimaga aytiladi.?O`simliklarning ildiz ,ildiz poya tugunak piyozbosh novda va bargdan ko`payishiga

Lola,gladiolus, bosh piyoz kabi o`simliklar qanday ko`payadi?Piyoz boshdan ko`payadi

Ildiz bachkisidan ko`payadigan o`simliklar ?Qoraqat,terak,namatak,olvoli,shirinmiya,yantoq

Payvandlash deganda nimani tushinasiz ?1-o`simlikning ma`lum qismini 2-o`simlikka turli usullar b/n o`rnatishdir


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling