40. "-gin, -qin, -kin" qo'shimchasining omonimligi:
sintaktik shakl yasovchi (fe'lning buyruq mayli qo'shimchasi): eshit+gin, olib chiq+qin, ek+kin
so'z yasovchi (ot yasaydi): toshqin, bosqin, tizgin
so'z yasovchi (sifat yasaydi): jo'shqin, sotqin, g'amgin, ezgin, keskin
41. "-ch" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): ishonch, quvonch
so'z yasovchi (sifat yasaydi): tinch, jirkanch
42. "-gi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): supurgi, sevgi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): bugungi, kunduzgi
43. "-don" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): qalamdon, kuldon
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qadrdon, bilimdon
44. "-dor" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): hukmdor
so'z yasovchi (sifat yasaydi): aybdor
45. "-ik" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): kech + "-ik" = kechik. (Daryoning sayoz qismini bildiruvchi bu so'z fe'ldan yaslagan yasama otdir)
so'z yasovchi (sifat yasaydi): egik, bukik. Boshim egik, qaddim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): kech +"-ik" = kechik (Biror joyga yoki ishga olgura olmaslik ma'nosini bildiradigan ushbu yasama fe'l ravishdan yasalgan)
46. "-iq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): chopiq, chiziq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): yopiq, siniq
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): yo'liqmoq, zo'riqmoq
47. "-kash" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): aravakash, suratkash
so'z yasovchi (sifat yasaydi): zahmatkash, jafokash
Do'stlaringiz bilan baham: |