Morfinning markaziy nerv tizimiga ta’siri?
Download 14.57 Kb.
|
Sobirov S farmakologiya 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Opiat retseptorlar antagonistlari-nalokson, naltrekson.
- Morfinning va uning preparati xisoblangan morfin gidroxloridning farmakologik tasiri ikki yo`nalishga qaratilgan. Birinchi asosiy tasiri markaziy nerv tizimiga va ikkinchisi silliq mushaklarga.
- Morfinning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi–tormozlovchi tasiri quyidagilardan iborat
- Morfinning markaziy nerv tizimiga qo`zg`atuvchi tasiri.
- Adashgan nerv markazining
Morfinning markaziy nerv tizimiga ta’siri? Morfin guruhi preparatlari-morfin, morfilong, omnopon, kodein, etilmorfin gidroxlorid, nalorfin, pentazotsin, nalbufin, buprenorfin, butorfanol. DNS-kontinus, 2. Fenilpiperidin va boshqa opioid sintetik analgetiklar-promedol, prosidol, fentanil, remifentanil, loperamid, piritramid, tramadol, tilidin, estotsin, B. Opiat retseptorlar antagonistlari-nalokson, naltrekson. Morfin - opiyning axamiyatga sazovor alkaloidi va analgetiklarning asosiysi bo`lgani uchun uning farmakodinamikasi to`g`risida aloxida to`xtalib o`tamiz. Ta'siri. Morfinning va uning preparati xisoblangan morfin gidroxloridning farmakologik ta'siri ikki yo`nalishga qaratilgan. Birinchi asosiy ta'siri markaziy nerv tizimiga va ikkinchisi silliq mushaklarga. Markaziy nerv tizimiga ta'siri asosiy xisoblanib, u turlicha namoyon bo`ladi. Uning ta'sirida bir qator bosh miya markazlari faoliyati susayadi, ayrimlari esa aksincha zo`rayadi Morfinning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi–tormozlovchi ta'siri quyidagilardan iborat: 1. Og`riqsizlantiruvchi ta'siri. Morfinning bu ta'siri asosiy farmakologik xossasi xisoblanib, tibbiyot amaliyotida aynan shu maqsadda qo`llanadi. Og`riqni qoldiruvchi ta'siri boshqa analgetiklarga nisbatan ancha kuchliroq namoyon bo`lib, surunkali va kuchli og`riqlarni yaxshigina bartaraf etadi. Bunday ta'sirning kelib chiqishi, sabablari-mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Chunki morfinning ta'sir mexanizmi ancha murakkab va turlichadir. Bu soxada rus olimlari-akad. V. V. Zakusov, akad. A. V. Valdman va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan izlanishlar axamiyatga sazovordir.Chunonchi, keng tarqalgan tushuncha bo`yicha morfinning og`riqsizlantirish xossasi uning afferent yo`lning markaziy qismida impulslarning neyronlararo o`tishini susaytirishiga hamda sub'ektiv emotsional og`riq va bunga javoban yuzaga keladigan reaktsiyani o`zgarishiga bog`liq deb qaraladi. Bunday ta'sir natijasida kuchli og`riq impulslarining bosh miya talamus qismidagi afferent yo`llaridan o`tishi kamayadi. Morfinning zikr etilgan ushbu effekti opiat retseptorlari orqali amalga oshiriladi. Ayrim olimlarning fikricha, morfinning orqa miya neyronlariga (spinal neyron) bevosita ta'siri ham axamiyatlidir. Morfin ta'sirida og`riq sezgisini pasayishi uning tinchlantiruvchi xususiyatiga bog`liq bo`lishi inkor etilmaydi. Boshqacha aytganda, morfin ta'sirida ruxiy xolatning o`zgarishi og`riq sezgisini ancha susaytirishi mumkin. 2. Tinchlantiruvchi ta'siri. Morfinning bunday samarasi odamning ruxiy va jismoniy jixatdan tinchlantirishi bilan namoyon bo`ladi. Alkaloidning ko`proq retikulyar formatsiyaga, shuning bilan birga gipotalamus va limbik tizimlarga ta'siridan kelib chiqsa kerak. Bunday ta'sir emotsional xolatni o`zgarishiga va uyquga olib keladi. 3. Eyforiya xolati. Morfinning ta'siri natijasida odamning kayfiyati ko`tariladi, ruxiy osoyishtalik seziladi, salbiy emotsional kechinmalar yo`qola boradi. Ko`ngli chog` bo`ladi, tetiklik va yoqimli xis-tuyg`ular xukmornlik qiladi. Atrof-muxitda yuz berayotgan turli xodisalarga ijobiiy baxo beriladi. Eyforiya (kayf) xolati morfinning takror qabul qilingach tez yuzaga chiqadi. Odamning morfinga qaram bo`lib qolishi-narkomaniya (bangilik, giyoxvandlik) xolati mana shu eyforiya bilan bog`liq. 4. Uxlatuvchi ta'siri. Morfin o`rtacha terapevtik dozada odamda mudroq xolatini keltirib chiqaradi, ayrim xollarda esa uxlatib ham qo`yadi. Uyqu juda engil va yuzaki bo`lib, aniq tushlar ko`rish bilan davom etadi. Uyqu tez-tez bo`linib turadi. Uyquning bunday o`ziga xos engil bo`lishi morfin ta'sirida markaziy nerv tizimining ayrim markazlarining qo`zg`aluvchanligini oshishi bilan tushuntiriladi. 5. Nafas markaziga ta'siri. Morfin o`rtacha terapevtik dozada qisman, kattaroq dozada esa kuchliroq ta'sir etib, nafas markazining qo`zg`aluvchanligini pasaytiradi. Natijada o`pka ventilyatsiyasi kamayadi, nafas olish susayadi, tanada kislorod etishmasligi bilan bog`liq o`zgarishlar namoyon bo`ladi. Bu ta'sir yosh bolalarda va qariyalarda ko`proq seziladi. 6. Yo`tal markaziga ta'siri. Morfinning susaytiruvchi ta'siri natijasida yo`tal reflekslari ancha kamayadi. Shuning uchun ham morfinning yo`talga qarshi ta'siri yaqqol ko`rinadi. 7. Qusish markaziga ta'siri. Ko`pchilik xollarda morfin qayt qilish markaziga susaytiruvchi ta'sir etadi. Lekin, ayrim odamlarda va ayniqsa itlarda bu markaz qo`zg`alib. qayt qilish kuzatiladi. Morfinning bu ta'siri bosh miyaning IV qorinchasi ostida joylashgan «Trigger zona»sidagi xemoretseptorlarni qo`zg`alishi bilan tushuntirish mumkin. Morfinning markaziy nerv tizimiga qo`zg`atuvchi ta'siri. Morfin yuqorida bayon etilganlardan tashqari, bosh miyaning ayrim markazlari faoliyatiga rag`batlantiruvchi ta'sir etadi. 1. Ko`z harakat nervi markazi qo`zg`alishi natijasida ko`z rangdor pardasidagi aylanma silliq mushaklarining qisqarishi xisobiga ko`z qorachig`i torayadi. Yorug`likka bo`lgan refleks saqlanadi. 2. Adashgan nerv markazining qo`zg`alishi natijasida yurak urishi sekinlashadi (bradikardiya), nafas yo`llari toraygani uchun nafas olish qiyinlashadi, so`lak oqishi oshadi, ayrim xollarda qayt qilish shu nerv faoliyatiga bog`liq bo`lishi mumkin. Download 14.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling