Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema
Download 116.73 Kb.
|
Morfemika
- Bu sahifa navigatsiya:
- "nutqda qanday qollanila olish imkoniyatiga kora"
- Endi qoshimchalarning turlarini organishni boshlaymiz
- SOZ YASOVCHI QOSHIMCHALAR
M O R F E M I K A (so'z tarkibi) So'zning eng kichik ma'noli qismlarini o'rganadigan tilshunoslik bo'limiga MORFEMIKA (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi.So'zning eng kichik ma'noli qismiga MORFEMA deyiladi va bu atamaning o'rniga "SO'ZNING ENG KICHIK MA'NOLI QISMI" atamasi ham qo'llanilaveradi. Morfemalar "nutqda qanday qo'llanila olish imkoniyatiga ko'ra" quyidagicha ikki turga bo'linadi: ASOS (yetakchi morfema) QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) Tarkibida hech qanday qo'shimchalarsiz nutqda mustaqil qo'llanila oladigan so'z qismiga ASOS (yetakchi morfema) deyiladi. Yetakchi morfemasiz nutqda mustaqil qo'llanila olmaydigan so'z qismiga esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) deyiladi. Masalan: Buvim toshbag'ir insonlarning qismatini ko'p so'zlab bergan. Ushbu jumlada 16 ta MORFEMA (so'zning eng kichik ma'noli qismi) mavjud va ularning 8 tasi ASOS (yetakchi morfema), qolgan 8 tasi esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema):Buvi(ASOS) + m (QO'SH.) tosh(ASOS) + bag'ir(ASOS) inson(ASOS) + lar (QO'SH) + ning (QO'SH) qismat(ASOS) + i (QO'SH) + ni (QO'SH) ko'p(ASOS) so'z (ASOS) + la (QO'SH) + b (QO'SH) ber(ASOS) + gan (QO'SH) Endi qo'shimchalarning turlarini o'rganishni boshlaymiz: Qo'shimchalar asosga qo'shilib ularga yangi ma'no berishi yoki yangi ma'no bera olmasligiga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linadi: so'z yasovchi qo'shimchalar shakl yasovchi qo'shimchalar Asosga qo'shilib unga yangi ma'no beradigan qo'shimchalarga SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi va ular qaysi turkumni hosil qilishiga ko'ra so'z yasovchilar "ot yasovchi, sifat yasovchi, ravish yasovchi va fe'l yasovchi" kabi turlarga bo'linadi: Ot yasovchilar: -q. tirnoq, qaviq, sanoq, og'riq -iq. chiziq, to'siq, sanchiq, chopiq -uq. yutuq, buyruq -qi. chopqi, tutatqi, sanchqi -ķ. tilak, elak, istak -ik. kechik (daryoning sayoz qismi) -ki. tepki, turtki -gi. sevgi, supurgi -gich. suzgich (baliqning suzgichlari) -g'ich. o'chirg'ich, chizg'ich -kich. ko'rsatkich, isitkich -ma. qazilma, isitma, chizma qich. ochqich, tutqich -oq. quchoq, qo'noq, o'roq, yotoq -choq. o'yinchoq -chak. belanchak, burchak -chiq. yopinchiq, -ch. quvonch, ishonch, sevinch, o'kinch -inch. qo'rqinch -chi. suvchi, tarbiyachi -vchi. o'quvchi -uvchi. uchuvchi -bon. bog'bon -paz. oshpaz -kash. suratkash, aravakash -dor. hukmdor -zor. tikonzor, gulzor -loq. qumloq, toshloq -goh. janggoh, saylgoh -iston. guliston, O'zbekiston -chilik. dehqonchilik, -garchilik isrofgarchilik -lik. yovuzlik, jo'shqinlik. -gin. tizgin -g'in. yong'in -qin. bosqin, toshqin, -gar. zargar -m. chidam, to'plam -im. tizim, kirim-chiqim, bilim -in. chaqin, tiqin, ekin -indi. qirindi(qozonning tagida qolgan qoldiq), chiqindi -don. qalamdon, kuldon -kor. paxtakor, g'allakor -a. qahqaha -xon. kitobxon, g'azalxon -ajak. kelajak (ertangi kun ma'nosida) -shunos. tilshunos, adabiyotshunos. Download 116.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling