Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


"-il" qo'shimchasining omonimligi


Download 116.73 Kb.
bet16/23
Sana20.12.2022
Hajmi116.73 Kb.
#1038015
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Morfemika

35. "-il" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Yangi ma'lumotlar top+il+di. Eshik mudofaa kuchlari tomonidan o'z vaqtida yop+il+di.

  2. lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Egasiz qolgan poda har tarafga yoy+il+di. Ukam yo'l chetidagi ishchilarga qo'sh+il+di.

36. "-in" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Bu mahsulotlar yangi do'kondan sotib ol+in+gan.

  2. lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Jayron tokzorga yashir+in+ib yirtqichdan qutilib qoldi.

  3. so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+in, ek+in

  4. so'z yasovchi (sifat yasaydi): erk+in, to'l+in, yashir+in

  5. so'z yasovchi (ravish yasaydi): qishin-yozin

37. "-n" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (majhul nisbat): Hovlimiz erta tozala+n+ar edi.

  2. lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik nisbat): Ishchilar maosh olish uchun idora oldida to'pla+n+ib olardilar.

  3. sintaktik shakl yasovchi (qaratqich kelishigining qisqargan(she'riy) shakli): Qalbimning bahor+i+n qaytishin kutib Qalbim muzlab qolgan, ishq qasri xarob. (Jumlasida "bahor+i+ning" edi)

  4. sintaktik shakl yasovchi (tushum kelishigining qisqargan(she'riy) shakli): Qalbimning bahorin qaytish+i+n kutib Qalbim muzlab qolgan, ishq qasri xarob. (Jumlasida "qaytish+i+ni" edi)

38. "-moq" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (harakat nomi qo'shimchasi): Vatanni sev+moq iymondandir!

  2. so'z yasovchi (ot yasaydi): chaq+moq(tabiiy hodisa), quymoq(taom)

39. "-t" qo'shimchasining omonimligi:

  1. lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat):yig'la+t+moq, to'la+t+moq (pulini to'latmoq ma'nosida), o'qi+t+moq, .........

  2. so'z yasovchi (fe'l yasaydi): to'la+t+moq (idishni to'latmoq ma'nosida)


Download 116.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling