M/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 200 m uzunlikdagi poyezd uzunligi 300 m bo‘lgan tonnelga kira boshladi. U tonneldan necha sekunddan so‘ng butunlay chiqadi


Download 36.81 Kb.
Sana01.01.2023
Hajmi36.81 Kb.
#1074306

1. 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 200 m uzunlikdagi poyezd uzunligi 300 m bo‘lgan tonnelga kira boshladi. U tonneldan necha sekunddan so‘ng butunlay chiqadi?
A) 50 B) 30 C) 25 D) 20

2. 15 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 200 m uzunlikdagi tanker o‘sha yo‘nalishda 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanayotgan 150 m uzunlikdagi boshqa tanker yonidan suzib o‘tdi. Quvib o‘tish qancha vaqt (s) davom etgan?


A) 30 B) 50 C) 70 D) 90

3. Vertolyot aniq shimolga 144 km/h tezlik bilan uchmoqda, g‘arbdan sharqqa esa 10 m/s tezlik bilan shamol esmoqda. Vertolyot meridianga qanday burchak ostida uchmoqda?


A) arctg4 B) arctg(1/4) C) arcsin(1/4) D) arccos4

4. Moddiy nuqtaning tezligi qonun bo‘yicha o‘zgaradi. Nuqtaning s dan s gacha oraliqdagi o‘rtacha tezligini toping (m/s).


A) 12 B) 10 C) 6 D) 4

5. Yomg‘ir tomchilari 6 m/s tezlik bilan tik tushmoqda. Truba qiya o‘rnatilgan arava gorizontal sirt bo‘ylab chapga 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Tomchilar truba ichida uning o‘qiga parallel harakatlanishi uchun truba qaysi tarafga og‘gan bo‘lishi va vertikal bilan qanday burchak tashkil etishi kerak?


A) chapga, arctg(1/3) B) o‘ngga, arctg(1/3)
C) chapga, arctg3 D) o‘ngga, arctg3

6. Ikki jism bir-biriga nisbatan 60◦ burchak ostida 15 va 20 m/s tezliklar bilan harakatlanmoqda. 1-jismning 2-jismga nisbatan tezligi qanday (m/s)?


A) 15 B) 18 C) 20 D) 25

7. Jism tekis tezlanuvgan harakat boshlab, uchinchi sekundda 5 m yo‘l o‘tdi. U harakatining boshlang‘ich 3 sekundida qanday yo‘l o‘tgan (m)?


A) 7 B) 9 C) 11 D) 13

8. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshlab, 5 sekundda 25 m yo‘l o‘tdi. U harakat boshidan boshlab 100 m yo‘lni necha sekundda o‘tadi?


A) 25 B) 20 C) 15 D) 10

9. H balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatining oxirgi sekundida 3H/4 masofani o‘tdi. U qanday balandlikdan (m) tushgan?


A) 5 B) 10 C) 20 D) 40

10. Jism yerdan 35 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi. U yerga necha sekunddan so‘ng qaytib tushadi?


A) 3 B) 5 C) 7 D) 9

11. Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilan o‘tdi. Avtomobilning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s)?


A) 27 B) 25 C) 22 D) 24

12. Avtomobil yo‘lning birinchi yarmini 20 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini 30 m/s tezlik bilan o‘tdi. Avtomobilning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi qanday (m/s)?


A) 27 B) 25 C) 22 D) 24

13. Mototsiklchi boshlang‘ich 2 soatda 90 km yo‘l bosdi, keyingi 3 soatda 50 km/h tezlik bilan harakatlandi. Uning butun yo‘ldagi o‘rtacha tezligi qanday bo‘lgan (km/h)?


A) 47 B) 47,5 C) 48 D) 49

14. Agar avtomobilning tezligi 72 km/h bo‘lib, u 10 s da to‘xtagan bo‘lsa, tekis sekinlashib to‘xtash jarayonida tezlikning vaqtga bog‘lanish tenglamasi qanday bo‘lgan ([x]=m, [t]=s, [υ]=m/s)?


A) υ = 72 - 36t B) υ = 20 - 10t
C) υ = 72 - 7,2t D) υ = 20 – 10t

15. Mototsiklchi doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab 2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi va 100 m yo‘l o‘tib tezligini 25 m/s ga yetkazdi. ni aniqlang (m/s).


A) 5 B) 10 C) 15 D) 20

16. Jism tinchlik holatidan tekis tezlanuvchan harakatlanib, uchinchi sekundda 15 m yo‘l o‘tdi.


U to‘rtinchi sekundda qanday yo‘l (m) o‘tadi?

  1. 18 B) 21 C) 24 D) 30

17. Moddiy nuqta BXSda yozilgan tezlik tenglamasiga muvofiq harakatlanmoqda. U qaysi paytda (s) to‘xtaydi?
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8

18. P va Q qishloqlar to‘g‘ri yo‘l yoqasida bir-biridan s=4000 m masofada joylashgan. P qishloqdan Q tomon doimiy =8 m/s tezlik bilan avtomobil jo‘nadi. Shundan t=25 s o‘tgach Q dan P tomon doimiy =12 m/s tezlik bilan boshqa avtomobil yo‘lga chiqdi. Ular P qishloqdan qanday (m) masofada uchrashadilar?


A) 1720 B) 1920 C) 2080 D) 2280

19, Piyodaning tezligi =5 km/h. Undan T=35 minut keyin yo‘lga chiqqan velosipedchi piyodani t=7 minutda quvib yetishi uchun qanday (km/h) tezlik bilan harakatlanishi kerak?


A) 10 B) 15 C) 20 D) 30

20. Jism 45 m balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz erkin tushmoqda. Tushishining oxirgi sekundida u qanday masofa (m) o‘tadi? g=10 m/s2.


A) 5 B) 10 C) 20 D) 25



Download 36.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling