ASOSIY IZOH: "qator-qator, chelak-chelak, es-es, qozon-qozon" "ustma-ust, eshikma-eshik, qadam-baqadam" kabilar otning takroridan hosil qilingan yasama ravishlardir. "to'g'ridan to'g'ri, uzundan uzun, ochiqdan ochiq" kabilar ham sifatning takroridan hosil qilingan yasama ravishlardir: "qishin-yozin, uzil-kesil, nari-beri" kabilar esa so'zlarni juftlash orqali hosil qilingan yasama ravishlardir.
ESLATMA: Barcha takroriy so'zlar va barcha juft so'zlar yasama so'z hisoblanavermaydi. Masalan: ota-ona, idish-tovoq, aql-zakovat so'zlari juft so'z, biroq yasama emas. idish-pidish, ovqat-povqat, bug'doy-mug'doy, yangi-yangi, baland-baland, kattakatta, tez-tez kabilar ham takroriy so'z, biroq yasama emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |