Motorning ishga tushirishdagi xususiyatlari, birinchi galda uning ishga tushirish toki qiymati hamda uning karraligi va ishga tushirish momenti qiymati hamda uning karraligi qiymatlari bilan belgilanadi


Download 307.84 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi307.84 Kb.
#1006856
1   2
Bog'liq
Asinxron motorni qushimcha qarshiliklar ulab (5)

M = f (s) tavsifiga ta’siri
Ifoda (7.10) dan ko‘rinadiki, motorning maksimal momenti rotorning aktiv qarshiligi ga bog‘liq emas ekan. Kritik sirpanish  esa, (7.9)ga ko‘ra qarshilk ga proporsional. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, asinxron motorning rotor aktiv qarshiligini asta-sekin oshirilsak, maksimal momentning qiymati o‘zgarishsiz qolar ekan, kritik sirpanish esa ortib borar ekan (9.2-rasm). Bunda ortishi bilan ishga tushirish momenti  ma’lum miqdorgacha ortib boradi. 9.2-rasmda bu holat  qarshilikka mos kelmoqda va ishga tushirish momenti maksimal momentga teng bo‘layapti. Qarshilik ning ortishi davom etaversa ishga tushirish momenti kamayadi.
9.2-rasmda keltirilgan  grafikning tahlili ko‘rsata­diki, qarshilikning o‘zgarishi bilan birga rotor aylanish chastotasi xam o‘zgaradi: o‘zgarmas yuklanish momenti bo‘lganda ( ) sirpanish ortadi, ya’ni rotor aylanish chastotasi kamayadi (1, 2, 3, va 4 nuqtalar).
Ishga tushirish reostatini rotor chulg‘amiga ulash sxemasi 9.3,a-rasmda keltirilgan. Dastlab motor 1-tavsif (9.3,b-rasm) bo‘yicha ishga tushiriladi. Bu holda ITRning qarshiligi Ri.t R1 R2  R3 bo‘lib, aylantiruvchi moment maksimal momentga teng bo‘ladi (MMmax).
Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari aylantiruvchi moment M ham kamaya boradi va Mi.t.min momentdan kichik (M< Mi.t.min) bo‘ladi.
MMi.t.min bo‘lganda ITRning bir qismi (R1) sxemadan chiqarila­di. Shu onda aylantiruvchi moment keskin Mi.t.maxqiymatgacha yana ortadi, so‘ngra aylanish chastotasining ortishi 2-tavsif (qalin chiziq) bo‘yicha o‘zgaradi. Bu holda ishga tushirish reostatining qarshiligi Ri.t.2  R2  R3 bo‘ladi.

9.3-rasm. faza rotorli asinxron motorini ishga tushirirsh sxemasi (a) va ishga tushirish momentining sirpanishiga bog‘liqlik grafigi (b)
Aylantiruvchi moment Mi.t.mingacha kamayib boradi, shu vaqtda Rqar-shilikni uzadilar, bunda motor 2-tavsif bo‘yicha ishlaydi. Bunda ishga tushirish reostatining qarshiligi Ri.t.1 R3bo‘ladi. Ishga tushirishning so‘ngida ishga tushirish reostati sxemadan butkul chiqariladi va rotor chulg‘amlari qisqa tutashadi. Bu holda motor tabiiy tavsif (4) bo‘yicha ishlaydi (9.3,b-rasm). Sirpanish  gacha kamayadi va N nuqtada muvozanat ( ) holatiga erishiladi.
Download 307.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling