Moylar va maxsus suyuqliklar
G i d r o t o z a l a sh
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1. G i d r o t o z a l a sh (yonilg’ilarni tozalashda). Bu usul yuqori harorat
va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod vositasida vodorod sulfid N 2 ga birikib, ulardan tozalanadi. Bu usulda asosan dizel yonilg’ilari tozalanadi. Masalan, tarkibida 1,0-1,3% oltingugurt bo’lgan dizel distillyatlari tozalangandan so’ng, tayyor maxsulotdagi oltingugurt miqdori 0,02-0,06% dan oshmaydi va 97-98% kimyoviy barqaror yonilg’i olinadi. Moyli distillyatlarni tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi. Uning 2 xil yo’nalishi mavjud: 1) moy tarkibida har xil kerakmas aralashmalar erituvchilar bilan reaktsiyaga kirishib tozalanadi; 2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi, uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Olingan qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda esa uglevodorod moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Qotish harorati past bo’lgan qishki sort motor moylarini olish uchun, maxsulot selektiv tozalangandan so’ng deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati- 20 0 S dan yuqori bo’lgan qattik parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo’lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa moyda haydaladi. Selektiv tozalashda olingan maxsulotlarning xossalari va miqdori ko’p jixatdan xom ashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga, hamda sarfiga, haroratga va ishlov berishning davom etish vaqtiga bog’liq. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling