Movrounnahrda shayboniylar sulolasining hukumronligining o’rnatilishi


Download 3.38 Mb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1788985
  1   2
Bog'liq
Movrounnahrda shayboniylar sulolasining hukumronligining o’rnatilishi

Movrounnahrda shayboniylar sulolasining hukumronligining o’rnatilishi

REJA:

  • REJA:
  • Dashti Kipchoqda o’zbeklar davlatining tashkil topishi.
  • SHayboniyxon tomonidan Movarounnahrning zabt etilishi.
  • SHayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda siyosiy hayot.
  • SHayboniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movorounnahrdagi siyosiy vaziyat. Temuriylar davlatining inqirozi. Dashti qipchoqda ko’chmanchi o’zbek urug’larining yagona siyosiy ittifoqqa birikuvi. Abulxayrxon boshchiligidagi o’zbeklar davlatining tashkil topishi. Shayboniyxon tomonidan Movorounnahrning zabt etilishi. Shayboniylar davlatining tashkil etilishi. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Shayboniyxon, Ko’chkunchixon, Abdullaxonlarning turli sohadagi islohotlari. Ubaydullaxon, Abdullaxonlarning mamlakatni birlashtirish uchun olib borgan siyosati.

XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movorounnahrdagi siyosiy vaziyat. Temuriylar davlatining inqirozi. Dashti qipchoqda ko’chmanchi o’zbek urug’larining yagona siyosiy ittifoqqa birikuvi. Abulxayrxon boshchiligidagi o’zbeklar davlatining tashkil topishi. Shayboniyxon tomonidan Movorounnahrning zabt etilishi. Shayboniylar davlatining tashkil etilishi. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Shayboniyxon, Ko’chkunchixon, Abdullaxonlarning turli sohadagi islohotlari. Ubaydullaxon, Abdullaxonlarning mamlakatni birlashtirish uchun olib borgan siyosati.

  • Balxash ko’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bo’lgan Jo’chi ulusi ikki mustaqil davlatga Ko’k O’rda va Oq O’rdaga bo’linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin O’rda taxti uchun Ichan, SHaybon va To’qay Temur avlodlari o’rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin O’rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.

1500 yilda Muhammad SHayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, to’rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning SHayboniyxonga qarshi qo’zg’oloni sabab bo’ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda-Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib ko’tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qo’lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og’ir ahvolda qolgan Bobur qo’shinlari Zarafshon bo’yida SHayboniyxondan mag’lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan so’ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bo’ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda o’z hukmronligini qo’lga kiritgach, SHayboniyxon Xuroson yurishiga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida SHayboniyxonga qarshi birlashgan bo’lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm SHayboniyxonga tobe bo’ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan SHayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bo’lgan yerlar Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon hukmronligi ostiga o’tdi. 
1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so’ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan SHayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg’onistonning markaziy hududlarigacha bo’lgan yerlar Muhammad SHohbaxt SHayboniyxon hukmronligi ostiga o’tdi. SHayboniyxon hukmronligi o’rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar o’rtasidagi o’zaro taxt talashishlarga chek qo’yildi va tinchlik o’rnatildi. SHayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan o’zining ilm-fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bo’ldi.
  • Maxmud Sultonning o’g’li Ubaydulla Sulton hukmronligi yillarida (1533-1539) hokimiyat ancha mustahkamlandi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko’chirildi. Ubaydullaxon davlatni mustahkamlash va eronliklarni mamlakat hududidan haydab chiqarishga katta e’tibor berdi. 1512 yil kuzida u najmi soniy ustidan g’alaba qozongach, katta o’ljaga ega bo’lgan edi va bu mablag’ni u Buxoro shayxulislomi Mir Arabga topshirdi va bu mablag’larga mashhur Mir Arab madrasasi qurildi. SHayboniylar orasida eng katta ta’sirga ega bo’lgan hukmdorlardan yana biri Abdullaxon II (1534-1598) edi. 1556 yil jo’ybor shayxlaridan Muhammad Islom yordamida taxtni egallagan Abdullaxon umrining oxirigacha davlat hududlarini kengaytirish va markaziy hokimiyatni kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni va davlatning harbiy qudratini yuksaltirish borasida harakat qildi. Abdullaxonning sa’y-harakatlari natijasida XVI asr oxirlarida Buxoro xonligi ulkan markazlashgan davlatga aylandi. Biroq, Abdullaxon vafotidan so’ng hukmronlik qilgan Abdulmo’min va Pirmuhammadxonlar (1599-1601) davlatni boshqara olmadilar va ularning o’limidan so’ng shayboniylar sulolasi barham topdi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling