Monitor(ekran), sistema bloki, klaviatura, sichqoncha


Download 1.1 Mb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1211542
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bо


Hozirgi kunda inson hayotini kompyutersiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Shunday ekan, quyidagi savollar о‘rinli: Kompyuterning о‘zi nima? U qanday tuzilgan? Kompyuterning imkoniyatlari qanday? Uning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Insonga qanday yordami tegadi-yu, qanday zarari bor? Shu va boshqa savollarga javob topishga qо‘yidagi maqolada harakat qilamiz. Inson tafakkurining mahsuli bо‘lgan kompyuter juda kerakli mashina hisoblanadi.
Kompyuter 4 asosiy qurilmalardan iborat: Monitor(ekran), sistema bloki, klaviatura, sichqoncha.
Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, yaqin kunlargacha kompyuterning asosiy qurilmalar safiga sichqoncha kirmas edi, sababi u siz ham bemalol boshqarsa bо‘lardi. Lekin yuqori texnologiyalar va internetning vujudga kelishi bilan sichqonchasiz kompyuterni boshqarish umuman mumkin bо‘lmay qoldi. Shuni ham qо‘shib о‘tish kerakki, bugungi kunda sistema blokini kо‘pchilik «protsessor» deb ataydi.
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga о‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan rasmlar, kо‘rilayotgan film unda namoyon bо‘ladi. Monitor qо‘yidagi 3 turga bо‘linadi:







Elektron nur
trubkali

Suyuq kristalli

Plazmali

Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumotlar va bо‘yruqlar kiritiladi.

Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qо‘llash mumkin. Kompyuter sichqonchasi sharli, lazerli va simsiz bо‘lishi mumkin. Odatda sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki bо‘yruq berish, о‘ng tugma yordamchi amallar bajarish uchun qо‘llaniladi. Bu rо‘yxat kontekst menyu deyiladi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling