Monitoring (ing monitoring kuzatish, nazorat qilish) maʼlum bir hodisa yoki


Download 97.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi97.79 Kb.
#1115120
Bog'liq
Monitoring - Vikipediya



Monitoring
Monitoring (ing. monitoring — kuzatish,
nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki
jarayonning holatini kuzatish, hisobga
olish, baholash va istiqbolini belgilash.
Monitoring kundalik hayotning barcha
sohalarida qoʻllanadi. Masalan, ekologiya
sohasida yer fondi holati boʻyicha
kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb
ataladi. Bunday monitoring yerdagi
oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni
baholash, salbiy jarayonlarning oldini


olish va bartaraf etish maqsadini
koʻzlaydi.
Kredit sohasida qoʻllaniladigan
monitoring, yaʼni kredit monitoringining
mohiyati berilgan ssuda (qarz)ni qoplash
va unga foiz toʻlash jarayonining borishi
ustidan nazorat qilishda namoyon
boʻladi. Kredit arxivi kredit monitoringi
uchun asos hisoblanadi. Bu arxivda
moliyaviy hisoblangan, garov xususidagi
hujjatlar, mijozning kreditga layoqatliligini
aniqlash yuzasidan qilingan hisobkitoblar
va boshqa zarur maʼlumotlar mavjud
boʻladi. Kredit monitoringini amalga
oshirish tartibi bankning maqomiga,
ixtisoslashuviga, unda qabul qilingan


mijozlarning kreditga layoqatliligini
aniqlash usuliga bogʻliq.
Oʻzbekistonda Respublika Oliy Majlisi
huzurida maxsus Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti faoliyat
koʻrsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy
axborot vositalari monitoringi ham tashkil
qilindi. Bu ishni Oʻzbekiston matbuot va
axborot agentligi tarkibida tuzilgan
(2002-yil 3-iyul) Ommaviy axborot
vositalari monitoringi va ularni
litsenziyalash markazi amalga oshiradi.
Markazning asosiy vazifasi — ommaviy
axborot vositalari muassislari va
taxririyatlari tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasi ommaviy axborot vositalari,


noshirlik, matbaachilikka taallukli
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, farmoyishlari va Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qarorlari talablariga rioya etilishi ustidan
monitoringni amalga oshirishdan iborat.
Markaz matbuot va axborot vositalarida
fuqarolar, ommaviy axborot vositalari
tahririyatlari hamda xodimlarining
qadrqimmatini himoya qilish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida va amaldagi boshqa
qonunlarda koʻzda tutilgan talablarning
buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taxlil etib
boradi. Markazning televideniye va
radioeshittirish sohasida ommaviy


axborot vositalari monitoringi, bosma
ommaviy axborot vositalari monitoringi,
litsenziyalashni tashkil etish boʻlimlari
bor.
Shuningdek, mamlakatimizda
monitoringning davlat tizimidan tashqari
nodavlat tashkilotlardagi koʻrinishlari
ham mavjud. Bu borada "Ijtimoiy fikr"
jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida
amal qilib kelayotgan matbuot
nashrlarida mavzular va mazmun
monitoringi boʻlimi faoliyatini misol
keltirish mumkin. Mazkur boʻlim matbuot
sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan
axborotlar majmuini kontenttahlil
uslubida oʻrganadi. Monitoring ijtimoiy


taraqqiyotni faollashtirishda muhim omil
sanalganligi bois, uni xalq xoʻjaligining
turli jabhalariga faol va keng joriy etish
maqsadga muvofiqdir. Xususan,
monitoring oilada farzand tarbiyasi, taʼlim
tizimida oʻzlashtirish holati va darajasi,
oʻz-oʻzini boshqarish organlarida aholini
maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi
ishlarni optimallashtirishda muhim
vazifani bajaradi. Bundan tashqari
nodavlat o'quv markazlarida ham
monitoring olib borish mumkin.
Bekmurodov M., Oʻzbekistonda
jamoatchilik fikri, T., 2001
Rustam Baratov, Mansur Bekmurodov.
[1]
Adabiyot


вчяамачвямчсм
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 17-Oktabr 2022, 12:11 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Monitoring&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Monitoring&oldid=3099443" 
dan olindi

Download 97.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling