Morfemaning leksemaga munosabati Morfema


Download 33.19 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.19 Kb.
#1620643
  1   2   3
Bog'liq
2. Morfemaning leksemaga munosabati


Morfemaning leksemaga munosabati
Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks (qarang) holatida boʻladi. Masalan, chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), ki (tepki), li (aqlli), chan (ishchan), la (tuzla), -illa (taqilla), lar (bolalar), rok, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.
Morfemalar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar; soʻzning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi Morfemalar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi Morfemalar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Mas, daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa Morfemalar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida Morfema ishtirok etmasligi ham mumkin. "Morfema" termini va tushunchasini tilshu-noslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin Morfemaning I.A.Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor.
yasovchi – gar (savdogar, zargar, da'vogar); -kash (aravakash) sifat yasovchi –
ag`on (chopag`on, qopag`on), - man (bilarman, qilarman), fе'l yasovchi – (a) r 
(oqarmoq, ko`karmoq) affikslari.
Derivatsiya (so‘z yasalishi, hosil bo‘lishi) tilshunoslikning alohida bo‘limi. U derivatsiya hodisasi, uning diaxron va sinxron turi, so‘z yasash, hosil bo‘lish usuli kabi masala bilan shug‘ullanadi. Derivatsiya so‘z yasalishiga: ([ishchi], [ishla], [kitobxon]) o‘rganadi.
So‘z yasalishi – sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor.
So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli:
a) so‘z yasash jarayoni atamasi;
b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha.
So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, [ishbilarmon] so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q.. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Derivatsiya ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi. Shu boisdan tarixiy va sinxron derivatsiyani farqlash lozim.

Download 33.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling