Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


Download 116.73 Kb.
bet13/23
Sana20.12.2022
Hajmi116.73 Kb.
#1038015
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Morfemika

18. "-a" qo`shimchasining omonimligi:

  1. ot yasovchi: qahqaha (taqlid so`zdan ot yasagan)

  2. sifat yasovchi: to`la (fe'ldan sifat yasagan)

  3. fe'l yasovchi: qiyin+a+moq=qiynamoq, son+a+moq=sanamoq fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): ESLATMA: zamon "-a" qo`shimchasi o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi zamon qo`shimchalarini qabul qiladi. Men ham bugun qayt+a+man=qaytaman. Vaziyatingni yitig`i bilan tushuntir+a+san=tushuntirasan.

  4. lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli): ESLATMA: ravishdosh "-a" lug`aviysi ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe'li oxirida yoki hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida qo`llaniladi. Manzilga qiynala-qiynala yetib keldik. (bu hol vazifasini bajargan fe'l tarkibida kelishiga misol) Vaziyatimni hech tushuntir"-a" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida qo`llanilishiga misol)

  5. yuklama(so`roq-taajjub yuklamsi): Meni esladingiz-a?

19. "-xon" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ot yasovchi: kitob+xon, g'azal+xon

  2. lug'aviy shakl yasovchi: ota+xon

20. "-loq" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi: tosh+loq, qum+loq

  2. lug'aviy shakl yasovchi: bo'taloq (tuyaning bolasi)

21. "-lab" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ravish yasaydi) tonna+lab, oy+lab

  2. lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): minglab, yuzlab

22. "-larcha" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (ravish yasovchi): mard+larcha, aybdor+larcha

  2. lug'aviy shakl yasovchi (chama son qo'shimchasi): ming+larcha askarlar bedarak yo'qldi.

23. "-ir" qo'shimchasining omonimligi:

  1. so'z yasovchi (fe'l yasaydi): gap+ir+moq=gapirmoq

  2. lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat): bitmoq+ir=bitirmoq. Oshmoq+ir=oshirmoq


Download 116.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling