Motivatsiya bu har bir sohada qo`llaniladigan eng katta bo`g`in desak to`g`ri bo`ladi
Download 17.19 Kb.
|
8 mavzu
8 mavzu Motivatsiya bu – har bir sohada qo`llaniladigan eng katta bo`g`in desak to`g`ri bo`ladi. Bunga misol qilib insonlarning oyoqlarini keltirsak bo`ladi, nimaga deganda Agarda insonlarning oyoqlani bo`lmaganida ularning harakat qilishlari anchgina qiliy, balki ilojsiz ham bo`lardi. Bunga korxona misolida ko`rsak, oddiy ishchi ish joyiga keladi va unga yuklatilgan ishni bajaradi. Bu oddiy ish tartibi edi. Agarda ishni bajarishda korxona direktori yoki xodimlar bilan ishlash bo`lim boshlig`i xodimlarni ishga yana chuqurroq kirishlari va yoqqan holda ish olib borishlari meimcha maqsadga muvofiq bo`lar edi. Vaqt o`tgani sayinlar insonlarning xatti harakatlari va o`z oldilariga qo`ygan maqsadlari ham o`zgarib boradi. O`z ishini sevgan xodimgina bir korxona unga qilinayotgan e`tibor orqaligina shu joyda ishlay oladi bunga faqatgina motivatsiya yordam beradi. O`zimdan kelib chiqqan ko`nikma va motivatsiya qanday qilib qo`llash kerak ekanligini aytib o`tmoqchiman. Eng avvalo korxona xodimlari o`rtasida ahillik bo`lishi kerak. Buni yaxshi tashkillashtirish uchun, bo`sh bo`lgan joyga rahbar yoki xodimlar bo`lim boshlig`I emas xodimlari o`zlari ko`rsatgan nomzodlardan tanlab olgan yaxshiroq menimcha, chunki ular tez til topishib ketishadi, oramizda har xil toifadagi insonlar mavjud kimdir tez suhbatlarga qo`shilib ketsa yana kimgadir bu holat anchagina kech sodir bo`ladi. Keyingi o`rinda xodimlarning ish haqi nazarda tutib o`taman. Ish haqi bilamizki ko`pgina hollarda uning ish stajiga qarab tayinlanadi, balkim ayrim hollarda to`g`rib bo`ladi. Lekin hozirgi yangilanish va zamonaviylashish davrida bu holat o`zini oqlamaydi. Hozirda yosh kadrlar dunyo bilimlarini olgan kadrlar ayrim hollarda orqada qolib va belgilangan ish haqi bilan chegaralanishyapti. Bu yoshlarga qancha katta eshikalrni ochib beraversak qancha motivatsiyalasak, bular shuncha o`zini yangi qirralarini ochib boraverdi. Ko`pincha guruh bo`lib ishlaydiganlarda 1ta yoki 2ta “xodim guruhni o`zi bajaradi, men ham shu guruh ichidaman qilmasam ham bo`laveradi “ degan fikr bo`ladi. Bu fikr barcha guruh a`zolariga ta`sir o`tkazadi. Buni oldinini olish uchun guruhda eng aktivlar va o`zlarni ko`rsatganlarni motivatsiyalash katta foyda beradi. Motivatsiyalashda yana bir omil bu mukofot va rag`batlantirish. Bilamizki ko`pgina hollarda xodimlar orasida ish hajmi oshib ketapti lekin ish haqi haligacha avvalgidek degan gaplar quloqga chalinadi, bu nimadan darak beradi, bu ishda motivatsiyani to`g`ri olib borilmayotganidan darak beradi albatta, bu to`g`rilashni aytmoqchiman bu albatta o`zimni fikrim, kelinki oddiy ishchi 3million ish haqi oladi deylik, rahbar unga bir oyda avvalgi oylarga nisbattan ko`proq va qiyinroq ishlarni qilganligi uchun kelinki 500ming mukofot puli berdi, endi bu ishchi kelasi oyda bundan ham ko`proq ish qilishga harakat qiladi, buni ko`rgan qolgan ishchilar ham shunga qarab harakatni boshlaydilar, o`z o`zidan ko`rinib turibdiki, korxona rahbari 500ming bilan avvalgi ishlarga qaraganda ancha foydasi ko`payadi. Download 17.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling