Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati


Ijroiya tizimi vazirliklardan tashkil topgan. Ularning ayrimlari faqat dargohda turib faoliyat ko‘rsatgan. Quyidagi vazirliklar joriy etilgan


Download 37.66 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi37.66 Kb.
#1460254
1   2   3   4   5
Bog'liq
Duxturbaev Nursultan

Ijroiya tizimi vazirliklardan tashkil topgan. Ularning ayrimlari faqat dargohda turib faoliyat ko‘rsatgan. Quyidagi vazirliklar joriy etilgan:

  • mamlakat va raiyat vazirligi, unga Bosh vazir rahbarlik qilgan. Bu vazirlik mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalqning ahvoli, aholi farovonligi, dehqonchilik holatini yaxshilash, viloyatlardan olinadigan soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar va xazinaning ahvoli, obodonchilik ishlari va boshqa xo‘jalik ishlariga javobgar bo‘lgan;

  • sipohiylar ishi bo‘yicha vazirlik, unga harbiy vazir boshchilik qilgan. U harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun harbiylarga tuhfa qilingan yer-suvlar boshqaruvining nazorati va qayd etib borilishi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga chiqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan shug‘ullangan;

  • omonat ishlari bo‘yicha yoki mulkchilik va soliq ishlari vazirligi. U vafot etgan, halok bo‘lgan, yo‘qolganlar va davlatdan yashirinib yurganlarning mol-mulkini qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj olish, mamlakat chorvalari, yaylovlarni boshqarish hamda yer soliqlari, chorva mollaridan olinadigan soliq, zakot olish hamda ularning o‘z vaqtida xazinaga kelib tushishi ustidan nazorat olib borish bilan shug‘ullangan;

  • butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib boruvchi vazirlik, unga moliya vaziri boshchilik qilgan;

  • davlat korxonalari bo‘yicha vazirlik;

  • adliya vazirligi (devoni mazolim – doruladolat). Adliya vazirligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroviy yoki dunyoviy ishlar bilan shug‘ullangan. Ushbu devon bevosita A.T. nazorati va rahbarligi ostida bo‘lgan. U asosan davlat tuzumiga, boshqaruv tartibiga qarshi va mansabdorlik jinoyatlarini ko‘rgan. Muhokama o‘tkazib, jazo tayinlashi yoki avf etishi mumkin bo‘lgan. Masalan, qonun oldida javobgarlik barchaga barobarligi bois amir Temurning nabirasi Pir Muhammad ibn Umarshayx (1379– 1410) o‘z qilmishi uchun Devoni mazolimda qattiq so‘roq qilinib, aybi aniqlangach, shunga yarasha jazo berilgani va bu haqda shaxsan Amir Temurning o‘zi farmon bergani tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan.


  • Download 37.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling