Mo’minov rajabboyning
Download 1.56 Mb.
|
bionformatika genomika
Bu dasturlarga joylashtirilgan ko‘plab algoritmlar texnikasini biopolimerlar ketma-ketligini qurishda statistik xossalar va qonuniyatlarni tadqiq qilish uchun diskret matematikada [Gusfield, 1997] hamda matematik statistika va ehtimollar nazariyasida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ketma-ketliklar o‘zgarishining tadrijiy cheklovini hisobga oluvchi matematik baholash yordamida genetik ma’lumotlar murakkabligining tahlilini o‘tkazish muhim muammolardan biridir. Eukariot genlari ta’sirliligini tartibga soluvchi ketma-ketliklar genomida kompyuter tadqiqotini o‘tkazish va izlash muammosi birmuncha muhimdir. Ketma-ketliklarni tartibga soluvchi ma’lumot murakkabligining miqdoriy tahlili va ma’lumotiy tashkillashuvini har taraflama tadqiq qilish uchun zamonaviy Internetbop kompyuter dasturlarini yaratish zarur
Bugungi kunda birmuncha to‘la bo‘lgan molekulyar-biologik resurslarni [GenBank, EMBL], ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasini ham e’tiborga olgan holda, gen ta’sirliligini [TRRD, TRANSFAC, EPD] tartibga solish bo‘yicha DNK ketma-ketliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Tavsiya etilayotgan dissertatsiya ishida genetik ma’lumotlarni statistik tahlilida yangi kompyuter uslublarini ishlab chiqish va qo‘llash, genomli DNKlardagi tartibiga solinuvchi joylarni va vazifaviy saytlarni oldindan aytish, genomlardagi takrorlanishlarni izlash va ularning tuzilmasini tahlil qilish kabi vazifalar qo‘yilgan.
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling