Moylar va maxsus suyuqliklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151
Olish usuli. 
Xozirgi  kunda  sun’iy  moylarni  ishlab  chiqarishga  qiziqish  ortib  bormoqda. 
Sun’iy  moylarni  olishning  diefir  (mukammal  efirlarni  ikki  asosli  karbon  kislota), 
polialkenglikolli,  polisiloksenli,  ftoruglerodli  va  xlorftoruglerodli  usullari 
qo’llanilmoqda. 
Mukammal  efirlardan,  ikki  asosli  kislota  bilan  bir  atomli  spirtni,  bir  asosli 
kislotani  ko’p  atomli  spirtga  qo’shilishidan  moy  olish  keng  tarqalgan  bo’lib, 
diefirlar deyiladi. 
Har  xil  glikollar  va  boshqa  xildagi  spirtlar  etileni  oksidi  bo’yicha,  propilen 
oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi. 
Polialkenglikollar  o’zining  strukturasiga  asosan  uzun  zanjirli  oddiy 
poliefirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi 
bo’lishi  mumkin.  Ularni  alkilli  efir  guruxi  bilan  almashtirishdan  poliglikolli 
efirlarni  olish  mumkin.  Poliglikol  molekulasida  har  xil  radikallar  olinadigan 
maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Maxsus  yog’lash  moylari  va  suyuqliklari  sifatida  polimer  kremniyorganik 
birikmalari(polisilokan,  silikatlar)    keng  tarqalgan.  Ular  asosida  -  kremniy  va 
kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi. 
Kremniy  atomining  yon  tomonidagi  zanjirlar  uglevodorodli  va  boshqa 
organik radikallarni turli xilda biriktiradi. 
Amaliyotda  yog’lash  moylarini  metilli-radikalli  polimerlar  hosil  qiladi. 
Metilpolisiloksanlar va etilradikali etilpolisiloksanlar shular jumlasidandir. 


75 
 
Uglevodorodni  hamma  vodorodi  ftorli  atomlarga  almashtirish  yo’li  bilan 
ftoruglerodli  moylar,  vodorod  atomini  qisman  xlor  bilan,  qisman  esa  ftor  bilan 
almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi. 
Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi. 
Neftdan  olingan  moylarga  nisbatan  sun’iy  maxsulotlardan  olingan  motor 
moylari  yaxshi  xosslarga egadir. 5-jadvaldagi   ma’lumotlarda  ularning kamchiligi 
va afzalliklari ko’rsatilgan. 
Sun’iy moylarni asosiy afzalligi, ularning neftdan olingan  moylarning eng 
oliy sortlarga qaraganda qovushqoqligining yuqoriligidir. Ba’zi sun’iy moylarning 
eng  yaxshi  qovushqoqligi  harorat  ta’siri,  manfiy  harorat  zonasidadir  va  shuning 
uchun  past  haroratlarda  dvigatelni  o’t  oldirish  xususiyati  yaxshi.  Shimoliy 
xududlarda  sun’iy  moylarni  ekspluatauion  xususiyatlari  sovuqda  ham  neft 
moylariga  nisbatan  yaxshiroq  bo’lgani  uchun  keng  qo’llaniladi  va  shu  bilan 
birgalikda  ishni  haroratlarida  xam  neft  moylariga  nisbatan  qovushqoqlik 
ko’rsatgichi  3-5  marta  yuqoriroqdir.  (sun’iy  moylarni  250-300
0
C  dagi 
qovushqoqligiga  nisbatan  neft  moylarining  100
0
C  dagi  qovushqoqligi),  ya’ni 
yuqori 
haroratgacha 
gidrodinamik 
moylarni 
va 
termik 
turg’unlikni 
bog’lanuvchanligi    kamligi  katta  bo’lib,  siqish  darajasi  yuqori  bo’lgan,  yuqori 
issiqlikdagi  dvigatellarda  sun’iy  moylarni  ishchi  harorati  yuqori  bo’lgan 
avtomobillarda  ekspluatatsiya  qilish  neft  moylariga  nisbatan  ancha  yuqori  turadi. 
Neft moylariga nisbatan sun’iy moylarni xizmat davri bir necha marta ko’p bo’lib, 
dvigatelni holatini yaxshi saqlaydi. 
Sun’iy moylarni xizmat davri uzoq va kam quyilishidan moy xarajatlaridan 
3040%ga  kamaytiradi.  Dvigatel  ishlaganda  ishqalanishni  optimal  kamaytirish 
xisobiga yonilg’i sarfi ancha kamayadi (4-5%ga). 
Sun’iy  moylar  xususiyatini  kompozitsion  prisadkani  qo’shishi  bilan 
oshirish  mumkin.  Ularni  tabiiy  neft  moylari  bilan  ham  aralashtirish  mumkin 
(sun’iy moyga 30-40% neft moyini aralashtirish mumkin). Bu xolatda moy xossasi 
buzilmasdan balki uning sifati oshadi, lekin tan narxi bir oz oshadi. 
Diefir  asosida  olinadigan  moylar  yuqori  qovushqoqlik  indeksiga  va  past 
haroratda  qotish,  bug’lanish  kamligi  va  yong’in  xavfi  kamligi  bilan  neft 
moylaridan  farq  qiladi.  Diefir  moylari  rezina  prokladkalari,  shlang  va  boshqa 
buyumlarni yumshashiga va shishishiga olib keladi. 
Poliglikolli  moylar  neft  moylariga  qaraganda  eyilishga  qarshi  xossasi  va 
qovushqoqlik  harorat  tasiri  yaxshi,  yuqori  haroratda  (300
0
C)  xossasini 
yo’qotmaydi,  metallarni  korroziyalamaydi.  Poliglikolli  moylar  efir  moylariga 
nisbatan tabiiy va sun’iy rezinalarda kamroq  shish va yumshashni xosil qiladi. Bu 
moylarning tannarxi baland bo’lganligi sababli amalda kamroq qo’llaniladi. 
Polioksanlar  muzlash  xarorati  pastligi  bilan  ajralib  turadi,  qovushqolik 
xarorat  ta’sirida  egri  chiziqni  hosil  qiladi  va  issiqbardoshdir.  Shu  bilan  birgalikda 
kimyoviy barqarordir. Bu moylarda po’lat, cho’yan, mis, latun, bronza, qo’rg’oshin 
va  boshqa  metallar  150
0
Sda  ham  korroziyaga  uchramaydi.  Polisiloksan  va  ular 
asosidagi  moylarning  kamchiligini  emirilishga  qarshi  xususiyati  kamligidir. 
Prisadkalar  qo’shish  orqali  bu  kamchilikni  yanada  kamaytirish  mumkin.  Moylash 


76 
 
materiallari  orasida  polisiloksanlar  kelajagi  porlokdir.  Hozirgi  davrda  ular 
gidrotizmlarda,  gidroamortizatorlarda,  plastik  moylarda  va  o’lchash  uskunalarida 
keng qo’llanilmoqda. 
Ftoruglerodli moylar xossasi bo’yicha yaxshi xususiyatga ega: yuqori termik 
va  ishqorlarga  inertligi  va  minimal  korroziyaga  uchraydi.  Bu  xususiyatlari 
ftoruglerodli moylarni ishqalinish aktiv kimyoviy moddalarda atmosfera qatlamida 
yuqori  haroratda  ishlatish  mumkin.  Lekin  xlorftoruglerodli  moylar  yuqori 
haroratda qaynash bilan yaxshi taCHiflanadi. Bu moylarning qovushqoqlik-xarorat 
taCHifi va moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg’unligi yomonrokdir. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling