Motivatsiya xati
Download 13.99 Kb.
|
Motivatsiya xatiiiiiii
Motivatsiya xati “Najot Ta’limda” grant yutib olishim uchun motivatsion xatim.Hozirgi kunda universitetda grant asosida tahsil olib kelmoqdaman.Xarakterim juda murakkab insonman, chunki bir narsani o’zim uchun ma’qul deb bilsam o’sha narsaga yetmaguncha haraktdan to’xtamayman.O’zimga ishonchim juda katta, shu sababdan hozirgacha muvaffaqiyatlarga yetib kelmoqdaman va bundan keyin ham shunaqa bo’ladi. Mnemonika (miyyani rivojlantirish) bilan doimiy shug’ullanib kelaman.Ustozim Dovranbek Turdiev mnemonika bo’yicha Rossiya chempioni,rekordchisi va O’zbekiston mnemosport assotsatsiyasi prezidenti.Ularni darslarini muntazam ravishda kuzatib boraman va kurslarini sotib olaman.U insondan ko’p narsani o’rgandim va hayotimga tatbiq etdim.Mnemonika bilan shug’illanishimni sababi, inson tafakkur va miyyasini ishlatmas ekan avvalo o’z-o’zini tanishi qiyin bo’ladi.Dunyoni o’zgartirmoqchimisan avvalo o’zingni o’zgartir. Kelajakda rejalarim juda ko’p, hozirgi kunda cho’ntagimdan pul chiqmasaham men xursandman, chunki cho’ntagimda puldan ham muhim narsa maqsadlarim bor.Ular men uchun hayotim mazmuni, maqsadlarim bilan har kuni tirikman va harakatdaman.Kechki paytda maqsadlarim bilan tafakkur,ertalabdan maqsadlar uchun harakat.Eng zo’r dasturchi bo’lish, ingliz tilidan xalqaro sertifikat olish, xorijda o’qish uchun grant yutib olish, biznes boshlash va hokazo maqsadim bor.Hozir faqat o’qishim kerak,chunki ertangi hayotimni yaxshilanishi, eng zo’r dasturchilarni safidan joy olish uchun. Nimaga aynan men grantni birini yutishim kerak? Xato qilishdan qo’rqmayman,chunki boshlamaslikdan ko’ra xato qilib bo’lsaham boshlashni afzalroq deb bilaman.Shuning uchun “Najot Ta’lim” markazida “Dasturlash” sohasidan grant yutib olib dasturlash sohasini mukammal o’rganishim kerak.Bu yutadigan grantim maqsadlarim va men uchun ilk qadam vaholanki muhim qadam bo’lishiga ishonaman.Maqsadlarimga erishish uchun katta yordam beradi, ko’p ochilmagan qirralarimni ochishga sababchi bo’ladi.Hayotimdagi yetarli po’g’onalarga chiqishim uchun turtki bo’ladi.Grant uchun oldindan rahmat! Download 13.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling