Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism Dilshod Tursimatov • April 14, 2020


Download 288.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.05.2020
Hajmi288.77 Kb.
#108519
Bog'liq
2 5280737641338242982


29.04.2020

Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph

https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14

1/4


Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism

Dilshod Tursimatov • April 14, 2020

Hurmatli talabalar!  Moodle platformasida sizga berilgan login va parol orqali kirish, 

shaxsiy maʼlumotlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz!

Ushbu maqolamiz ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda tizimning nazariy 

jihatlarini ko'rib chiqamiz. Ikkinchi qismda esa amaliy usulda tushuntiramiz.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar kabinetiga kirishni o'zlashtira olmaganligi  to‘g‘risida 

bizga ko‘plab murojaatlar tushganini eʼtiborga olib, darslarimizni ayni shu mavzudan 

davom ettirishga kirishdik.

Axborot texnologiyalari mutaxassis sifatida o‘zi login va parol nima uchun shart kabi 

savolga javob berib ketishni joiz deb topdim.

Demak tizimga kirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Identi cation (Identi katsiya)

Login va parol bu tizimda ruxsatnomasi yo‘q foydalanuvchilardan maʼlumotlarni 

himoyalash uchun ishlatiladigan vosita deb atasak bo‘ladi. Keling misol keltiraman: 

Ko‘p qavatli aholi turar joyi mavjud va unda 100 ta xonadon bor. Bilamizki, har bir 

Identification (Identifikatsiya)

.

Authentication(Autentifikatsiya)



.

Authorization(Avtorizatsiya)

.


29.04.2020

Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph

https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14

2/4


xonadonning o‘zini nomi va unga tushadigan noyob yaʼni takrorlanmas kaliti mavjud. 

Demak, kimda kalit bo‘lsa o‘sha xonadonga kirishga ruxsati bor bo‘ladi. Endi bu 

yerda loginni biz xonadonning manzili kalitni esa parol deb tushunishimiz lozim 

ekan!


Login har qanday tizimda takrorlanmas bo‘lib, tizim sizni tanishi uchun ishlatiladi, 

masalan loginlarni har xil ishlatilishi mumkin va albatta bu siz foydalanayotgan 

tizimning qoidalariga asosan email, telefon raqam yoki boshqa istalgan harflar, 

belgilar va sonlardan tashkil etilishi mumkin. Login sizni shaxsingizni identifikatsiya 

qilish uchun foydalanadi.

Parol - parollar yaʼni maxfiy so‘zlar bu yuqorida misol keltirganimdag kirishingiz 

uchun kalit sifatida foydalaniladi. Parollardan yaratishimizda ko‘pchiligimiz uchun 

tug‘ilgan yil, sana, kun yoki telefon raqamimizdan va odatda ko‘pchilik 123456 kabi 

Parollardan foydalanilishada. Bu usullar noto‘g‘ri hisoblanib parollarni yaratishda 

bunday usullardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Parollar bu sizning hayotingizdagi 

ochiq maʼlumotlarga tayanmagan bo‘lishi zarur. Aks holda sizning tizimdagi 

hisobingiz buzilish ehtimoli katta bo‘ladi. 

Authentication(Autenti katsiya)

Autintifikatsiya -  bu identifikatsiya jarayonida taqdim etilgan ma'lumotlarni 

tekshirish vazifasini bajaradi. Masalan,  siz login va parolingizni terdingiz va sizga 

tizim quyidagicha xabar chiqardi Moodle platformasiga kirish da tuli xil usullar 

yordamida kirish mumkin va bu albatta platforma administratori tamonidan ruxsat 

berilgan autintifikatsiya kirish orqali amalga oshiriladi. Siz login parol yoki ijtimoiy 

tarmoqlardagi profil(Account, hisob)ingizdan foydalanib kirishingiz mumkin bo‘ladi. 

Bu usulni biz Single- Factor Authentication deb ataymiz. Ma'lumot tarzida 

autintifikatsiya boshqa turlarini ham misol keltirib o'taman: 

Two- Factor Authentication: Bu usulda ikki bosqichli tekshirish usuli bo'lib, bunda 

birinchi bosqichda login va parol ikkinchi bosqichda esa foydalanuvchi bilishi 

mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlardan foydalanish. Masalan, Telegram Two- Factor 

Authentication yoqilganda sizga qo'shimcha paroldan foydalanishni tavsiya etadi va 

siz telegram accountingizga kirmoqchi bo'lganingizda birinchi telegram tamonidan 

yuborilgan OTP(One-Time PIN) kiritasiz va u to'g'ri kiritilsa ikkinchi bosqichdagi 

parol so'raladi va uni ham to'g'ri kiritsangiz siz accountingizga kirishga muvoffiq 

bo'lasiz. 


29.04.2020

Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph

https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14

3/4


Multi- Factor Authentication: Bu usul esa ko'p bosqichli bo'lib, unda yuqoridagiga 

o'xshash qo'shimcha tekshirishlar kitilishi mumkin, masalan: login va parol -> sms 

kod -> biometrik ximoyalash usullar va bir qancha boshqa usullarni o'z ichiga olishi 

mumkin.


Authorization(Avtorizatsiya)

Agar siz Autintifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lsangiz Avtorizatsiya 

jarayoni amalga oshadi. Siz tizimga kirganingizda avtorizatsiya jarayoni sizga 

tizimdan foydalanish uchun huquq(lar) taqdim etadi. Bu huquqlarni biz rol 

tushunchasi bilan izohlaymiz.  Masalan, siz qaysidir faylni ko'rishingiz, qaysidr kursni 

ochishingiz, yoki kimgadir xabar yuborishingiz kabi huquqlarni o'zida jamlaydi. 

Rollarga odatda nom beriladi. Eng ko'p tarqalgan nom bular: Administrator, 

Moderator, User, Guest kabi rollar tizimlarda eng ko'p qo'llaniladi. 

Moodle tizimida standart holda quyidagicha rollarga bo'lingan bo'ladi:

Manager - Menedjerlar kurslarga kirishlari va ularni o'zgartirishlari mumkin, ular 

odatda kurslarda qatnashmaydilar.

Course creator - Kurs yaratuvchilari yangi kurslar yaratishi mumkin.

Teacher - O'qituvchilar kurs davomida har qanday narsani amalga oshirishlari 

mumkin, shu jumladan, faoliyatni o'zgartirish va talabalarni baholash.

Non-editing teacher - Tahririyatsiz o'qituvchilar kurslarda va sinf o'quvchilarida dars 

berishlari mumkin, ammo faoliyatni o'zgartirmasligi mumkin.

Student - Talaba.

Guest - Mehmon.

Authenticated user - tizimga kirgan barcha foydalanuvchilar.

Authenticated user on frontpage - Bosh sahifadagi barcha foydalanuvchilar

Demak, avtorizatsiya jarayoni sizga tegishli bo'lgan rolni aniqlab tizimga sizni 

tanishtiradi. Bu ma'lumotlarimiz bilan nazariy qismni tamomlaymiz! Xato va 

kamchiliklarimiz bo'lsa oldindan uzr so'raymiz! ;)

t.me/moodle_info

Moodle tizimi bo'yicha savollaringizni t.me/moodle_info_bot manziliga yuboring!


29.04.2020

Moodle platformasiga kirish. Nazariy qism – Telegraph



https://telegra.ph/Moodle-platformasiga-kirish-Asosiy-tushunchalar-04-14

4/4

Download 288.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling