TRUE/FALSE
Yuqorida shartni tekshirish uchun == operatoridan foydalandik. Bu operatorni oddiy tilga tarjima qilsak "tengmi?" degan ma'noni beradi.
Agar shartning ikki tarafidagi qiymatlar teng bo'lsa ifoda TRUE qiymatini qaytaradi ("True" so'zi ingliz tilidan "haqiqiq" yoki "to'g'ri" deb tarjima qilinadi).
Aksincha, qiymatlar tenglik qanoatlantirilmasa, ifoda FALSE qiymatini qaytaradi ("False" so'zini ingliz tilidan "yolg'on" deb tarjima qilsak bo'ladi).
Quyidagi misollarga e'tibor bering. Biz ism degan o'zgaruvchi yaratdik, va unga 'Ali' matnini yukladik. Keling endi == yordamida ism ning qiymatini tekshirib ko'ramiz:
Ko'rib turganingizdek avval ism=='Ali' (ism 'Ali' ga tengmi?) deb so'raganimizda, ifoda TRUE (Ha) degan javobni qaytardi, keyin esa ism=='Vali' (ism 'Vali' ga tengmi?) deb so'raganimizda esa, ifoda FALSE (Yo'q) deb qiymat qaytardi.
Demak, if/else bog'lamasida, if ning badani ifoda True bo'lganda, else ning badani esa ifoda False bo'lganda bajariladi.
AMALIYOT
Yangi cars = ['toyota', 'mazda', 'hyundai', 'gm', 'kia'] degan ro'yxat tuzing, ro'yxat elementlarining birinchi harfini katta qilib konsolga chqaring. GM uchun ikkala harfni katta qiling.
Yuqoridagi mashqni teng emas (!=) operatori yordamida bajaring.
Foydalanuvchi login ismini so'rang. Agar login admin bo'lsa, "Xush kelibsiz, Admin. Foydalanuvchilar ro'yxatini ko'rasizmi?" xabarini konsolga chiqaring. Aks holda, "Xush kelibsiz, {foydalanuvchi_ismi}!" matnini konsolga chiqaring.
Foydalanuvchidan 2 ta son kiritishni so'rang. Agar ikki son bir-biriga teng bo'lsa, "Sonlar teng" ekan degan yozuvni konsolga chiqaring.
Foydalanuvchidan istalgan son kiritishni so'rang. Agar son manfiy bo'lsa konsolga "Manfiy son", agar musbat bo'lsa "Musbat son" degan xabarni chiqaring.
Foydalanuvchidan son kiritishni so'rang, agar son musbat bo'lsa uning ildizini hisoblab konsolga chiqaring. Agar son manfiy bo'lsa, "Musbat son kiriting" degan xabarni chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |