Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism Dilshod Tursimatov • April 14, 2020
Download 288.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5280737641338242982
29.04.2020 Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14 1/4
Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism Dilshod Tursimatov • April 14, 2020 Hurmatli talabalar! Moodle platformasida sizga berilgan login va parol orqali kirish, shaxsiy maʼlumotlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz! Ushbu maqolamiz ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda tizimning nazariy jihatlarini ko'rib chiqamiz. Ikkinchi qismda esa amaliy usulda tushuntiramiz. Ko‘pchilik foydalanuvchilar kabinetiga kirishni o'zlashtira olmaganligi to‘g‘risida bizga ko‘plab murojaatlar tushganini eʼtiborga olib, darslarimizni ayni shu mavzudan davom ettirishga kirishdik. Axborot texnologiyalari mutaxassis sifatida o‘zi login va parol nima uchun shart kabi savolga javob berib ketishni joiz deb topdim. Demak tizimga kirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Identi cation (Identi katsiya) Login va parol bu tizimda ruxsatnomasi yo‘q foydalanuvchilardan maʼlumotlarni himoyalash uchun ishlatiladigan vosita deb atasak bo‘ladi. Keling misol keltiraman: Ko‘p qavatli aholi turar joyi mavjud va unda 100 ta xonadon bor. Bilamizki, har bir Identification (Identifikatsiya) . Authentication(Autentifikatsiya) . Authorization(Avtorizatsiya) .
29.04.2020 Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14 2/4
xonadonning o‘zini nomi va unga tushadigan noyob yaʼni takrorlanmas kaliti mavjud. Demak, kimda kalit bo‘lsa o‘sha xonadonga kirishga ruxsati bor bo‘ladi. Endi bu yerda loginni biz xonadonning manzili kalitni esa parol deb tushunishimiz lozim ekan!
Login har qanday tizimda takrorlanmas bo‘lib, tizim sizni tanishi uchun ishlatiladi, masalan loginlarni har xil ishlatilishi mumkin va albatta bu siz foydalanayotgan tizimning qoidalariga asosan email, telefon raqam yoki boshqa istalgan harflar, belgilar va sonlardan tashkil etilishi mumkin. Login sizni shaxsingizni identifikatsiya qilish uchun foydalanadi. Parol - parollar yaʼni maxfiy so‘zlar bu yuqorida misol keltirganimdag kirishingiz uchun kalit sifatida foydalaniladi. Parollardan yaratishimizda ko‘pchiligimiz uchun tug‘ilgan yil, sana, kun yoki telefon raqamimizdan va odatda ko‘pchilik 123456 kabi Parollardan foydalanilishada. Bu usullar noto‘g‘ri hisoblanib parollarni yaratishda bunday usullardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Parollar bu sizning hayotingizdagi ochiq maʼlumotlarga tayanmagan bo‘lishi zarur. Aks holda sizning tizimdagi hisobingiz buzilish ehtimoli katta bo‘ladi. Authentication(Autenti katsiya) Autintifikatsiya - bu identifikatsiya jarayonida taqdim etilgan ma'lumotlarni tekshirish vazifasini bajaradi. Masalan, siz login va parolingizni terdingiz va sizga tizim quyidagicha xabar chiqardi Moodle platformasiga kirish da tuli xil usullar yordamida kirish mumkin va bu albatta platforma administratori tamonidan ruxsat berilgan autintifikatsiya kirish orqali amalga oshiriladi. Siz login parol yoki ijtimoiy tarmoqlardagi profil(Account, hisob)ingizdan foydalanib kirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu usulni biz Single- Factor Authentication deb ataymiz. Ma'lumot tarzida autintifikatsiya boshqa turlarini ham misol keltirib o'taman: Two- Factor Authentication: Bu usulda ikki bosqichli tekshirish usuli bo'lib, bunda birinchi bosqichda login va parol ikkinchi bosqichda esa foydalanuvchi bilishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlardan foydalanish. Masalan, Telegram Two- Factor Authentication yoqilganda sizga qo'shimcha paroldan foydalanishni tavsiya etadi va siz telegram accountingizga kirmoqchi bo'lganingizda birinchi telegram tamonidan yuborilgan OTP(One-Time PIN) kiritasiz va u to'g'ri kiritilsa ikkinchi bosqichdagi parol so'raladi va uni ham to'g'ri kiritsangiz siz accountingizga kirishga muvoffiq bo'lasiz.
29.04.2020 Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14 3/4
Multi- Factor Authentication: Bu usul esa ko'p bosqichli bo'lib, unda yuqoridagiga o'xshash qo'shimcha tekshirishlar kitilishi mumkin, masalan: login va parol -> sms kod -> biometrik ximoyalash usullar va bir qancha boshqa usullarni o'z ichiga olishi mumkin.
Authorization(Avtorizatsiya) Agar siz Autintifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsangiz Avtorizatsiya jarayoni amalga oshadi. Siz tizimga kirganingizda avtorizatsiya jarayoni sizga tizimdan foydalanish uchun huquq(lar) taqdim etadi. Bu huquqlarni biz rol tushunchasi bilan izohlaymiz. Masalan, siz qaysidir faylni ko'rishingiz, qaysidr kursni ochishingiz, yoki kimgadir xabar yuborishingiz kabi huquqlarni o'zida jamlaydi. Rollarga odatda nom beriladi. Eng ko'p tarqalgan nom bular: Administrator, Moderator, User, Guest kabi rollar tizimlarda eng ko'p qo'llaniladi. Moodle tizimida standart holda quyidagicha rollarga bo'lingan bo'ladi: Manager - Menedjerlar kurslarga kirishlari va ularni o'zgartirishlari mumkin, ular odatda kurslarda qatnashmaydilar. Course creator - Kurs yaratuvchilari yangi kurslar yaratishi mumkin. Teacher - O'qituvchilar kurs davomida har qanday narsani amalga oshirishlari mumkin, shu jumladan, faoliyatni o'zgartirish va talabalarni baholash. Non-editing teacher - Tahririyatsiz o'qituvchilar kurslarda va sinf o'quvchilarida dars berishlari mumkin, ammo faoliyatni o'zgartirmasligi mumkin. Student - Talaba. Guest - Mehmon. Authenticated user - tizimga kirgan barcha foydalanuvchilar. Authenticated user on frontpage - Bosh sahifadagi barcha foydalanuvchilar Demak, avtorizatsiya jarayoni sizga tegishli bo'lgan rolni aniqlab tizimga sizni tanishtiradi. Bu ma'lumotlarimiz bilan nazariy qismni tamomlaymiz! Xato va kamchiliklarimiz bo'lsa oldindan uzr so'raymiz! ;) t.me/moodle_info Moodle tizimi bo'yicha savollaringizni t.me/moodle_info_bot manziliga yuboring!
29.04.2020 Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14 4/4 Download 288.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling