Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


"-im" qo'shimchasining omonimligi


Download 116.73 Kb.
bet10/23
Sana20.12.2022
Hajmi116.73 Kb.
#1038015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Morfemika

2. "-im" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ot yasovchi: bit+im=bitim, tiz+im=tizim, bil+im=bilim

  2. sifat yasovchi: ayir+im=ayrim (insonlar)

  3. ismning munosabat shakli (egalik): kitob+im=kitobim

  4. ismning munosabat shakli (qaratqich kelishigining she'riy shakli): O'zbekiston -- Vatanim manim.

3. "-ng" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ismning munosabat shakli(egalik): tahriba+ng=tajribang

  2. fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): yuborsa+ng=yuborsang, eslatdi+ng=eslatding

  3. fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Yaxshiroq tozala+ng=tozalang.

4. "-ing" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ismning munosabat shakli (egalik): bayroq+ing=bayrog'ing

  2. fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): Janjalni bas qil+ing=bas qiling.

5. "-i" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ismning munosabat shakli (egalik): kitob+i=kitobi

  2. sifat yasovchi: jannat+i=jannati inson. qishloq+i=qishloqi bolalar.

  3. fe'l yasovchi: chang+i=changimoq, ranj+i=ranjimoq, tinch+i=tinchimoq,

  4. boy+i=boyimoq

  5. lug'aviy: to'zmoq+i=to'zimoq, qormoq+i=qorimoq (Aslida-chi, buni yozmasam ham bo'lardi, lekin ayrimlar...... tushunib oldingiz, shekilli.)

6. "-si" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ismning munosabat shakli(egalik): uka+si=ukasi

  2. fe'l yasovchi: garang+si=garangsimoq

7."-miz" qo'shimchasining omonimligi:

  1. ismning munosabat shakli(egalik): hovli+miz=hovlimiz juda keng.

  2. ismning munosabat shakli (bo'glama): Axir, biz inson+miz=insonmiz. Biz xalqimizning umid+i+miz=umidimiz. ("-i" egalik va "-miz" bog'lama)

  3. fe'lning munosabat shakli (shaxs-son): Aybsizligingni isbotla+y+miz=isbohlaymiz.


Download 116.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling