Morfеmika-morfologiya


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/125
Sana04.09.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1672753
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

So„z–gaplar tasnifi. So„z-gaplar o„z ichida bir necha ma‟noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar.
2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so„zlar. 4.Taklif/ishora so„zlar.
So„zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat‟iy ishonch, gumon, taxmin kabi 
ma‟nolarni ifodalab keladigan so„zlar modal so„zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, 
shubhasiz, shekilli kabi so„zlar misol bo„ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o„rganilgan.
Kishilarning his-tuyg„ularini, haydash, to„xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so„z-
gaplarning ko„rinishi undov so„zlardir. His-tuyg„u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin 
kabi so„zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh  kabi xitob so„zlar kiradi.
So„z-gaplarning uchinchi ma‟noviy guruhi bo„lgan tasdiq /inkor so„zlar ko„pincha modallar 
tarkibida o„rganilgan. Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so„zlari tasdiqni, yo‘q , mutlaqo, aslo, sira so„zlari inkorni 
ifodalovchi so„z-gaplardir.
Taklif/ishora so„zlarga qo„llanishi tana a‟zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog„liq
bo„lgan ma, mang, qani, marhamat so„zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo„lib, uni biror ish-
harakatni bajarishga undaydi.
So„z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko„pchiligi boshqa so„z turkumlaridan 
tarixiy taraqqiyot jarayonida o„ziga xos nutqiy qo„llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. 
Chunonchi, so‘zsiz, tabiiy so„zlari sifatdan, albatta ravishdan o„sib chiqqan bo„lsa, har qalay, har holda 
modal so„zlari so„z birikmalaridan, nasib bo‘lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqqan.
Sof so„z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o‘h ; ha,yo‘q , mutlaqo; ma, mang kabi 
modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so„zlari mansubdir. O„zbek sistеm tilshunosli-gida so„z-gaplar 


97 
[W

]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so„zlar, [W

]-
lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan 
so„zlar, [W

]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so„zlar va ular nutqiy voqelanish-lari 
mufassal o„rganilgan.
[W

]-lashgan (so„z-gaplashgan) so„zlar o„z semantik-funk-sional xususiyatlari bilan har xil 
guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o„ z a l o q a s i n i b o sh q a s o„ z t u r k u 
m l a r i d a n t o„ l a – t o„ k i s u z m a g a n b o„ l a d i. Chunonchi, modallashgan so„zlarga 
chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so„zlarga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so„zlarga 
bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so„zlarga qani kabi leksemalar misol bo„ladi.
[W

]-lashayotgan (so„z-gaplashayotgan) so„zlar so„z-gaplarga to„la-to„kis o„tgan bo„lmaydi va 
so„z-gaplarga «o„tish yo„lida» turgan so„zlardir. A.M.Peshkovskiy «ayrim sifatlar sifatlardan uzilib to„la-
to„kis otlarga o„tib ketgan bo„lsa, ayrim sifatlar otlarga o„tishning yarim yo„lida turibdi» deb ruscha 
mоrоjеnое va bоlnоy so„zlarini misol keltiradi. Bu o„rinda modallashayotganlarga balki, hatto, aftidan; 
undovlashayotgan-larga yashang, voy o‘lay; tasdiq /inkorlashayotganlarga durust, to‘g‘ri, rost, aslo, 
hargiz; taklif/ishoralashayotganlarga mana mundoq  kabi so„zlarni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 
1.Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2.Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. 
(O„.Usm.) 3. -Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola 
gapning to‘g‘risini aytdi (O„.Usm.) gaplarida [W

-lashayotgan] so„zlar (1-3-gapda) qo„llanilgan.
[W

]-simon (so„z-gapsimon) lar deganda mohiyatan so„z-gaplar bo„lmagan lug„aviy birliklarning 
so„z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonlarga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, 
xudo saqlasin; undovsimonlargaerkalash ma‟noli asalim, oppog‘im va undalma ma‟noli ey, do‘stlar 
kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri kabi; taklif/ishorasimonlarga 
boshlang ko„rinishli so„zlar misol bo„ladi. Qisqasi, so„z-gaplarning leksik-semantik turlari bo„lmish sof 
so„z-gaplar o„zlari tarixan kelib chiqadigan so„z turkumlaridan batamom uzilgan bo„lib, ularning 
ko„pchiligi ravish, sifat, ot sifa-tida mutlaqо qo„llanilmaydi. So„z-gaplashgan unsurlar esa o„zlari tarixan 
kelib chiqqan so„zlar bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o„z aloqasini boshqa turkumlardan to„la 
uzmagan bo„ladi. So„z-gaplashayotgan unsurlarga o„zi boshqa so„z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, 
fe‟l)ga tegishli, lekin so„z-gaplarga xos ma‟no va vazifalarda qo„llanila oladigan birliklar kiradi va 
bularning so„z-gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so„zlar tarixiy taraqqiyot 
natijasida batamon so„z-gaplarga o„tib ketishi mumkin. So„z-gapsimonlar esa o„z turkumi doirasida 
qoladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling