437 Buyruq istak maylidagi fe’l berilmagan qatorni belgilang
A) Podsho saltanat ishlarida har kishinig so’zini eshitsin .
B) Yaxshini yomon kunda sina
C) Chin do’st uldurki ,do’stdin hech qachon ranjimaydi , ranjisa ham ,uzrini qabul qiladi .
D) Chorasi bo’lmagan ishga kirishma ,chunki undan qutulib bo’lmaydi
438 Qaysi gap(lar)da buyruq maylidagi birdan ortiq fe’l qo’llangan?
1) Ikkalang ham og'zingni ochmay, jimo'tirgin.
2) Hayot saboqlarini o‘rgangin, chunki hayotni o'rganish zarur.
3) Ufqlarda sayr etgin mudom, Quyosh kelib suvga cho‘kkanda.
4) Qog‘ozlarga keraksiz narsalarni yozma, isrof qilsang, zor bo'lasan.
A) 1,2,4
B) 1,3,4
C) faqat 4
D) Bunday gap berilmagan.
439.Shart maylidagi fe’lga nisbat yoki bo’lishsizlik qo’shimchalari qay tarzda
qo’shiladi?
A) -sa qo’shimchasidan keyin
B) -sa qo’shimchasidan oldin
C) nisbat qo’shimchasi -sa qo’shimchasidan oldin, bo’lishsizlik qo’shimchasi -sa
qo’shimchasidan keyin
D) shart maylidagi fe’lga bo’lishsizlik qo’shimchasi -sa dan so’ng qo’shiladi, nisbat
qo’shimchasi umuman qo’shilmaydi.
440 Shart maylidagi fe’llarni toping
A) tozalaysan ,yig’ishtirasan ,tushuntirasan
B) ochilsa,ko’rsangiz ,sezmasak
C) unutma ,uyg’otma,shoshilmaylik
D) ketmoqdaman ,kuzatmoqdamiz,foydalanmoqdamiz
441 Shart maylidagi so‘z qaysi gapda ishtirok etgan?
A) Kelsang, aytaman.
B) Mening ham lotereyamga yutuq chiqsa edi.
C) Qani edi sen ham odamlarga o‘xshab yashasang, uylansang.
D) Barcha gaplarda shart maylidagi so‘zlar bor.
442 Qaysi gapda shart maylidagi fe’l mavjud?
A) Otasi Qo’qonning Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo’lib ishlagan .
B) Odam bo’laman desang, kamtarlikni odat qil .
C) Yomg’ir tezroq tinsa edi, suvoqni yakunlar edik .
D) B va C
Do'stlaringiz bilan baham: |