Monetarizm va keynschilik nazariyasi, hozirgi kunda ularning amaliy ahamiyati


Download 24.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1800743
  1   2
Bog'liq
Normamatov Farrux Baxtiyor o’g’li (1)



296 
MONETARIZM VA KEYNSCHILIK NAZARIYASI, HOZIRGI KUNDA ULARNING 
AMALIY AHAMIYATI 
 
Normamatov Farrux Baxtiyor o’g’li 
Toshkent moliya instituti magistranti 
+998938064969 
 
Monetarizm iqtisodiy talimotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli 
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, 
iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Mone-
tarizm (monetary 
– pul) bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal qiluvchi 
ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm nafaqat pul 
togrisidagi talimot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi, pul-
kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi, pul-kredit siyosati, 
valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan 
ishlab chiqarish orta-sidagi bogliqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm 
keynschilar talimotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni 
olqishlovchi nazariyadir. 
Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen naza-riyasiga kora,
erkinlik va xususiy tadbirkorlik ortasida ichki bogliqlik mavjud. Faqat xojalik erkinligi 
sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mum-kin. 
Iqtisodiyotda 
nima 
qilish 
kerakligini 
millionlab 
kishilar-dan 
kora 
davlat 
amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xojalik 
jarayonlarga aralashuvi iqtiso-diyotning ozini-ozi tartiblash tizimini buzishga olib 
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini taminlagan 
holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmogi lozim. 
50-yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik 
shakllandi. Uning ancha kozga koringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887
–1975), 
P.Samuelson (1915 y. tugilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897
–1974), R.Solou 
(1924 y. tugilgan), ingliz R. Xarrod (1900
–1978) lar hisoblanadi. 
Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot obekti makroiqtiso-diy miqdorlarning 
(yalpi talab, yalpi taklif, yalpi, jamgarma) ozaro tasiri hisoblandi. Masalaga bunday 
yondashuv tsiklli ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy osish muammosini tahlil qilishga 
yordam beradi. 
Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy osish nazariyasini ishlab 
chiqdilar. Undagi asosiy muammo realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu 
nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dina-mik muvozanat holatda boladi, agar talab 


297 
ishlab chiqarish resurs-laridan tola foydalanish imkonini bersa. Talab bogliq bolgan 
milliy daromadning kopayishi, ularning fikriga kora, faqat kapital jamgarilishi 
funktsiyasi hisoblanadi, kapitalga bolgan talab esa, faqat milliy daromadning osish 
surati bilan aniqlanadi. 
Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sigimining osish moyilligini 
va «yetuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Iqtisodiyotda jamgarmaning 
investitsiya-lardan ortib ketishi korxonalarning tola quvvat bilan ishlamas-ligiga va 
ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarga bolgan talab-ning jamgarmadan ortib ketishi 
baholarning osishini keltirib chiqardi. Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va 
bevosita tartib-lash chora-tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita tasir korsa-tish 
usuliga soliq siyosati, byudjet orqali moliyalashtirish, kre-dit siyosati, tezlashtirilgan 
amortizatsiyalar kiradi. 
J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tar-tiblash keng qollaniladi. 
Asosiy kapitalga kapital qoyilmasini ragbatlantirish uchun foiz meyorini ozgartirish, 
birinchi nav-batda uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat krediti 
ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini ozgartirishda, eksport tarmoqlarini 
ragbatlantirishda, 
iqtisodiyotning 
qoloq 
boginlarini 
qollab-quvvatlashda, 
infratuzilmani rivojlanti-rishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol 
oynay boshlaydi. 
Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator (jadallashtirish) printsipi 
bilan toldirdilar. Multiplikator printsipi boyicha investitsiya ish bilan bandlikni 
taminlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga kora daromadlar-ning osishi 
konkret sharoitda investitsiyaning kopayishiga olib kelishi ham mumkin. Buning 
manosi shundan iboratki, daromad-larning kopayishi yalpi talabning oshishiga olib 
keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi 
va demak, yangi investitsiyalarga bolgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad 
osishi bilan kelgusi investitsiyalar osimi ortasidagi bogliqlikni ifodalaydi. 
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator 
yo'nalishdagi iqtisodiy qarashlar «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan 
bo'lib, bu AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o'tiladi. 
Hozirgi paytda bu yo'nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MDHdavlatlarida 
«Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshlandi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida 
shakllanguncha bosib o'tgan yo'l va unda vujudga kelgan g'oyalar, oqimlar juda 
murakkab, ko'pincha bir-biriga zidva qarama-qarshidir. Shunday bo'lsa-da, ular bir-
birini to'ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini 
ma‘lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. 



Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling