Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afzalliklar
Antifriz markalari:
A-40 och sariq rangda bo’lib, tarkibi: 53-55% etilenglikol, qolgan suv –35 0 C gacha bulgan haroratda ishlatiladi, muzlash harorati –40 0 C. Eritmadagi etilenglikolmiqdori, % Q ot is h xar or a ta , t, 0 C 103 A-65- to’q sariq rangda bo’lib, tarkibi: 66% etilenglikol, 33% suv. U sovuq shimoliy rayonlarda ishlatiladi. Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab chiqarilmoqda. M-molibdenli natriy qo’shilmalari qo’shilgan. Hozirgi vaqtda ishlatiladigan antifrizlar, «TOSOL» larga korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga qarshi dinatriy fosfat –2.5-3.5 g/l va dekstrin (kraxmal) 1g/l shuningdek, ko’piklanishga qarshi prisadkalar qo’shiladi. Dinatriyfosfat- cho’yan va po’latni, ba’zida misli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin-alyuminiy va misli detallarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin antifriz tarkibida to’liq erimaydi, shuning uchun ba’zida antifrizlar xira bo’ladi. Antifrizlar qimmat bo’lganligi uchun ularni tejab sarflanadi. Antifrizga neft maxsulotlari tushishi natijasida ko’piklanish hosil bo’ladi. Buning natijasida antifriz ko’piklari olib tashlansa, sarfi ko’payadi. Antifrizlar yuqori haroratda hajmi suvga nisbatan tez ortadi. Shuning uchun antifriz qo’shilayotganda, 6-8% kamroq qo’shish kerak. Shuningdek, TOSOL-40M antifrizlari ishlab chiqariladi. Bu erda «M» – Molibdenli natriy(8%) prisadkasi qo’shilganini bildiradi. TOSOL-60M – bu antifrizlar rux va xromli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi. TOSOL-A – antifriz tarkibida kontsentrlangan etilenglikol bo’lib, uni ishlatishdan oldin 1:1 nisbatda distrlanga suv aralashtirib, so’ngra ishlatiladi. Bu antifrizlar –35 0 S da muzlaydi. Antifrizlar zichligi: TOSOL-A -1.12 –1.14 g/sm 3 TOSOL-A-40 -1.075-1.085 g/sm 3 TOSOL-A-65 -1.085-1.095 g/sm 3 Afzalliklar: qotish harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushqoqligi yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig’imi va o’tkazuvchanligi yuqori, muzlaganda hajmi kattalashmaydi, shuning uchun sovitish sistemasini ishdan chiqarmaydi. Etilenglikol suvdagi eritmalari metallarni korroziyalamaydi. Buning oldini olish uchun antifrizlarga 0,4% maxsus prisadkalar qo’shiladi. Kamchiligi: zaxarli, metallarni korroziyalovchi xossaga ega, qalay va alyuminiyga nisbatan korroziyaga aktivdir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling