Texnologik va pribor moylari
Pribor moylari turli xil pribor va jihozlarni moylash uchun mo’ljalangan. Ular
yuqori darajada tozalanganligi va yaxshi past haroratli xossalari bilan ajralib
turadi. Bu guruhdagi moylarning muhim spestifik ko’rsatgichlari quyidagilar:
oquvchanligi,
yupqa
qavatda
oksidlanganda
qovushqoqligini
ortishi,
bug’lanuvchanlig. Moylarni uzoq vaqt davomida (3-5 yil) almashtirmasdan
ishlatilganda barqarorligni oshirish uchun ularga oksidlanishga qarshi emirilishga
qarshi va boshqa prisadkalar qo’shiladi. MVP pribor moyi ko’p va kekng
qo’laniladigan moy hisoblanadi. Uning 10 turdagi soatlarda ishlatiluvchi moylari
ishlab chiqariladi.
Texnologik moylar turli xil material va mahsulotlar ishlab chiqarishda, texnologik
jarayonlarda xom – ashyo komponentlari va qo’shimchalar funkstiyalarini bajaradi.
Bu guruh moylariga absorbstion (yutuvchi), tekstil (ximiyaviy tola olishda),
plastifikatorlar, yumshatuvchi-to’ldiruvchi, issiqlik tashuvchi, moylash va
prisadkalar ishlab chiqaradigan moylar kiradi. Texnologik moylar kimyoviy
tartibiga ko’ra katta farq qiladilar. Ular kam va o’rta qovushqoqli distilyatlardan
tayyorlanadi. Ba’zida ularga prisadkalar qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |