Mtm hududi, binolari va inshootlariga bo’lgan gigiyenik talablar. Reja
Download 17.82 Kb.
|
MTM HUDUDI, BINOLARI VA INSHOOTLARIGA BO’LGAN GIGIYENIK TALABLAR.
MTM HUDUDI, BINOLARI VA INSHOOTLARIGA BO’LGAN GIGIYENIK TALABLAR. Reja: 1.Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish 2.Binolar maktabgacha ta’lim muassasalarining qavatlar rejasini ko’rib chiqish. 3.Binolarda isitish moslamasini o’rnatish va vintilyatsiya qilish. 4.Maktabgacha ta’lim muassasalarining yer maydoni va binosiga bo’lgan gigiyenik.talablar. Boshqa omillar qatorida atrof-muhitning yrtarli darajada gigiyenik talablarga mos kelishi bolalar va o’smirlar kontingentining salomatlik holati va jismoniy rivojlanishini mustahkamlash va himoyalashga qaratilgan asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi.u asosan bolalar va o’smirlar muassasalarining qulay holati va sanitar-gigiyenik talablariga mos kelishi bilan baholanib, bu yerda kun tartibining eng ko’p qismini shu yerda o’tkazadigan tashkillashtirilgan bolalar va o’smirlar jamoasi bilan baholanadi. O’zbekiston respublikasida bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurish harakatidagi qonuniy hujjatlar asosida olib boriladi. Qurilish mayor va qoidalari, sanitariya mayor va qoidalari bolalar va o’smirlar muassasalarini o’rinlar sonini meyorlashtirish, yer maydoniga bo’lgan gigiyenik talablarni aniqlashda, binoning hajmiy-rejalashtirish masalalari va bezatilishi, sanitar texnik qurilmalar va inshootlar (suv bilan taminlanishi, kanalizatsiya, isitish moslamalar va vintilatsiya, yoritilish)ga bo’lgan gigiyenik talablarni aniqlashga yordam beradi. Bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish, qurish va qayta tamirlash gigiyenist shifokor ish bo’limining asosiy qismi bo’lib hisonlanadi. Bolalar va o’smirlar muassasalarining loyihasi yer maydonining rejasidan tuzilgan, (bosh reja) binoning qavatlar rejasi, binoning tashqi ko’rinishi va kesmalar rejasi, sanitar-texnik qirilmalar rejasi (suv bilan taminlash, kanalizatsiya, isitilish, elektr bilan taminlash va yoritilish). Loyihaning tushuntirish xatida ko’rsatilishi lozim. Loyihani ko’rib chiqish – tushuntirish xatini o’rganib chiqishdan boshlanadi va unda bolalar va o’smirlar muassasalarining turi tushuntiriladi uning quvvati, o’rinlar soni, yer maydoni va bino, qurilish materiallari va sanitar-texnik qurilmalar, boshqa ishlatiladigan jihozlarga umumiy tavsif beriladi. Undan keyin setuatsion rejaga baho beriladi (ushbu yashash joyining loyihasidan olingan ko’chirmaga), bo’lajak bolalar va o’smirlar muassasalarining atrof muhitiga gigiyenik baho beriladi: yon turgan binochaga, sanoat korxonalari, temir va avtomobil yo’llarigacha bo’lgan masofaga ham baho beriladi. Bosh reja yer maydonining loyihalashtirilishi va o’lchami uning barcha asosiy komponentlari, yetarli darajaga ko’kalamzorlashtirilganligi quyosh nuriga nisbatan joylashtirilishini tahlil qilishga yordam beradi. Baholashning oxirida binoning turli xonalarining tabiiy quyosh nuri tushishi tomonga qaratilib joylashtirilishi – orentatsiyasiga boho berishda foydalaniladi. Loyihani ekspertiza qilishning keyingi bosqichi – binoning qavatlar rejasini ko’rib chiqish hisoblanadi. Qavatlar rejasida xonalar jamlamasi, ularning joylashtirilishi va bir-biriga nisbatan o’zaro joylashtirilishi, zinapoyalarning soniga etibor berishga sharoit yaratiladi. Birinchi qavatning rejasida binoga kirish va chiqish eshiklarini soni va ularning qaysi xonalarga olib borilishiga baho beriladi. Shuningdek yer to’laning rejasiga ham baho berish kerak bo’ladi. Chunki ayrim xonalar shu yerda joylashtiriladi (bularga garderob, cho’milish xonalari, kir yuvish xonalari kiradi). Qavatlar rejasini ko’rib chiqishda alohida xona;larning kengligi va balandligini, yorug’lik tushishi burchaklari va ularning kengligini, oynalar orasidagi masofalarni kengligi, zinapoyalardagi yurish yo’llarini kengligini o’lchash va aniqlash kerak bo’ladi. Ushbu rejaning o’zida suv qurilmalari (ularga suv ichish fantanlari, qo’l yuvish kranlari, cho’milish – dush va yuvinish o’rinlari), shuningdek, kanalizatsiya qurilmalari (unitazlar va hojat moslamalari) ko’rsatilgan bo’ladi. Ushbu materiallar sanitar-texnik qurilmalarni son jihatdan yetarli ekanligini baholashga yordam beradi. Binoni kesmallar rejasini ko’rib chiqish uning balandligini eshiklar, derazalar, tokchalar va zinapoyalar balandligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu malumotlar xonaning kubaturasini, yurug’lik va chuqurlik kayfisentini aniqlashga muhim ahamiyatga ega. Tashqi ko’rinish chizmasi bo’yicha eshiklar va derazalarning o’lchami, joy;lashtirilishi va binoning balandligi tahlil qilinadi. Sanitary-texnik qurilmalr va moslamalar chizmasi oxirida ko’rib chiqiladi. Isitish va isitish moslamalari to’;g’risida ko’rsatilgan tushuntirish xatida - isitish moslamalarining turi, issiqlik tashuvchi, isitish moslamalarining joylashtirilishi va ularning himoyalash vositalarini aniqlashga yordam beradi. Ventilyatsiya va ventilyatsiya to’g’risida ko’rsatilgan tushuntirish xati orqali ventilyatsiya sistemasini maxsus (sinf xonalari, ovqatlanish bloki, kimyo xonasi, hojatxonada) o’rnatishga sharoit yaratadi. Suv bilan taminlanish rejasida laboratoriyalar, o’quv kabinetlari, ustaxonalar, ovqatlanish bloki, shifokor xonasi, xojatxona va cho’milish o’rinlariga suv berish quvvati va o’rinlari aniqlanadi. Ushbu chizma orqali bir necha xonalarga issiq suv uzatilishi ko’rsatiladi. Elektr jihozlari orqali xonalardagi yorug’lik nuqtalarining soni, chiroqlarning turi, osish balandligi, chiroqlarning umumiy va solishtirma quvvati va ularning xonalarga hisoblangandagi ko’rsatkichlari belgilangan qonuniy hujjatlarning talablariga mos kelishi bilan aniqlanadi Yer maydoning rejasi, binoning kesmalar va umumiy rejalarida talabdagi singari bir chiziqli (to’g’ridan – to’g’ri) o’lchamlari orqali mos keladigan maydon va hajmioni aniqlash mumkin. Bundan tashqari chizma bajarilgan masshtab ko’rsatilgan. Yer maydonning rejasida asosan quyidagi masshtablar ko’rsatiladi: 1:500 yoki 1:1000 binoning qavatlar va kasmalar rejasida – 1:100 va 1:200 masshtablar beriladi. Rejada xonaning uzunligi va kengligining gorizontal o’lchamlarini, eshiklar va derazalarning kengligini aniqlash mumkin. Balandlik kesmalar rejasi orqali aniqlanadi. Vertical kengliklarning joylashtirilishi kesmalar rejasida ko’rsatilib, rejaning oxirida ko’rsatiladi va yo’naltirilgan belgilar harflar bilan belgilanadi (A-A1, B-B1 ) yoki raqamlar orqali.kesmalr yuqorida ko’rsatilgan harflar va raqamlar singari belgilanadi. Loyiha dasturga mos ravishda alohida ketma-ketlik asosida ko’rib chiqiladi. Ko’rib chiqish oxirida xulosa yozma ravishda to’ldiriladi. Loyiha uchun berilishi lozim bo’lgan yozma ravishdagi xolosa ikki qismdan iborat bo’lishi kerak: birinchi qismda ketma-ket ravishda dasturga asosan loyihaning barcha belgilari ko’rib chiqiladi va baholanadi, ikkinchi qismda olingan natijalar tahlil qilinadi, sanitary-gigiyenik jihatdan qilingan buzulishlar darajasi aniqlanadi va loyihani qurilishga qabul qilish masalasi hal qilinadi. Quriladigan ko’pgina bolalar va o’smirlar muassasalari shahar, tuman, tuman markazlari, qishloqlarning aholi zich qismlari yoki aholi yashash joyining qoq markazida, ayrim qismlari ulardan tashqarida joylashtiriladi. Bolalar va o’smirlar muassasalarini qurish uchun yer maydonini tanlashda va uni qaurishda aholi punktida o’ziga xos bo’lgan talablarga mos kelgan ravishda joylashtirilishi kerak. Bolalar va o’smirlar muassasalari ishlab chiqarish korxonalaridan uzoqda, shuningdek shovqin chiqaruvchi, atrof-muhih havosini zaharli gazlar va toksik changlar bilan ifloslantiruvchi sanoat korxonalaridan uzoqda; zich transport vositalariga mo’jallangan yo’l va temir yo’llardan uzoqda; bozorlar va bir qator kammunal xo’jalik inshootlari (korxonalar va yong’inni oldini olish bo’linmalari va garajlardan) uzoqda joylashtirilishi lozim. Sanoat korxonalarining belgilangan sinflariga binoan bolalar va o’smirlar muassasalari uchun sanitariya himoya mintaqalari kengkligi keltiriladi. Ushbu talablarga asosan bolalar va o’smirlar muassasalari quyidagi o’lcham;larda joylashtiriladi: birinchi sinfga kiruvchi sanoat korxonalariga nisbatan 1000m dan kam bo’lmagan masofada; ikkinchi sinfga sanoat korxonalaridan 500m dan kam bo’lmagan masofada; uchinchi sinfga sanoat korxonalaridan 300m dan kam bo’lmagan masofada; to’rtinchi sinfga sanoat korxonalaridan 100m dan kam bo’lmagan masofada; beshinchi sinfga sanoat korxonalaridan 50m dan kam bo’lmagan masofada joylashtirilishi lozim. Maktabgacha tarbiya muassasalarining loyihasini sanitary-gigiyenik ekspertiza qilishda respublikamizda ishlab chiqarilgan sanitariya mayor va qoidalardan foydalaniladi. Ushbu sanitariya mayor va qoidalarining talablariga binoan maktabgacha bolalar muassasalarida bolalarning yosh guruhlari va soni quyidagi keltirilgan tartib asosida jamlashtirilishi kerak. Download 17.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling