Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari. Kirish. I. Asosiy qism
Monopolistik raqobatning taqqoslama jadvali
Download 1.29 Mb.
|
Monopol raqobatlashgan bozorlarning xususiyatlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor strukturasi Firmalar soni Monopol hukumati darajasi
- Samaradorligi Foydani maksimallashtirish sharti Narx shakllanishi
- Ishlab chiqarish hajmi (Q) Narx § Umumiy daromad (TR)
- Qisqa muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi
- Uzoq muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi .
- 4. Monopol bozorlarda firmalarning samarali faoliyatini muammolari.
Monopolistik raqobatning taqqoslama jadvali
Qisqa muddatli oraliqda firma muvozanati. Firma mahsuloti differensial boʻlgani, tovar hajmi maʼlum miqdorda umumiy bozor talabiga taʼsirga ega ekanligi uchun uning talab chizigʻi AR(Average Revenue, oʻrtacha daromad) pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda AR faqatgina yagona firma tovariga boʻlgan talab, bozor talab chizigʻi bir firma narx siyosati tufayli bunday oʻzgarmaydi. Firma foydasini maksimallashtirish chekli(marjinal) xarajatlar chekli(marjinal) daromadlarga teng boʻlganda amalga oshishi sababli (MC=MR), Qs hajmda mahsulot ishlab chiqarish foydani maksimallashtiradi. Muvozanat narx Ps firmaning talab chizigʻi orqali aniqlanadi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali tasvirlangan. Monopolistik raqobatga ega bozorda firma foyda koʻrgan taqdirda oʻz ishlab chiqarish hajmini MC=MR gacha yetkazishni istaydi, shu sababli ishlab chiqariluvchi tovar hajmini oshiradi (1-rasm). 1–rasm. Qisqa hajmda mahsulot ishlab chiqarish foydani maksimallashtirish. Jadvaldan koʻrish mumkinki, ishlab chiqarish endi boshlanganida ishlab chiqarish resurslari kamligi va doimiy xarajatlarning kattaligi sababli firma zarar koʻradi. Keyin esa ishlab chiqarishning oʻsuvchi ishlab chiqarish qonuniga asosan, chekli xarajatlar kamayib boradi[9].
Qisqa muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi Ishlab chiqarish 6 ga yetganidan soʻng chekli naflilikning kamayish qonuni amal qilib, chekli xarajatlar chekli daromaddan oshadi va umumiy foyda kamayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida istalgan ratsional firma ishlab chiqarishni aynan foyda maksimal boʻlganida toʻxtatadi. Iqtisodchilar fikriga koʻra, Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqida aynan samarasiz ishlab chiqarish modeli, foyda emas, balki ishlab chiqarilgan mahsulot, band boʻlgan ishchilar soni muhim boʻlganligi uchun qisqa muddatli oraliqda bunday firmalar har tomonlama samarasiz hisoblangan. Uzoq muddatli oraliqda firma muvozanati. Maʼlumki vaqt oʻtgani sari foyda keltiruvchi boʻlgan tarmoqqa intiluvchi firmalar koʻpayadi. Aynan shu sababli qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaligi birinchi yil shartli 600 mln. soʻm foyda olgan boʻlsa, bundan xabar topgan tarmoqdan tashqaridagi firmalarning(ular odatda barcha kerakli ishlab chiqarish resurslariga ega boʻlishadi) haddan ziyod taklif etilgan tovarlari oqibatida tarmoqdagi firmalar endi kamroq foyda koʻrishadi yoki foyda koʻrishmaydi yoki zarar koʻrishadi. Shu sababli bozorga kirgan qoʻshimcha oʻrinbosar tovarga ega ishlab chiqaruvchilar yoki bozor talabidan ulush olish uchun qoʻshilgan firmalar avval bozorda faoliyat yuritgan firmalarning talab chizigʻidagi mijozlarni oʻzlashtirishadi. Shu sababli ham 1.2-chizmadagi talab chizigʻi pastga va chapga suriladi, bozordagi muvozanat narx ham shu sababli pastlaydi. Uzoq muddatli oraliqda firmalar iqtisodiy foyda koʻrishmaydi, barcha normal foyda koʻradi. Agar tarmoqdagi firmalar soni juda koʻp boʻlsa hattoki zarar koʻrishadi va faqatgina AVC 2-rasm. Uzoq muddatli oraliqdagi monopolistik raqobatda firma muvozanati. Uzoq muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi .
