2. "-im" qo'shimchasining omonimligi:
ot yasovchi: bit+im=bitim, tiz+im=tizim, bil+im=bilim
sifat yasovchi: ayir+im=ayrim (insonlar)
ismning munosabat shakli (egalik): kitob+im=kitobim
ismning munosabat shakli (qaratqich kelishigining she'riy shakli): O'zbekiston -- Vatanim manim.
3. "-ng" qo'shimchasining omonimligi:
ismning munosabat shakli(egalik): tahriba+ng=tajribang
fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): yuborsa+ng=yuborsang, eslatdi+ng=eslatding
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Yaxshiroq tozala+ng=tozalang.
4. "-ing" qo'shimchasining omonimligi:
ismning munosabat shakli (egalik): bayroq+ing=bayrog'ing
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Janjalni bas qil+ing=bas qiling.
5. "-i" qo'shimchasining omonimligi:
ismning munosabat shakli (egalik): kitob+i=kitobi
sifat yasovchi: jannat+i=jannati inson. qishloq+i=qishloqi bolalar.
fe'l yasovchi: chang+i=changimoq, ranj+i=ranjimoq, tinch+i=tinchimoq,
boy+i=boyimoq
lug'aviy: to'zmoq+i=to'zimoq, qormoq+i=qorimoq (Aslida-chi, buni yozmasam ham bo'lardi, lekin ayrimlar...... tushunib oldingiz, shekilli.)
6. "-si" qo'shimchasining omonimligi:
ismning munosabat shakli(egalik): uka+si=ukasi
fe'l yasovchi: garang+si=garangsimoq
7."-miz" qo'shimchasining omonimligi:
ismning munosabat shakli(egalik): hovli+miz=hovlimiz juda keng.
ismning munosabat shakli (bo'glama): Axir, biz inson+miz=insonmiz. Biz xalqimizning umid+i+miz=umidimiz. ("-i" egalik va "-miz" bog'lama)
fe'lning munosabat shakli (shaxs-son): Aybsizligingni isbotla+y+miz=isbohlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |