Morfemika (so'z tarkibi) bo'limi deyiladi. So'zning eng kichik ma'noli qismiga morfema


Download 116.73 Kb.
bet20/23
Sana20.12.2022
Hajmi116.73 Kb.
#1038015
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Morfemika

Masalan:
Olgan qarzlaringni qaytar.
Ukangni bu yo'ldan qaytar.
Shu oyda bir-ikkita maqolangni chiqar.
(Ushbu gaplardagi "-ar" qo'shimchalari orttirma nisbat qo'shimchasi edi, chunki ushbu gaplar buyruq gaplardir).
Farzandingiz, balik, sizni quvontirish uchun qishloqqa qaytar.
Balki, ishchilaringiz orqa eshikdan chiqar.
(Ushbu gaplardagi "-ar" qo'shimchalari zamon qo'shimchasiedi, chunki yuqoridagi
gaplar darak gaplar edi).
SO'Z TARKIBINING BUZILISHI
Sizga ma'lumki, so'z tarkibidagi morfemalarning "ASOS" + "SO'Z YASOVCHI" + "LUG'AVIY SHAKL YAS." + "SINTAKTIK SHAKL YAS." Holatidagi joylashuviga ODATDAGI TARTIB deyiladi:
Kitobxonlarning=kitob(asos)+xon(so'z yas.)+lar(lug')+ning(sin.)
Faxrlanishdi=faxr(asos)+lan(so'z yas.)+ish(lug'.)+di(sin.)
Lekin shuni ham unutmangki, yuqoridagi asos morfemadan keyin kelayotgan qo'shimchalarning biror turi so'z tarkibida qatnashmagan bo'lsa ham, yoki biror turi so'z tarkibida birdan ortiq miqdorda qatnashgan bo'lsa ham, ODATDAGI TARTIB hisoblanaveradi, ya'ni so'z tarkibining buzulishi hisoblanmaydi:

    1. nihollarning=nihol(asos)+lar(lug'.)+ni(sin.)

    2. sanog'ini=son(asos)+a(so'z yas.)+q(so'z yas.)+i(sin.)+ni(sin.)

    3. qushchalarning= qush(asos)+cha(lug'.)+lar(lug'.)+ning(sin.)

    4. insonni=inson(asos)+ni(sin.)

    5. chiroyliroq=chiroy(asos)+li(so'z yas.)+roq(lug'.)

YUQORIDAGI MISOLLAR ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHGAN so'zlar hisoblanadi. Sizda savol tug'ilishi tabiiy, qanday so'zlarga TARKIBIDAGI MORFEMALARI ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN SO'ZLAR deyiladi? deb so'raysiz, albatta.
So'z yasovchi qo'shimchalarning asosdan oldin kelish (beandisha, serhosil) holatlariga hamda so'z yasovchi qo'shimchalaridan oldin SHAKL YASOVCHILAR ning kelishi kuzatilgan so'zlarga "tarkibidagi morfemalari ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN so'zlar" deyiladi. So'z yasovchi qo'shimchalardan oldin kelishi mumkin bo'lgan shakl yasovchilarga fe'lning bo'lishsizlik shakli "-ma" qo'shimchasi, fe'lning nisbat shakllari va fe'lning xoslangan shakllari qo'shimchalari kiradi.

  • ko'rsatkich=ko'r+sat(shakl yas)+kich(so'z yas)

  • muzlatkich=muz(asos)+la(so'z yas)+t(shakl yas)+kich(so'z yas)

  • qaqshatqich=qaqsha(asos)+t(shakl yas)+qich(so'z yas)

  • o'chirg'ich=o'ch(asos)+ir(shakl yas)+g'ich(so'z yas)

  • tutatqi=tuta(asos)+t(shakl yas)+qi(so'z yas)

  • maqtanchoq=maqta(asos)+n(shakl yas)+choq(so'z yas)

  • chiqarg'ich=chiq(asos)+ar(shakl yas)+g'ich(so'z yas)

  • yoqilg'i=yoq(asos)+il(shakl yas)+g'i(so'z yas)

  • qazilma=qazimoq(asos)+l(shakl yas)+ma(so'z yas)

  • topilma=top(asos)+il(shakl yas)+ma(so'z yas)

  • isitma

  • ko'rsatma

  • qaynatma

  • oshirma

  • tushunarli (matn) =tushun(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • yetarli (ovqat) =yet(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • ishonarli (bahona) =ishon(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • yeyishli (ovqat) =yemoq(asos)+ish(shakl yas)+li(so'z yas) -- bu so'zda fonetik hodisa bor.

  • o'qishli (asar) =o'qi(asos)+ish(shakl yas)+li(so'z yas)

Yuqorida tahlili keltirilmagan "isitma, ko'rsatma, qaynatma, oshirma" kabi so'zlar tarkibidagi morfemalarning tartibi odatdagidek ekanligi, yoki odatdagidek emasligi MATNDA BILINADI , yoki qavs ichida turkumi keltirilsagina bilinadi. Agaryuqoridagi so'zlar turkum jihatidan FE'L bo'lsa, tarkibida ikkita lug'aviy shakl qo'shimcha bor deb qaraladi va ushbu so'zlar morfemalari ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHGAN so'zlar hisoblanadi. Yuqoridagi so'zlar fe'l turkumiga mansub bo'lmasa, tarkibidagi "-ma" qo'shimchasi lug'aviy emas, so'z yasovchi hisoblanadi, ya'ni ot yasovchi va sifat yasovchi bo'ladi va bunday holda dastlab lug'aviy, keyin so'z yasovchi qo'shimchalar kelgan deb qaraladi va so'z tarkibidagi morfemalar ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN deb qaraladi.
Nonushtadagi taomni isitma. (isi(asos)+t(lug'aviy)+ma(lug'aviy))
Ukamda isitma va tumov kuchli edi. (isi(asos)+t(lug'aviy)+ma(so'z yasovchi)) SO'Z YASALISHI
SAVOL: Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o'zgarishlar ro'y berdi. Yangiyangi tushunchalar paydo bo'ladi. Ushbu parchadagi yasama so'zlar haqidagi noto'g'ri hukmni aniqlang.
A) ikkita sodda gapning ham egasi va kesimi yasama so'z bilan ifodalangan.
B) yasama so'zlar tarkibida munosabat shakli bilan omonim bo'la oladigan so'z yasovchi qo'shimcha qatnashgan.
C) sifat asosli bitta yasama so'z qatnashgan.
D) besh o'rinda yasama so'z qatnashgan.
Javoblarni tezda lichkamga yuboring!
SAVOL: Qaysi gapda uchta yasama so'z qatnashgan?
A) Inshodagi xatoliklar nisbati o'zgarishi umumiy ko'rsatkichga ta'sir qilmaydi.
B) Bu muammoni boshqachasiga hal qilishni o'ylab ko'rish kerak.
C) Hoshimjon tashlandiq bir uydan sehrli qalpoqcha topib oldi.
D) Osmonning tiniq, zangori gumbazida to'lin oy o'z o'tovini tikkan.

Download 116.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling