Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim –tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim tarbiya usullari va uslubi haqid fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Forobiy o’z ishlarida ta’lim tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo’lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o’z o’rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi
|
Abu Ali Ibn Sino "Bola xulqini mo''tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak, bunga bolani qattiq g'azablanish, qo'rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolaning xohlagan va foydali narsasini darhol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko 'zidan uzoqlashtirishga doim tayyor bo'lib turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor
|
Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytis bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. “Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi.
|