29. "-r" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): qisqa+r+moq=qisqarmoq, eskirmoq, qayg'urmoq, o'zgarmoq.
lug'aviy shakl yasovchi (sifatdosh, buni olgan fe'l otga bog'lanib sifatlovchianiqlovchi vazifasini bajaradi): Ey Vatan, sen mening keyla"-r" qo'shig'imsan.
sintaktik shakl yasovchi, ya'ni fe'lning munosabat shakli (zamon qo'shimchasi): Bu qo'shimcha fe'l kesim tarkibida keladi: Hoshimjonning o'rtog'i shunday o'ylar edi. Ukasini tinmay qiynardi.
30. "-ma" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): isitma(kasallik), qo'llanma
so'z yasovchi (sifat yasaydi): burama ko'ylak
lug'aviy shakl yasovchi (fe'lning bo'lishsizlik shakli): Ovqatni ko'p ham isitma. Mehmonlarni xafa qilmasin
31."-qi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): chopqi, tutatqi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): sayroqi, yig'loqi
32. "-qich" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tutqich, ochqich
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qaqshatqich
33. "-cha" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tushun+cha
so'z yasovchi (sifat yasaydi): xorazmcha qo'shiq
so'z yasovchi (ravish yasaydi): tariqcha (ravish yasovchi bo'lganida urg'u olmaydigan qo'shimcha hisoblanadi) Bu jinoyatda tariqcha aybim yo'q.
lug'aviy shakl yasovchi (otning kichraytirish shakli) kitobcha, uycha
34. "-l" qo'shimchasining omonimligi:
lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Suratlar devorga qada+l+gan edi. Sabzavotlar ancha ko'p to'g'ra+l+gan edi.
lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Bolalar savol yechishda qiya+l+di. (Qarol, tugal so'zlarida so'z yasovchi -l qo'shimchasi mavjudmi? deb diqqat bo'lmangizlar. O'rganishingiz shartmas)
Do'stlaringiz bilan baham: |