Uzoq muddatli oraliqda firmalarning asosiy maqsadi tarmoqda qolish hisoblanadi. Shu sababli ham firmalar MC=MR boʻlgunicha yoki eng minimal zarar keltiruvchi ishlab chiqarish hajmida ishlab chiqarishni toʻxtatishadi. Uzoq muddatli oraliqda istalgan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish mumkin boʻlsa-da, tarmoqqa kirish uchun toʻsiqlarning juda kamligi foydani nolga tenglashtiradi. Agar qandaydir sabablarga koʻra bozorda narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlardan kichik boʻlsa, bunday sharoitda hech qanday firma bu tarmoqda faoliyat yuritmaydi (narxlar jangi bundan mustasno). Uzoq muddatli oraliqda masshtabdan ijobiy samara ishlaganligi sababli SSSR iqtisodiyoti shiddat bilan oʻsadi, ammo keyinchalik turli salbiy omillar sababli masshtabdan salbiy samara ishlay boshladi. Buni SSSR iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot 1980—1991-yillar oraligʻida avval sekinlashgani, keyinchalik faqat pasayganligi buni isbotlaydi[15] (Solow modelida aniqroq sharh berilgan). 4. Monopol bozorlarda firmalarning samarali faoliyatini muammolari. Monopolistik sharoitida faoliyat yurituvchi firmalar samarasiz faoliyat yuritishadi, chunki odatda narx siyosatini nazorat qilishga sarflanadigan xarajatlar aynan shu nazorat qilishdan keladigan daromaddan koʻproq hisoblanadi. Bundan tashqari monopolistik hokimiyatga ega firma ishlab chiqarishini chekli xarajat chekli daromadga teng boʻlganda toʻxtatadi. Vaholanki, bunda oʻrtacha umumiy xarajatlar hali minimal nuqtaga yetmagan boʻladi. Mukammal raqobatdan farqli ravishda monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi foyda olsada, jamiyat farovonligi bu holatda kamayadi. Bundan tashqari differensial tovarlar isteʼmolchi ehtiyojini yaxshiroq qondirgani uchun jamiyat uchun manfaatli mukammal raqobatdan koʻra monopolistik raqobat afzal koʻriladi. Boshqa muammo esa monopolistik raqobat reklamani rivojlantirishidadir. Albatta, makroiqtisodiy darajada bu muammo sifatida koʻrilmas, ammo mikroiqtisodiyotda, xususan iste'molchi tanlovi nazariyasi, iqtisodiy foyda va alternativ xarajatlar bogʻliq muammolarda bu hal qilinishi kerak boʻlgan muammo hisoblanadi. Reklamaning monopolistik raqobat sharoitida ishlashining ikkita yoʻli mavjud. Yaʼni, reklama firmaning qabul qiluvchi talab chizigʻini noelastikroq qilishi mumkin yoki reklama orqali firma tovarlariga talab ortadi. Ikki holatda ham firma yoki koʻproq tovar sotadi, yoki narxni oʻzi uchun foydali darajagacha oshiradi, yoki ikkala holat ham amalga oshib baribir firma foydasi oshadi. Bu firmaga oʻz savdo belgisini yaratishga imkoniyat beradi. Reklama isteʼmolchilarga ratsional omillarga tayanib emas, balki faqatgina uni nomi sababli koʻproq xarajat qilishga undaydi. Reklama himoyachilari esa savdo belgisi isteʼmolchilarga ishonchlilik belgisi hisoblanishi va kerakli tovarni topishga boʻlgan axborot xarajatlarini kamaytirishini aytishadi. Lekin, bu holat murakkabroq. Monopolistik raqobatga ega bozorda aniq axborotga ega boʻlish va uni qayta ishlashning oʻz xarajatlari mavjuddir. Monopol bozorda faqatgina 1 firma mavjudligi sababli axborot xarajatlari past. Mukammal raqobatda juda koʻp firmalar boʻlsada, tovarlar bir xilligi sababli bu holatda ham axborot xarajatlari nisbatan past. Ammo monopolistik bozorda firmalar koʻpligi va tovarlar bir-biridan farq qilishi sababli ratsional isteʼmolchi juda koʻp sonli brendlarni oʻrganishi kerak. Koʻpgina hollarda eng yaxshi brendni topishga ketgan xarajatlar ana shu eng yaxshi brenddan olingan foydaga qaraganda koʻproq boʻladi. Oqibatda isteʼmolchi zarar koʻradi. Isteʼmolchilar reklama orqali nafaqat reklama qilinayotgan brendni baholash uchun, balki boshqa isteʼmolchilar eʼtibor bermagan boshqa shunday brendlar borligini aniqlashga urinishadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling