Motivlar klassifikatsiyasi va tadqiqot metodlari


Download 69.43 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi69.43 Kb.
#1308653
1   2   3   4
Bog'liq
Motivlar klassifikatsiyasi

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‘quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‘aygan sari uning o‘quv faoliyati motivlari ham o‘zgarib boradi.

  • O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‘quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‘aygan sari uning o‘quv faoliyati motivlari ham o‘zgarib boradi.

Suhbat odatda o‘quv motivatsiyasini individual xususiyatlarini chuqur o‘rganishda qo‘llaniladi. Suhbat maxsus talablarga, qoidalarga rioya qilingan holdagina ko‘zlagan natijani beradi, xolos.

  • Suhbat odatda o‘quv motivatsiyasini individual xususiyatlarini chuqur o‘rganishda qo‘llaniladi. Suhbat maxsus talablarga, qoidalarga rioya qilingan holdagina ko‘zlagan natijani beradi, xolos.
  • O‘quv motivatsiyani aniqlashda ijodiy faoliyat natijasining tahlili metodi muhim ahamiyat kasb etadi, keng hamda ishonchli ma’lumotlar olishga muhim sharoit yaratadi. Harakatning ichki va tashqi motivlarining namoyon bo‘lishi yuzasidan axborot olish imkoniyatiga ega. Ammo uning ayrim kamchiligi mavjud va u aniqlangan motivlar klassifikatsiyasida, mazmuni bo‘yicha talqinning murakkabligida o‘z aksini topadi.

Anketaga chuqur o‘ylab kiritilgan savollar, ixcham yo‘riqnoma orqali motivatsiyani tavsiflovchi ma’lumotlar to‘plash mumkin. Buning uchun anketaning har uchala tipi qo‘llanilishi lozim: a) to‘g‘ridan to‘g‘ri savollardan tuzilgan va anglashilgan motivlarni aniqlovchi anketa tipi; b) selektiv tipdagi anketa (bir necha tayyor javoblardan faqat bittasi tanlanadi); v) shkalali anketa tipi (berilgan javobning har qaysisi ball bilan baholanadi).

  • Anketaga chuqur o‘ylab kiritilgan savollar, ixcham yo‘riqnoma orqali motivatsiyani tavsiflovchi ma’lumotlar to‘plash mumkin. Buning uchun anketaning har uchala tipi qo‘llanilishi lozim: a) to‘g‘ridan to‘g‘ri savollardan tuzilgan va anglashilgan motivlarni aniqlovchi anketa tipi; b) selektiv tipdagi anketa (bir necha tayyor javoblardan faqat bittasi tanlanadi); v) shkalali anketa tipi (berilgan javobning har qaysisi ball bilan baholanadi).

Download 69.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling