Moylar va maxsus suyuqliklar
Jarayonni ko’rsatkichlari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2.1. Jarayonni ko’rsatkichlari
Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50-85 0 S oralig’ida yengil ajraladi. Haroratni yuqori darajasi propanni kritik harorati bilan (96,8 0 S) chegaralanadi. Propanni harorati kritik temeraturaga yaqinlashgani sari uni eritish qobiliyati pasayadi, moyni uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho’kib qoladi. Buning natijasida moyni chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bo’lib suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 40 0 S da smolalar propanda eriydi va moyni sifati pasayadi. Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kalonna tagidan beriladi, moylar esa tepa qismidan, kolonnani tepa qismida harorat 70-75 0 S va pastki qismida 50-60 0 S bo’ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har-xil ushlab turish natijasida moydan smola va asfaltenlarni to’liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash gradienti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni 4-4,5 Mpa da olib boriladi. Erituvchini va boshlang’ich mahsulotni nisbatini tajriba yo’li bilan topiladi va u xom-ashyodagi uglevodorodlar soniga bog’liq. Uglevodorodlar miqdori qancha ko’p bo’lsa propan bilan boshlang’ich mahsulot nisbati ham shuncha ko’p bo’ladi. Propan va boshlang’ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo’lgan nisbatda olinadi. Propanni miqdorini ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho’ktirish tezlashadi. Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin lekin olingan mahsulotni sifati ikki bosqichli jarayonda ko’ngildagidek bo’ladi. Birinchi bosqichda olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10% ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo’yicha katta farq qiladi. II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling