13. "-da" qo'shimchasining omonimligi:
o'rin-payt kelishigi: qishloq+da=qishloqda
yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): hatto do'stini-da tanimadi. (do'stini ham) # "-qa", "-ka" qo'shimchasining omonimligi:
jo'nalish kelishigi: qishloqqa , falakka
so'z yasovchi: loy+qa=loyqa , is+ka=iskamoq
lug'aviy: chaymoq+qa=chayqamoq, surmoq+ka=surkamoq.
14. "-k" qo'shimchasining omonimligi:
fe'lning munosabat shakli(shaxs-son): o'qisa+k=o'qisak, olib keldi+k=olib keldik
ot yasovchi: ista+k=istak, beza+k=bezak
sifat yasovchi: o'ksi+k=o'ksik, chiri+k=chirik
15. "-sa" qo`shimchasining omonimligi:
fe'l yasovchi: suv+sa=suvsamoq
fe'lning munosabat shakli (shart mayli qo`shimchasi): bilimlarrini mustahkamla+sa, ... uni uchrarib qol+sa+m, .....
16. "-ay" qo`shimchasining omonimligi:
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli): O`zim tushuntir+ay=tushuntiray.
fe'l yasovchi: ko`p+ay+moq=ko`paymoq, ulug`+ay+moq=ulg`aymoq
17. "-y" qo`shimchasining omonimligi:
fe'l yasovchi: keksa+y+moq=keksaymoq, qora+y+moq=qoraymoq
fe'lning munosabat shakli (zamon qo`shimchasi): ESLATMA: "-y" zamon qo`shimchasi har doim fe'l kesim tarkibida keladi va o`zidan keyin har doim -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo`shimchalari qo`llaniladi: Men ham tozala+y+man=tozalyman
fe'lning munosabat shakli (buyruq mayli qo`shimchasi): ESLATMA: buyruq mayli "-y"qo`shimchasi ham har doim fe'l kesim tarkibida qo`llaniladi, o`zidan keyin hech qanday vositalar kelmaydi va, eng muhimi, gapning egasi "MEN" yoki "O`ZIM" kabi olmoshlar bilan ifodalangan bo`ladi. Xonani o`zim tazala+y=tozalay.
lug`aviy (fe'lning ravishdosh shakli qo`shimchasi): ESLATMA: ravishdos "-y" qo`shimchasi hol vazifasini bajarib kelgan fe'llar tarkibida yoki ko`makchi fe'lli so`z qo`shilmasining yetakchi fe;li oxirida qo`llaniladi. Aybsizligimni isbotla"-y" olmadim. (bu yetakchi fe'lning oxirida kelishiga misol), O`g`lidan kelgan maktubni o`qiy-o`qiy ko`zlari toldi. (bu hol tarkibida kelishiga misol)
Do'stlaringiz bilan baham: |