M/s tezlik bilan to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Jentra avtomobili 15 min da qancha masofani bosib o’tadi(km)?
Download 32.9 Kb.
|
3-variant LTM1-1-kurs
1-VARIANT 1. 10 m/s tezlik bilan to’g’ri chiziqli tekis harakatlanayotgan Jentra avtomobili 15 min da qancha masofani bosib o’tadi(km)? A) 6 B) 150 C) 15 D) 9 2. Avtobus dastlabki 10 km ni 5 daqiqada, keyingi 16 km ni 0,2 soatda va oxirgi 30 km ni 0,3 soatda bosib o’tdi. Avtobusning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping(km/soat). A) 96,6 B) 37,4 C) 23,7 D) 102,6 3. Avtomobil tekis sekinlanuvchan harakatlanib, t=4 s da tezligini v0=22 m/s dan v=18 m/s gacha kamaytirdi. Uning tezlanishini toping(m/s2). A) 4 B) 1,4 C) 2 D) 1 4. Erkin tushayotgan jism 10 s da 550 m masofani bosib o’tdi. Jismning boshlang’ich tezligini toping(m/s). A) 4 B) 5 C) 12 D) 6 5. G’ildirak radiusi 20 sm va aylanish chastotasi 2 s-1 ga teng. G’ildirak chekka nuqtalarining chiziqli tezligini toping. A) B) 0,8 C) 0,3 D) 1,8 6. Ma’lum balandlikdan gorizontal yo’nalishda 6 m/s tezlik bilan otilgan jismning uchish vaqti 6 s ga teng. Otilish balandligini toping(m). A) 216 B) 360 C) 180 D) 86 7. Zichligi 19,3 g/sm3 bo’lgan oltinning hajmi 40 sm3 ga teng. Uning massasini toping(g). A) 772 B) 19,3 C) 843 D) 135 8. Jismga ta’sir etuvchi kuchni 3 marta orttirsak, shu kuch ta’sirida oladigan tezlanishi necha marta ortadi? A) 3 B) 9 C) 6 D) o’zgarmaydi 9. Malibu avtomobilini yer 15 kN kuch bilan tortadi. Yerni malibu qancha kuch (kN) bilan tortadi? A) 0 B) 12 C) 15 D) 30 10. Lift pastga 2 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Undagi 200 kg massali ayiqning og’irligini toping(kN). A) 8 B) 2 C) 24 D) 4 11. Bikrligi 2 kN/sm bo’lgan prujinani 200 N kuch bilan tortsak, unda vujudga keladigan elestiklik kuchi qanchaga teng bo’ladi(N)? A) 0,1 B) 20 C) 100 D) 200 12. Og’irligi 400 N bo’lgan rezina gorizontal tekislikda yotibdi. Sirt va rezinaning bir-biriga tegib turgan qismlari orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,3 ga teng. Rezinani gorizontal yo’nalishda 40 N kuch bilan tortsak, rezina va sirt orasida qanday ishqalanish kuchi vujudga keladi(N)? A) 120 B) 40 C) 160 D) 80 13. Massasi 60 kg bo’lgan yo’lbarsning yugurish natijasida tezligi 1 m/s dan 15 m/s ga yetdi. Yo’lbarsning kuch impulsini toping(Ns). A) 420 B) 300 C) 900 D) 840 14. Jismga 350 N kuch ta’sir etib, uni kuch yo’nalishida 20 m masofaga ko’chirdi. Kuchning bajargan ishini toping(kJ). A) 7 B) 3,5 C) 70 D) 43 15. Massasi 3 kg bo’lgan quyon yugurmoqda. Bunda quyonning kinetik energiyasi 37,5 J bo’lsa, uning tezligini toping(m/s). A) 10 B) 16 C) 5 D) 15 16. Yuqoriga tik otilgan jismning biror vaqt o’tgandan keyingi kinetik energiyasi 200 J potensial energiyasi esa 400 J ga teng. Uning to’liq mexanik energiyasini toping(J). A) 800 B) 460 C) 600 D) 200 17. Jism koordinatalari (8;8) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (2;-4) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish modulini toping. A) 6 B) 4 C) 4 D) 7 18. Uzunligi 100 m va tezligi 18 km/soat bo’lgan poyezd 500 m uzunlikdagi tuneldan necha sekundda o’tadi? A) 20 B) 120 C) 100 D) 80 19. x1=0,6+4t va x2=0,5+1,6t qonuniyat bilan harakat qilayotgan moddiy nuqtalar necha sekunddan so’ng uchrashadi? A) 2 B) 4 C) 5 D) ular uchrashmaydi 20. Har birining uzunligi 400 m bo’lgan ikki poyezd bir-biriga tomon bir xil 72 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Poyezdlar bir-birining yonidan qancha vaqtda o’tadi(s)? A) 20 B) 40 C) 60 D) 80 21. To’g’ri chiziqli harakat qilayotgan jism yo’lning birinchi yarmini 20 m/s va ikkinchi yarmini 10 m/s tezlik bilan o’tdi. Jismning harakati davomidagi o’rtacha tezligini toping(m/s). A) 13,3 B) 34,5 C) 12,6 D) 15,3 22. Boshlang’ich tezligi v0=15 m/s bo’lgan jism 4 m/s2 tezlanish bilan harakat boshladi. U harakatining 3-sekundida necha metr yo’l bosadi. A) 10 B) 15 C) 20 D) 25 23. Harakat tenglamasi x=-20+5t+0,4t2 ko’rinishga ega. Harakatni tavsiflovchi kattaliklar: boshlang’ich koordinata x0, boshlang’ich tezlik v0, tezlanish a aniqlansin. A) -20; 10; 0,4 B) -20; 5; 0,8 C) 20; 5; 0,8 D) -20; 5; 0,4 24. 50 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan jism 4 s uchgach, qanday tezlikka ega bo’ladi(m/s)? A) 10 B) 90 C) -10 D) 15 25. Poyezd tezligi 108 km/soat bo’lsa, diametri 0,6 m bo’lgan lokomativ g’ildiragi bir minutda necha marta aylanadi? A) 235 B) 346 C) 796 D) 714 26. Harakat birinchi g’ildirakdan ikkinchi g’ildirakka tasmali uzatma yordamida uzatiladi. Agar birinchi g’ildirak 2 minutda 2400 marta aylansa, g’ildiraklarning radiuslari esa mos ravisgda 4 sm va 6 sm bo’lsa, ikkinchi g’ildirakning burchak tezligi necha rad/s ga teng? A) 83,7 B) 92,6 C) 43,3 D) 12,8 27. 2 s ichida jismning burchak tezligi 18 rad/s dan 24 rad/s gacha ortdi. Jismning burchak tezlanishini toping(rad/s2). A) 13 B) 21 C) 6 D) 3 28. 45 m balandlikdan gorizontal yo’nalishda 5 m/s tezlik bilan otilgan jism necha sekunddan so’ng yerga tushadi? A) 5 B) 9 C) 3 D) 6 29. Zambarakdan gorizontga burchak ostida uchib chiqqan snaryad 10 s uchgan. Snaryad ko’tarilgan eng yuqori balandlik necha metrga teng? A) 245 B) 125 C) 500 D) 421 30. 8 N kuch ta’sir etayotgan jismning harakat tenglamasi x=5+2t2 [m] ko’rinishda bo’lsa, jismning massasi qanday(kg)? A) 4 B) 8 C) 2 D)16 Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling