24. "-sh" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat): Atrofni bir zumda tozal+sh+di=tozalashdi. Ishchilarni qiyna+sh+masin=qiynashmasin.
lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Atrofni tozala+sh+ingiz uchun nimalar kerak? Ishchilarni qiyna+sh+ning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi.
25. "-ish" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (sifat darajasi qo'shimchasi): qizg'ish, ko'kish
lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat qo'shimchasi): Yuklarni bugun olib kel+ish+moqchi.
lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Yuklarni olib kel+ish+ga yordamlashing.
ESLATMA: Birgalik nisbat "-sh, -ish" qo'shimchasi va harakat nomi "-sh, -ish" qo'shimchalari bir-biridan juda oddiy farqlanadi: birgalik nisbat qo'shimchasidan keyin zamon, shaxs-son, mayl va bo'lishsizlik qo'shimchalari kela oladi. Harakat nomi qo'shimchasidan keyin esa egalik va kelishiklar hamda ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) lar qo'llanila oladi.
26. "-chak" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi: kelin+chak
so'z yasovchi (ot yasaydi): belan+chak
so'z yasovchi (sifat yasaydi): kuyun+chak
27. "-choq" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi: toy+choq, qo'zi+choq
so'z yasovchi (ot yasaydi): o'yinchoq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): maqatan+choq
28. "-gina" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (otning kichraytirish-erkalash, achinish shakli): bolaginam
yuklama (ayiruv-chegaralov yuklamasi): bolamgina. "-gina" qo'shimchasi yuklama bo'lganida "FAQAT" so'zi bilan erkin almashina oladi: Meni o'g'limgina tushunishi mumkin. (faqat o'g'lim tushunishi mumkin)
Do'stlaringiz bilan baham: |