Morfologiya ravish


Download 33 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi33 Kb.
#163260
Bog'liq
ravish


MORFOLOGIYA_RAVISH

1. Quyidagi qaysi qatorda ravish qo`llangan? A) Har kim bilganicha nasihat qila boshladi B) Bu ham sening o`z ishingga zo`rligingni bildiradi. C) To`la xola sadaning po`stlog`ini behold barmoqlari bilan silab, yuziga surtdi. D) Normat behush xotinning yuziga suv sepdi


2. Men maktabda o`qib yurgan chog`larimda bot-bot kolxoz dalasiga chiqib, ota-onamga qarashar edim. Ushbu gapda ravishning qaysi ma`no turi qatnashgan? A) Holat B) maqsad-sabab C) Payt D) ravish qo`llanmagan
3. Quyidagi qaysi gapda ravish qo`llangan? A) Buncha gapni qayerdan topib yozdingiz? B) Buncha xotin, buncha bola-chaqa qayerga sig`adi? C) Oqqa buncha belanibdi ona sayyora? D) Ne uchun boshimga solding buncha g`am?
4. Quyidagi qaysi gapda otlashgan sifat bor? A) Johil ulfat-boshingga kulfat. B) Noinsofga erk bersang, elni talar. C) Sayoq yurgan tayoq yeydi. D) Yurgan daryo-o`tirgan bo`yra.
5. Sifatdan yasalgan ravish qatnashgan qatorni aniqlang? A) Ko`plab, yashinday B) Do`stona, barvaqt C) Telbalarcha, xomligicha D) Umuman, qat`iyan
6. Quyidagi qaysi qatorda miqdor-daraja ravishi qo`llangan? A) Xonaga birin-ketin qizlar kirib keldi B) Birmuncha yurishganidan so`ng kichik hovli ko`rindi hovli ko`rindi. C) Hamma o`ziga tegishlisini oladi, qolgani kimga kerak? D) Uning yuzida bolalarcha kulgu paydo bo`ldi
7. Ravish+fe`l shaklidagi sifatlar? A) O`zboshimcha, hozirjavob B) Cho`rtkesar, tezpishar C) Kechpishar, o`zbilarmon D) Tepakal, sofdil
8. Qaysi gapda 3 o`rinda ravish bor? A) Keyin hushimni yig`ib qarasam, oyoqlarim o`zidan-o`zi yurib ketyapti B) Uzoqdan, kun botish tomondan, g`ira-shira uchqun ko`zga tashlandi C) Bu voqea xuddi kechagina bo`lgandek, ammo darrov uch yil o`tibdi D) Ertaga o`rtoqlarimga toza maqtanadigan bo`ldimda
9. Qaysi gapda bir o`rinda ravish bor? A) Bular piyoda, asta-sekin O`rdaga bordilar B) Qarasa, bir ho`kiz uzoqdan uni to`xtovsiz chaqirib kelyapti C) Keyin hushimni yig`ib qarasam, oyoqlarim o`zidan-o`zi yurib ketyapti D) Ho`kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, unga bir bog` quruq poyani tashlab qo`yar ekan.
10. Qaysi gapda holat ravishi qatnashmagan? A) Qiz yer ostidan ohista kulib yigitga qaradi B) Yaxshilikcha quloq soling gapimga, yo`qsa tezda xabar qilaman. C) O`z fikringizni ochiqchasiga bayon etsangiz, tushunamiz D) Kelajakda yorqin hayotga erishish uchun, chin dildan harakat qilmoq lozim
11. Qaysi gapda payt ravishi qatnashgan? A) Shu vaqt nima uchundir hamma birdan sharaqlab kulib yubordi. B) Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda C) Men xuddi shu savolni kutib turgandek, darrov javob bera boshladim. D) Komandir boshliq jangchilar olg`a tashlanib, bostirib boraverdilar.
12. Qaysi gapda ravish bor? A) Nima qilsak, tinch va rohatda umr ko`rasiz. B) Zarari haqida o`ylagan inson hech qachon tavakkal qilmaydi C) Hech qayerda, hech kimga umuman gapirmang. D) Yomon so`z tinglovchining ko`nglini xira qiladi.
13. Qaysi gapda holat ravishi qatnashgan? A) Qimmatbaho buyumlardan xiyla olib keldi. B) U bu kitoblarni o`qib chiqdi C) To`lagan aka darhol uyga kirib chiqdi. D) Xadicha biroz o`ylanib turdi
14. Quyidagi qaysi gapda miqdor-daraja ravishi sodda emas? A) Tong yaqinlashib qolgach, bu yerdan tez ketishimiz kerak B) Xadicha xola xiyla o`ylanib turdi. C) To`lagan aka zo`rg`a kelgan ekan. D) U Diyorbekka, Ozodaga, Mehrinisoga ko`pdan ko`p salom aytdi.
15. Qaysi javobda payt ravishlari ko`rsatilgan? 1)bugungi 2)buguncha 3)hozirgi 4)hozirgacha 5)so`nggi 6)so`ngra

A) 1,2,4 B) 1,2,4,6 C) 2,4,6 D) 1,2,3,4,5,6



Never Give Up!!!
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling