3.1. Kontakt usulida tozalash Kontakt tozalashda moylar maydalangan oqartiruvchi tuproq bilan
aralashtiriladi. Adsorbentni aktivligi uni maydalanganligi darajasiga bogliq
bo’lganligi uchun uni yaxshilab maydalanadi. Moyni yopishqoqligini kamaytirish
uchun, uni adsorbentni govaklariga so’rilishini yaxshilash uchun moyni
qizdiriladi.
Jarayonni harorati xom ashyoni sifatiga, adsorbentni tabiatiga (xossasiga),
talab qilingan tozalash darajasiga bogliq. Yengil distillyat moylari 80-120
o
S da
kontakt qilinadi, o’rta distillyat moylari 140-170
o
S da, ogir moylar 180-220
o
S.
Jarayonni effektivligi moyni tuproq bilan kontakt vaqtining o’lchamiga bogliq.
Kontakt vaqti 20-25 min. davom etadi.
Jarayonning afzalligi - tozalash darajasini boshqarish mumkinligi. Bu esa
tayyorlanayotgan moyni rangini o’zgarishi bilan aniqlanadi va jarayonni haroratini
va adsorbentni moyga nisbatan olingan nisbati bilan boshqariladi. Moy to’xtovsiz
tozalanadi.,
zararli
aralashmalar
birdaniga
ajratib
olinadi.
Jarayonni
32
kamchiliklariga: adsorbentni regenerastiya qilishni qiyinligi adsorbent bilan
birgalikda 35-40% moyni yo’qotilishi, moyni yuqori haroratda sintetik
alyumosilikatlar ta’sirida biroz krekingga uchrashi, adsorbentni qurilmada
regenerirlanmasligi.