Aim.uz
MS Accessda jadvallarni o‘zaro bog‘lash, ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash
Ma’lumotlar omborlarini yaratishdan asosiy maqsad – jamlangan ma’lumotlar ichidan ma’lum bir shart (qoida, shablon, kriteriy) bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish. Masalan, biz 9-sinf o‘quvchilari to‘g‘risida ikki xil jadval tashkil etdik: Umumiy ma’lumotlar va fanlardan olgan Baholari. Endi bu ma’lumotlar ichidan turli kriteriylar bo‘yicha kerakli ma’lumotni topishimiz kerak.
Bunday kriteriylar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Algebra, Geometriya va Informatika fanlaridan «5» baho olgan o‘quvchilarni aniqlash;
Familiyasi «A» harfi bilan boshlanadigan o‘quvchilarni aniqlash;
O‘quvchilar ichida May oyida tug‘ilganlarini aniqlash va h.k.
Ma’lumki, yuqorida keltirilgan kriteriylarga javob beradigan ma’lumotlar ikkita jadvalda joylashgan. Ikkita turli jadvaldan ma’lum kriteriylar bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni topish uchun ularni o‘zaro bog‘lash zarur. O‘zaro bog‘liq jadvallar Relyatsion jadvallar deyiladi. Relyatsion jadvallardagi bog‘lanish jadvallardagi bir xil Kalit maydonlar orqali amalga oshiriladi.
Jadvallarni bog‘lash, ya’ni Relyatsion jadvallar hosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |