Mordva xalq maqollari (153 ta)


Download 248.28 Kb.
Pdf просмотр
bet1/10
Sana10.01.2019
Hajmi248.28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

http://www.ziyouz.com

ELLER


MAQALLARI

Mordva xalq maqollari (153 ta)  

  Chop etish uchun      E-mailga yuborish

• Bolaning qo‘li shilinsa, onaning yuragi shilinadi.

• Xudodan umid qilib, bekor yotma.

• Tug‘ilmagan o‘lmaydi.

• O‘z onangdan ko‘ra yaxshi do‘st yo‘q.

• Qarining ham, yoshning ham aqli bir xil (moksha).

• Me’yorida yeb-ich ― qorning og‘rimaydi.

• Qamoqqa yo‘llar ko‘p, undan chiqish yo‘li bitta (moksha).

• Kelinni qo‘lingga chiqarsang, bo‘yningga o‘zi chiqib oladi.

• Xudo qo‘lda qadoq paydo bo‘lgandan so‘ng yordam beradi.

• Maqol qushning tumshug‘ichalik bo‘lsa-da, unda dengizday ma’no bor.

• Sigirning tili katta bo‘lsa ham, yalashga yaraydi xolos (moksha).

• Bahorda bo‘ri terisini tashlaydi, fe’lini esa tashlamaydi (moksha).

• Yaxshi mish-mish yotar, yomon mish-mish chopar.

• Hayotda yashash ― savat to‘qish emas.

• Ishlaydigan o‘roq doim yaltiraydi (moksha).

• Bug‘doyda ham chiqindi bo‘ladi.

• Chug‘urchuq ham ba’zida bulbul kabi sayraydi (moksha).

• Mish-mish o‘qday uchadi.

• Kalavani aylantirsang oxirini topasan (moksha).

• Emanda jo‘ka bargi o‘smaydi.

• Birovning pechkasida orqangni isitolmaysan (moksha).

• Olma daraxtidan olma, archadan g‘udda.

• Tandir bitta, lekin nonlari har xil, ota-ona bitta, lekin bolalari har xil (moksha).

• Uzun til yalashga yaraydi, xolos (moksha).

• Bir xo‘rozni yetti kishi so‘ymaydi.

• Eski daraxt yangi nihollarni suyab turadi.

• Ukki bo‘lib tug‘ilgan bulbulga aylanib qolmaydi.



• Balo bir o‘zi kelmaydi (erzya).

Aka-ukasiz yashash mumkin, qo‘shnisiz yashab bo‘lmaydi (moksha).

• Bevaqt uzilgan olma ― nordon (moksha).

• Bekasiz uy g‘arib.

• Qiyshiq daraxtsiz o‘rmon bo‘lmaydi.

• Yomonsiz yaxshi yo‘q, yaxshisiz ― yomon.

• Maqolsiz yashab bo‘lmaydi.

• Katta kichikka yuqoridan qaraydi.

• Mehmonda yaxshi, uyda undan yaxshi (erzya).

• Boshida kulsang, oxirida yig‘laysan.

• Itning og‘ziga qo‘lingni tiqma.

• Birovning uyidagi non shirin (moksha).

• Shamol bo‘lmasa, o‘rmon g‘uvillamaydi.

• Kun qanday bo‘lganini tun ko‘rsatadi (erzya).

• O‘z vaqtida aytilgan so‘z oltindan afzal.

• Qorindan baland sakrolmaysan.

• Enaga ko‘p bo‘lsa, bola kasaldan chiqmaydi (moksha).

• Chaqmoq qaerda bo‘lsa, guldurak ham o‘sha yerda.

• Enaga ko‘p bo‘lsa, bolalar oyoqsiz.

• Olov bor joyda tutun ham bor.

• Qaynab boshlangan sovub tugaydi (moksha).

• Ikki asr yasholmaysan.

• Qiz begona uchun, o‘g‘il beka uchun.

• Daraxt niholligida egiladi (moksha).

• Bolalar yiqilib katta bo‘ladi.

• Hayot ― daladan yurib o‘tish emas.

• Sog‘lik ― boylik.

• Qishda malina termaydilar.

• Yomon odam har yerda yomonlik qiladi.

• Bilim puldan kuchli.

• Arava ham o‘z o‘qida aylanadi (moksha).

• Yaxshi ham, yomon ham unutilmaydi (moksha).

• Ozdan ko‘p yig‘iladi.

• Qo‘shiqdagi so‘zni yulib bo‘lmaydi.

• Ba’zida axmoqdan ham aqlli gap chiqadi.

• Har boshlanishning oxiri bor (moksha).

• O‘rmondagi hamma daraxtlar bir xil bo‘lmaganidek odamlar ham har xil.

• Ko‘p ko‘rsang, ko‘p eshitasan (erzya).

• Onasi qanday bo‘lsa, qizi ham shunday.

• Ichi qanday bo‘lsa, tashi ham shunday (erzya).

• Savolga qarab javob.

• Ildiziga qarab yaproq.

• Otaga qarab bola.

• Ekkaningni o‘rasan (erzya).

• Fikrga qarab nutq (moksha).

• Do‘stlaring qanday bo‘lsa, sen ham shundaysan; sen qanday bo‘lsang, do‘stlaring ham shunday.

• Boshlanish qanday bo‘lsa, xotima ham shunday.

• Er qanday bo‘lsa, xotin ham shunday.

• O‘qituvchi qanday bo‘lsa, o‘quvchi ham shunday.

• Sevging sabab dunyoning u chetiga ham borasan.

• Xotima boshlanishning qanday bo‘lganini ko‘rsatadi (moksha).

• Go‘zallik ko‘zda emas, qalbda.

• Qiyshiq fikrni to‘g‘rilab bo‘lmaydi.

• Bo‘ri bo‘lib tug‘ilgan bo‘ri bo‘lib o‘ladi (moksha).



• Sukut qilgan ko‘p eshitadi.

• Qaerga kirsang ham avval chiqishni o‘yla.

• Igna qaerga yursa, ip ham o‘sha yerga yuradi.

• Shirin buzoqcha ikki sigirni emadi.

• Ortiqcha tuz ovqatni buzadi, ortiqcha so‘z ― nutqni (moksha).

• Ot bo‘lganda beda yo‘q, beda olinganda ot yo‘qolar (moksha).

• Kichkina ot o‘lgunicha ― toychoq.

• Kichkina qozon tez qaynaydi (moksha).

• Kichkina bolta katta daraxtni yiqitadi.

• Ona aytdi ― Xudo aytdi.

• Yosh aqli bilan kuchsiz, qari ― sog‘ligi bilan.

• Yoshlik ikki marta kelmaydi (erzya).

• Yoshlikni qaytarib bo‘lmaydi, qarilik o‘zi keladi.

• Er va xotin ― bir cho‘g‘ning uchqunlari.

• Bir mixga hamma narsani ilolmaysan.

• Bir oyoq bilan uzoqqa borolmaysan (moksha).

• Ishda ― chumchuq, yeyishda ― burgut (erzya).

• Birovning yerida yozda ham sovuq.

• Xalq so‘zi ― ishonchli so‘z.

• Er-xotin janjaliga aralashma, aybdor bo‘lib qolasan.

• Hamma qo‘shiq ham oxirigacha aytilmaydi (moksha).

• Hamma zina ham oxiriga olib bormaydi.

• Qiyinchilik ko‘rmasdan shodlikni bilmaysan.

• Daraxtlar turli bo‘lgani kabi, odamlar ham har xil.

• Suvga sakramasdan suzishni o‘rganolmaysan (erzya).

• Qarilar ustidan kulma, sen ham qariysan.

• Tuqqan ― ona emas, tarbiyalagan ― ona.

• Tutunsiz olov yo‘q.

• Ko‘p yashagan emas, ko‘p ish qilgan aziz.

• Bitta dard ― dard emas.

• Bitta ari ko‘p asal yig‘olmaydi (moksha).

• Bir ko‘zida kulib, ikkinchisida yig‘laydi (moksha).

• O‘z inini sevmaydigan qushga qiyin.

• Yomonlik yaxshilikka olib bormaydi.

• Yomon boshlanish ― yomon xotima.

• Yomon bolaga otaning so‘zi ham bir chaqa.

• Yomon odamga hamma yomon (moksha).

• Sochiga qarab aqliga baho berma.

• Ikki quyonni nishonga olsang, bittasiga ham tegmaydi (erzya).

• Qizga uylanishdan avval uning onasini ko‘r (moksha).

• To‘g‘ri yo‘l doim qisqa emas (moksha).

• Qush ovozidan bilinadi (erzya).

• Nima bilan o‘ynashsang, o‘sha bilan to‘qnash kelasan (moksha).

• Cho‘chqa osmonga qaramaydi (moksha).

• Aytilgan so‘z ― kumush, sukut ― oltin.

• Aytilgan so‘zni ortga qaytarib bo‘lmaydi (moksha).

• So‘z bo‘r emas, aytiob, so‘ng o‘chirib tashlolmaysan (moksha).

• So‘z qum emas, uchsa, tutolmaysan (erzya).

• So‘z bilan suyak yorolmaysan (moksha).

• O‘lim bir marta keladi.

• Ko‘p it bilan quyonni tutolmaysan (moksha).

• Eski chayono‘t kuchliroq chaqadi.

• Qari yosharmaydi, yosh qariydi.

• Ko‘z hech qachon to‘ymaydi (moksha).



• Hammaga o‘z xotini chiroyli.

• Kimning ishi yurishsa, uning xo‘rozi ham tug‘adi (erzya).

• Onaning qo‘li issiq, qaynonaniki ― sovuq.

• Yaxshi onaning qizi ham yaxshi.

• Tili qo‘shiq aytar, qalbi yig‘lar (erzya).

• Ishning boshida emas, oxirida maqtan.

• Yaxshi ishni bajarish kerak, yomoni o‘zi keladi.

• Yaxshilik unutiladi, yomonlik ― hech qachon (moksha).

• Yaxshilik qilish qiyin, yomonlik qilish oson (moksha).

• Yaxshi so‘z puldan qimmat.

• Yaxshiga har qachon yaxshi, yomonga hamma vaqt yomon (moksha).

• Odamning yaxshiligi ko‘zidan bilinadi (moksha).

• Qarg‘a yuqorida uchsa-da, baribir u burgut emas (moksha).

• Birovning dardi og‘ritmaydi (moksha).

• Birovning ko‘ylagi ― ko‘ylak emas, begona er ― er emas.

• Birovning dardiga hech kim inonmas.

• Olma daraxti tagiga olma tushadi.

• Til suyaksiz ― charchamaydi.

No'g'ay xalq maqollari (40 ta)  

  Chop etish uchun      E-mailga yuborish

• Bilganga ― yengil, bilmaganga ― imkonsiz.

• Asal ― shirin, bola undan shirin.

• Xudodan umid qilib, harakat qilmasang, och qolasan.

• Shukr bor joyda baraka bo‘ladi.

• Eshik teshikdan kuladi, g‘ilay ― qiyshiqdan.

• Quruq bilan qo‘shilib, ho‘l ham yonadi.

• Bo‘ri po‘stini tashlasa-da, fe’lini tashlamaydi.

• O‘gay o‘g‘il jizzaki bo‘ladi.

• Qarindosh xafa bo‘ladi, lekin o‘ch olmaydi.

• Qurolsiz ovchi bo‘lmaydi, kuraksiz ― bog‘bon.

• Mehnatsiz rohat yo‘q.

• Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava buzilsa ― o‘tin.

• Boy davlatning xalqi ham boy.

• O‘laksa qaerda bo‘lsa, qarg‘a ham o‘sha yerda.

• Qo‘ldagi besh barmoq ham bir xil emas.

• Ezgulik unutilmaydi.

• Bola yig‘lamasa, onasi ko‘krak tutmaydi.

• Ovqatga to‘ymasang, idishini yalab ham to‘ymaysan.

• Yomg‘ir yog‘sa burgut bolasini asraydi, do‘l yog‘sa, o‘z boshini asraydi.

• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘ylar harom o‘ladi.

• Toychoq ot izidan boradi.

• Qiyshiq quvurdan ham to‘g‘ri tutun chiqadi.

• Ko‘p kulgan oxirida yig‘laydi.

• Haqiqatni ko‘ziga qarab aytsang, qarindoshingga ham yoqmaydi.

• Kattalar kulganda kichiklar ham o‘zlarini kulayotgandek ko‘rsatadilar.

• Mushuk mo‘ylovi bilan ovunadi, tulki dumidan umidvor.

• Olayotganga olti ham oz, berayotganga besh ham ko‘p.

• Bilagi zo‘r birni yiqitar, bilimi zo‘r ― mingni.

• Qishloqdoshing senga akadek.

• Dangasa bir ishni ikki marta qiladi.

• Yolg‘onchi davra to‘rida bir marta o‘tiradi, keyin unga yo‘l bermaydilar.

• Qohirada shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘lganing afzal.

• Bo‘rini yiqitadigan yigit bir ko‘rishdan ma’lum.

• Otasi maqtaganni olma, qo‘shnisi maqtagandan qolma.



• Doim ham og‘il otasiga, qiz onasiga o‘xshayvermaydi.

Onasi maqtaganni olma, qo‘shnisi hurmat qilgandan qolma.

• To‘lmaydigan idishga suv quyma.

• Yolg‘iz odam yashashi qiyin.

• Yomon havo yaxshisi bilan almashadi, lekin yomon yomonligicha qolaveradi.

• Yomon odam yaxshi gap gapirmaydi.

No'g'ay xalq maqollari (40 ta)  

  Chop etish uchun      E-mailga yuborish

• Bilganga ― yengil, bilmaganga ― imkonsiz.

• Asal ― shirin, bola undan shirin.

• Xudodan umid qilib, harakat qilmasang, och qolasan.

• Shukr bor joyda baraka bo‘ladi.

• Eshik teshikdan kuladi, g‘ilay ― qiyshiqdan.

• Quruq bilan qo‘shilib, ho‘l ham yonadi.

• Bo‘ri po‘stini tashlasa-da, fe’lini tashlamaydi.

• O‘gay o‘g‘il jizzaki bo‘ladi.

• Qarindosh xafa bo‘ladi, lekin o‘ch olmaydi.

• Qurolsiz ovchi bo‘lmaydi, kuraksiz ― bog‘bon.

• Mehnatsiz rohat yo‘q.

• Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava buzilsa ― o‘tin.

• Boy davlatning xalqi ham boy.

• O‘laksa qaerda bo‘lsa, qarg‘a ham o‘sha yerda.

• Qo‘ldagi besh barmoq ham bir xil emas.

• Ezgulik unutilmaydi.

• Bola yig‘lamasa, onasi ko‘krak tutmaydi.

• Ovqatga to‘ymasang, idishini yalab ham to‘ymaysan.

• Yomg‘ir yog‘sa burgut bolasini asraydi, do‘l yog‘sa, o‘z boshini asraydi.

• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘ylar harom o‘ladi.

• Toychoq ot izidan boradi.

• Qiyshiq quvurdan ham to‘g‘ri tutun chiqadi.

• Ko‘p kulgan oxirida yig‘laydi.

• Haqiqatni ko‘ziga qarab aytsang, qarindoshingga ham yoqmaydi.

• Kattalar kulganda kichiklar ham o‘zlarini kulayotgandek ko‘rsatadilar.

• Mushuk mo‘ylovi bilan ovunadi, tulki dumidan umidvor.

• Olayotganga olti ham oz, berayotganga besh ham ko‘p.

• Bilagi zo‘r birni yiqitar, bilimi zo‘r ― mingni.

• Qishloqdoshing senga akadek.

• Dangasa bir ishni ikki marta qiladi.

• Yolg‘onchi davra to‘rida bir marta o‘tiradi, keyin unga yo‘l bermaydilar.

• Qohirada shoh bo‘lguncha o‘z yurtingda gado bo‘lganing afzal.

• Bo‘rini yiqitadigan yigit bir ko‘rishdan ma’lum.

• Otasi maqtaganni olma, qo‘shnisi maqtagandan qolma.

• Doim ham og‘il otasiga, qiz onasiga o‘xshayvermaydi.

• Onasi maqtaganni olma, qo‘shnisi hurmat qilgandan qolma.

• To‘lmaydigan idishga suv quyma.

• Yolg‘iz odam yashashi qiyin.

• Yomon havo yaxshisi bilan almashadi, lekin yomon yomonligicha qolaveradi.

• Yomon odam yaxshi gap gapirmaydi.

Tuva xalq maqollari (64 ta)     Chop etish uchun      E-mailga yuborish

• Mahmadonalik ― foydasiz, kamgaplik ― zarar emas.

• Izlasang ― topasan, istasang ― erishasan.

• Ertaning moyidan bugunning choyi afzal.

• Dangasalikdan ― maqtanchoqlik, ochko‘zlikdan ― o‘g‘rilik.


• Irodasiz kuch yo‘q, tuzsiz maza yo‘q.

• Toshgan suvda baliq bo‘lmaydi, maqolda yolg‘on bo‘lmaydi.

• Tuya butani yesa echki ajablanarkan, echki qoyaga chiqsa tuya hayratlanarkan.

• Kigiz kengayadi, odam o‘sadi.

• Bugun bir marta bug‘u o‘ldirgan joyda har kuni ov qiladi.

• Tog‘ otni qiynaydi, fe’l-atvor ― odamni.

• Ko‘ngilchanlikni jazolab bo‘lmaydi.

• Orqa tuyoq old tuyoq ortidan boradi.

• Taxtani randalasang ― tekshir, gapirishni boshlasang ― o‘ylab ol.

• Bo‘rini podani asrashga qo‘yma, cho‘michni ochko‘zga berma.

• Haqiqatdan afzal so‘z yo‘q.

• Badguzumonlikdan kasallanadilar, umiddan tuzaladilar.

• Taqlidchi ― aks-sado kabi, tadbirkor ― igna kabi.

• Qorovul xondan battar.

• Baliq boshidan sasiydi, terak o‘zagidan chiriydi.

• It jutdan semiradi, lama kasallikdan.

• Shoshgan sichqon sutda cho‘kadi.

• Inson o‘ladi, jasorati qoladi.

Rahbar jazo bilan semirmaydi, it ― so‘lak bilan.

• Shamol bo‘lmasa, giyoh ham qimirlamaydi.

• Uquvsizga tong ham tunday.

• Boy kambag‘aldan so‘ramaydi.

• Kasallik kichik bo‘lsa-da, azobga yetaklaydi, olov kichik bo‘lsa-da, yong‘inga olib keladi.

• Yolg‘izlik ― zaiflik, birlik ― kuch.

• Shodlik kunda yig‘lab, qayg‘uli kunda kuladilar.

• Tuya qarib, bo‘taloq o‘sadi.

• Suv burnigacha yetsa, buzoqcha ham suzib yuboradi.

• G‘oz ortidan quvigan qarg‘a oyog‘ini muzlatib qo‘yibdi.

• Tog‘ baland bo‘lsa ham yemiriladi, dengiz chuqur bo‘lsa-da quriydi.

• Yerga go‘ng solsang, hosil beradi.

• Kichkina dangasa katta dangasa bo‘lib ulg‘ayadi.

• Ona sutini ichgan ey do‘stim, nega kibrlanasan?

• Ko‘p yashagan ko‘p ko‘radi.

• Yomon qarindoshdan yaxshi do‘st afzal.

• Sendan oldin yiqilgan do‘sting ustidan kulma.

• Yeyishni boshladingmi ― oxirigacha ye, gapirishni boshladingmi ― oxirigacha gapir.

• Hamma egri ham tuya emas.

• Tog‘ni ko‘rmasdan dalani tashlama, suvni ko‘rmasdan etikni yechma.

• Bitta uchqun ― alanga emas, bitta odam ― xalq emas.

• Uchqundan ― yong‘in, yomg‘irdan ― toshqin.

• Yursang ― omadga erishasan, yurmasang ― o‘zing aybdorsan.

• Olish oson, berish qiyin.

• Ishdan so‘ng ovqat shirin.

• Bo‘rttirish ko‘pikka o‘xshaydi.

• Yaxshi kutib olib, yomon kuzatadilar.

• Xalqning yo‘li keng.

• Bola o‘zi yiqilsa, yig‘lamaydi.

• Keyin o‘sgan shox avval o‘sgan quloqni yirtadi.

• Irmoq qo‘shilib ― daryo bo‘ladi, odam qo‘shilib ― kuch bo‘ladi.

• Qarilik ― shodlik emas.

• Kattalarni hurmat qil, kichiklarni tarbiyala.

• Qari ot yo‘ldan adashmaydi.

• Yomon tildan ehtiyot bo‘l.

• To‘qqa qo‘zichoqning dumbasi ham qattiq.



• Otarga cho‘pon kerak, odamga ― do‘st.

• Ozg‘in ot semiradi, kasal odam tuzaladi.

• Xalqdan o‘rgan, yerdan foydalan.

• Kuchli bo‘lsang ham ko‘kragingni kerma.

• Sigiring sut bermasa ham idishni tayyorlab qo‘y.

• Ota ko‘rmaganini bola ko‘radi.

Uyg'ur xalq maqollari (60 ta)  

  Chop etish uchun      E-mailga yuborish

• O‘zga yurtni ko‘rmaguncha, o‘z yurtingning go‘zalligini his etolmaysan.

• Dushmaning sichqondek tuyulsa-da, senda sherning kuchi bo‘lsin.

• So‘z tosh emas, lekin boshni yoradi.

• Dangasaning doim vaqti yo‘q.

• Odam guldan nozik, toshdan qattiq.

• Laylini ko‘rish uchun Majnunning ko‘zi kerak.

• Quloq ko‘zdan avval sevadi.

• Och itga suyak tashlasang, to‘q it ham angillaydi.

• Bahorda yeyilgan nonning kekirigi kuzda chiqadi.

• Kuyov farzand bo‘lmaydi, kuldan devor bo‘lmaydi.

• Qozon bir dumalab qopqog‘ini topdi.

• Qarindoshlik bir soatlik quvonch va bir kunlik qayg‘uda bilinadi.

• Olmani ko‘rishi bilan tishi qamashadi.

• Bir novdadan mingta meva yetishadi.

• Shamolsiz daraxt qimirlamaydi.

• Shaytonga yo‘liqishdan qo‘rqib, Iblisga tutildi.

• Qarg‘a aytadi: "Mening bolalarim oppoq!"

• Bir taomda ikki qo‘yning kallasi qaynamaydi.

• Ikki yarim ― bir butun.

• Uzun ko‘ylak bilan oyoq chalinar, uzun gap aqlni chalg‘itar.

• Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit.

• Bola yig‘lamasa, onasi emizmaydi.

• Yiqilsang ham tuyadan yiqil.

• To‘g‘rining o‘qi nishonga tegadi.

• Har bir omadsizlik ― omadga yo‘l.

• Otangga qanday g‘amxo‘rlik qilsang, bolang ham senga shunday g‘amxo‘rlik qiladi.

• Miltiq yo‘qligida kiyik uchrab qoladi.

• Iymonsiz qarindoshdan iymonli qo‘shni afzal.

• Haqiqat ortidagi zarardan yolg‘on ortidagi foyda afzal.

• Har bir rahbardan katta rahbar bor.

• Traktordan umid qilib, otdan yuz o‘girma.

• Zulm ko‘rmasdan yaxshilikning qadriga yetmaysan.

• Suzishni bilmasang, suvga tushma.

• Achchiqni totmaguncha shirinni bilolmaysan.

• Yuzi chiroyli ― go‘zal emas, qalbi pok ― go‘zal.

• Xato otmaydigan ovchi yo‘q, adashmaydigan dono yo‘q.

• Yolg‘onchining uyi yonsa, hech kim ishonmaydi.

• Hazillashsang ham o‘ylab gapir.

• Kimdir to‘qlikdan sakraydi, kimdir ― ochlikdan.

• Yaxshi odamdan yomon tug‘iladi, yomon odamdan yaxshi tug‘iladi.

• Tayoq bilan faqat tana og‘riydi, yomon so‘z bilan ― qalb.

• Onasini ko‘rib, qizini ol.

• Sotqin do‘st qaytib do‘st bo‘lolmaydi.

• Kirishdan oldin chiqishni o‘yla.

• Qurishdan oldin buzish kerak.

• Tuyada o‘tirib, qo‘ydan yashirinolmaysan.



• Aytilgan so‘z ― otilgan o‘q.

• Mol doim egasiga o‘xshaydi.

• Ko‘rga tun va kun barobar.

• Daraxt qattiq, lekin uni yumshoq qurt teshadi.

• Labi yumshoq buzoq o‘nta sigirni emadi.

• Tinch yursang ― ko‘p yashaysan.

• Har gulning o‘z isi bor.

• Yolg‘onchining doim guvohlari bor.

• Besh barmoq barobar emas.

• Devorning qulog‘i bor.

• Ilon chaqqan arqondan ham qo‘rqar.

• Dunyoni suv bossa, o‘rdakka ne g‘am?

• Yomon bilan yashagandan yaxshi bilan o‘lgan afzal.

• Til qilichdan o‘tkir.

Fransuz xalq maqollari (119 ta)  

  Chop etish uchun      E-mailga yuborish

http://ziyouz.com/images/fransuz.jpg• Toza vijdondan ko‘ra yumshoq yostiq yo‘q.

• Ayol ― xudoning go‘zal ne’mati, agar uni shayton totib qo‘ymagan bo‘lsa.

• Sirkadan ko‘ra asalning atrofida pashsha ko‘p bo‘ladi.

Cherkovga emas, xudoga yaqin bo‘l.

• Yigirma yoshli qizni yigitlardan asragandan ko‘ra sichqonni mushukdan asragan osonroq.

• O’lim sevgini qo‘rqitmaydi.

• Faqatgina ahmoq o‘z fikrini o‘zgartirmaydi.

• Shoirlar qishloqda tug‘ilib, Parijda vafot etadilar.

• Xudo uch toifaga yordam beradi: bolalarga, jinnilarga va mastlarga.

• Bandasidan emas, Xudodan tila.

• Bir gunohga ikki marta tavba qilinmaydi.

• Sevgi bor joyda hujum ham bor.

• G’azab ― do‘st ham emas, maslahatchi ham emas.

• Urushqoq xo‘roz semiz bo‘lmaydi.

• Shayton uxlamaydi.

• Haqiqat o‘z yog‘dusi bilan nur sochadi.

• Kim hamma narsaga yarayman desa, hech narsaga yaramaydi.

• Qarz berganning yuzi doim yoqimsiz.

• Qazg‘oqqa qarshi eng yaxshi dori ― jallod kundasi.

• Taqirbosh shaytonning boshini tarolmaysan.

• Sevgi va o‘lim to‘siq bilmaydi.

• Fursati kelmaguncha iste’dodlar oz ishga yaraydi.

• Har aqlsizga hayron bo‘lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.

• Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo‘lmaydi, ammo qorong‘i kechalarda yo‘limizga ular 

rahbarlik qiladilar.

• Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.

• Maydalab yoqqan yomg‘ir istalgan shamoldan kuchli.

• Asalarining asali shirin bo‘lsa-da nayzasi achchiq.

• O’lik ilonning nishi ham o‘lik.

• Rimda yashashni xohlasang papa bilan olishma.

• Sevgida aldagan odam nafratga ham arzimaydi.

• Nimaiki benuqson bo‘lsa, u yomon.

• Sevgida jangdagi kabi vaqt qadrli.

• Yaxshi havoda dengizchi bo‘lish oson.

• Bo‘ri terisini o‘zgartirsa ham fe’lini o‘zgartirmaydi.

• Bo‘ri qo‘ylarga qorovul emas.

• Vaqt ― buyuk usta.


• Hamma tulki dumini o‘zicha likillatadi.

• Xudo qaerga xohlasa, yomg‘ir o‘sha yerga yog‘adi.

• Tog‘ bor yerda vodiy ham bor.

• Xalq ovozi ― Haq ovozi.

• Ochlik eshikda, sevgi oynada.

• Qurt kabi yalang‘och.

• Momaqaldiroq gurillaydi, lekin buzmaydi.

• Hazilda ham me’yor bo‘lishi lozim.

• Frantsiyadagi eng go‘zal xonim ham faqatgina o‘zida borini bera oladi.

• Uyda devorlar ham yordam beradi.

• Insonning qandayligi uning qilig‘idan bilinadi.

• Bu kiyim unga sigirga fartuk taqqanday o‘tirdi.

• Hayvonlar ham odamdek, faqat ular cho‘qintirilmagan.

• Bo‘ri qaerdan o‘tishini bilganimda chox qazib qo‘yardim.

• Har kuni to‘ldirib borilmaydigan bilim har kuni o‘lib boradi.

• Har kuni kovlab borilsa, baland tog‘ ham yiqiladi.

• Egri daraxt ham to‘g‘ri yonadi.

• Ko‘r kaptar ham donni topa oladi.

• Hamma o‘z-o‘ziga, Xudo hamma uchun.

• Haqiqiy olim rassom ham, shoir ham bo‘lishi kerak.

• Har nuqsonning bir fazilati bo‘ladi, har fazilatning bir nuqsoni bo‘ladi.

• Avliyo qanday bo‘lsa, karomati ham shunday.

• Kimni sevsam, uni uraman.

• Qimorda omadi borning sevgida omadi bo‘lmaydi.

• Yurakcha kabi go‘zal.

• Kim uzr so‘rasa, o‘zini ayblaydi.

Kim ishni hal qilsa, unga maslahat shart emas.

• Ko‘p uxlagan kambag‘allashadi.

• Kim qarilikda yosh bo‘laman desa, yoshligida qari bo‘lmog‘i lozim.

• Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi do‘st afzal.

• Va’da qilib bermagandan, va’da qilmay bergan afzal.

• Yuzta pashshadan bitta asalari afzal.

• Cho‘pon qizni sevgan qirolichani sevgandan afzal.

• Aqlsiz do‘stdan aqlli dushman afzal.

• Sevgi ― undan qutulish xohlanmaydigan yagona kasallikdir.

• Sevgi eshakni ham raqsga o‘rgatadi.

• Sevgi popni ham raqs tushishga majbur qiladi.

• Sevgining ko‘zi ko‘r.

• Sevgi vaqtni o‘ldiradi, vaqt sevgini.

• Odamlar qovunga o‘xshaydi: o‘ntasidan bittasi yaxshi.

• Yugurmasdan vaqtida yo‘lga chiq.

• Hammaga ma’lum bo‘lgan narsani maslahat berma.

• Xudoga ham, odamga ham birdek xizmat qila olmaysan.

• Sabrlilar bepul erishadigan narsani sabrsizlar doim qimmatga olishadi.

• Pishloq yeyilgan bo‘lsa mushukni so‘kishdan ne naf?

• Odamga ko‘rinadigan narsani Xudodan yashirishdan ne naf?

• Do‘stingga qarz berib, do‘stingdan ham, pulingdan ham ayrilasan.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling