Dvigatellardagi yonilg‘i nasoslari. Dvigatelardagi yonilgi
nasoslari quyidagi xillarga boiinadi:
- diafragmali;
- shestemyali;
- porshenli;
- elektrlashtirilgan (parrakli) xillari.
Karbyuratorli dvigatellarda diafragma tipidagi, benzinga
ishlovchi injektorli dvigatellarda elektrlashtirilgan yonilgi nasoslari
ishlatiladi.
Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimida porshenli yonilgi
nasoslari ishlatiladi.
Diafragmali nasoslar. Dvigatellarda yonilg‘i (benzin) bakdan
karbyuratorga yetkazilishi kerak. Ular o‘z-o‘zidan oqib bormaydi.
Sababi ikkita: birinchidan, yonilg‘i baki karbyuratordan pastda joy
lashgan, ikkinchidan, yonilg‘i karbyuratorga dag‘al va mayin filtr-
lardan o‘tib borishi kerak. Bular qarshilik hisoblanadi. Buning
uchun yonilg‘iga m a’lum bosim berilmasa, o‘z-o‘zidan aytilgan qar-
shiliklami yengib o‘ta olmaydi. Shuning uchun karbyuratorli dviga
tellarda diafragma tipidagi yonilg‘i haydash nasosi qoilaniladi.
Uning vazifasi yonilgini bakdan karbyuratorga majburan yetkazib
238
berishdan iborat. Diafragmali yonilg‘i nasosi uch qismdan iborat,
7.5-rasm: qopqog‘i 3, kallagi 5 va asosi 7.
1 - tarelka; 2 , 8 - chiqaruvchi va kirgizuvchi klapanlar; 3 - qopqoq; 4 - setkali filtr;
Do'stlaringiz bilan baham: |