48. "-ki" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tepki, turtki
so'z yasovchi (sifat yasaydi): ertalabki, kechki
yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): shunday gapirdiki, ......
49. "-kor" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): g'allakor, paxtakor
so'z yasovchi (sifat yasaydi): itoatkor, shiddatkor
50. "-la" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): ong+la=anglamoq, gullamoq, isbotlamoq
Ko'makchi ("bilan" ko'makchisining qisqargan(she'riy) shakli): Sen-la baxtliman. (Sen bilan baxtliman)
yuklama ("-oq" yuklamasining ma'nodoshi): keliboq ketdi. kelib-la ketdi
51. "-lik" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): jizzaxlik, yaxshilik
so'z yasovchi (sifat yasaydi): astarlik mato, qishlik zaxira
52. "-oq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): o'roq, quchoq, qo'noq, yotoq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qo'rqoq
yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): ko'riboq yig'lab yubordi.
53. "-chi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tijoratchi, jangchi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): a'lochi
yuklama (so'roq-taajjub yuklamasi): Sen-chi, ...... tushunsang-chi........
54. "-chiq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): yopinchiq
so'z yasovchi (sifat yasovchi): qizg'anchiq
55. "-q" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tirnoq, og'riq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): sovuq, achchiq
Do'stlaringiz bilan baham: |