Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


Download 116.73 Kb.
bet2/23
Sana20.12.2022
Hajmi116.73 Kb.
#1038015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Morfemika

Sifat yasovchi qo'shimchalar:

  • -q. iliq, sovuq, issiq

  • -iq. tiniq, siniq,

  • -uq. uzuq-yuluq

  • -qi. sayroqi, o'ynoqi, yig'loqi

  • -k. o'ksik, chirik

  • -ik. egik (egik bosh, yoki egik shox)

  • -ki. ertalabki, kechki (taom)

  • -gi. kechagi, avvalgi

  • -g'ich. yulg'ich (janjalkash kishi)

  • -qich. qaratqich (aniqlovchi), qaqshatqich (zarba)

  • -choq. maqtanchoq

  • -chak. kuyunchak

  • -chiq. qizg'anchiq

  • -ch. jirkanch, tinch

  • -chi. a'lochi

  • -ma. to'g'rama somsa

  • -oq. qo'rqoq (odam)

  • -g'in. so'lg'in

  • -gin. ezgin (xotira), g'amgin (ayol)

  • -qin. jo'shqin, sotqin

  • -kash. zahmatkash, jafokash

  • -dor. aybdor, mansabdor

  • -lik. astarlik (mato), qishlik (zaxira)

  • -m. qaram (birovning ixtiyoriga qaragan)

  • -im. ayrim (insonlar)

  • -in. to'lin, erkin, yashirin(yo'l)

  • -don. bilimdon, qadrdon

  • -kor. itoatkor, shiddatkor

  • -a. to'la (kam emas)

  • -li. odobli, bilimli, tajribali

  • ba- baodob

  • bo- boobro'

  • be- beandisha

  • ser- serhosil

  • -parvar. ilmparvar

  • -siz. tarbiyasiz

  • -i. jannati (inson), qishloqi (bola)

Ravish yasovchi qo'shimchalar:

  • -in. qishin-yozin

  • -ona. do'stona

  • -lab. soatlab

  • -larcha. aybdirlarcha

  • -layin. tiriklayin

  • -lay. butunlay, tiriklay (yutib yubormoq)

  • -siz. to'xtovsiz (gapirmoq), tinimsiz (uchmoq)

  • -an. qalban va ruhan

  • -chasiga. ochiqchasiga, boshqachasiga

  • -asiga. qatorasiga, uzunasiga

  • -ligicha. xomlihicha

Fe'l yasovchi qo'shimchalar:

  • -la. anglamoq, tozakamoq

  • -a. qiynamoq, yashamoq

  • -ay. kuchaymoq, ulg'aymoq

  • -lan. g'ururlanmoq, shidlanmoq

  • -lash. dardlashmoq, xayrlashmoq

  • -ar. ko'karmoq, qizarmoq

  • -ir. gapirmoq

  • -r. qisqarmoq, eskirmoq, o'zgarmoq, qayg'urmoq

  • -iq. yo'liqmoq, zo'riqmoq, zoriqmoq

  • -y. keksaymoq, qoraymoq

  • -illa. chirsillamoq

  • -sa. suvsamoq

  • -ira. yarqiramoq, miltiramoq

  • -si. garangsimoq

  • -t. to'latmoq. (Idishini to'latib quymoq ma'nosida)

Asosga qo'shilib unga yangi ma'no bermaydigan, o'zi qo'shilgan so'zni boshqa so'zlar bilan sintaktik jihatdan bog'laydigan yoki o'zi qo'shilgan so'zga qo'shimcha lug'aviy ma'no beradigan ko'makchi morfemalarga SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR deyiladi. Shakl yasovchi qo'shimchalar SINTAKTIK MUNOSABATNI YUZAGA KELTIRISH YOKI YUZAGA KELTIROLMASLIGIGA KO'RA quyidagi ikki turga bo'linadi:

  1. Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar

  2. Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar

ESLATMA: Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar "MUNOSABAT SHAKLLARI" deb ham yuritilaveradi.
MUNOSABAT SHAKLLARI HAQIDA MA'LUMOT
Asosga qo'shilib uni boshqa so'zlar bilan sintaktik munosabatga kirishtiruvchi shakl yasovchilarga MUNOSABAT SHAKLLARI (sintaktik shakl yasovchilar) deyiladi va ularga quyidagi 6 ta tur kiradi:

Download 116.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling