8-MAVZU. YURGAZIB YUBORISH SUYUQLIKLARI
Reja:
1. Yurgizib yuborish suyuqliklari va vazifasi va turlari
2. Sovitish suyuqliklari
3. Antfriz markalari. Antifriz afzallik va kamchiliklari
4. Tormoz va amartizator suyuqliklari
5. Yordamchi materiallar, yuvish vositalari
8.1. Yurgizib yuborish suyuqliklari
Atrof- harorati past bo’lganda yonuvchi aralashmaning sekin o’t olishi
sababli karbyuratorli dvigatellar va dizellarni yurgizib yuborish qiyinlashadi.
Sovuq dvigatelni yurgizib yuborishni osonlashtirish uchun yurgizib yuborish
suyuqliklaridan foydalaniladi. Bu suyuqliklarga muayyan ekspluatatsion talablar
qo’yiladi:
-ular past haroratda yaxshi bug’lanishi hamda uchkun ta’siridan tez o’t olishi
yoki siqish natijasida o’z-o’zidan alangalanishi lozim. Yurgizib yuborish suyuqligi
20 va 50 ml sig’imli alyuminiy ampulalarda bo’ladi. Suyuqliklar dvigatelga kiritish
uchun yurgizib yuborish moslamalari bo’lib, ular dvigatelga o’rnatiladi. Nasos
orqali havo bosimi ostida ampula teshiladi, havo bilan birgalikda to’zitilgan
suyuqlik jiklyorlariga beriladi. Dizelli dvigatellar uchun "Xolod D-40",
karbyuratorli dvigatellar uchun "Artika" suyuqligi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |