Mtt da navbatchilik. Maktabgacha yoshdagi bolalatga uydagi mexnatni o'rgatish. Bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar


Download 30.99 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi30.99 Kb.
#1192178
  1   2   3
Bog'liq
8-Mavzu


Mavzu: Turli yosh guruhlarda bolalar mexnatini tashkil qilishni o'rganish.
Reja 1 Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga mexnat tarbiyasini o'rgatish.
2 MTT da navbatchilik.
3 Maktabgacha yoshdagi bolalatga uydagi mexnatni o'rgatish.
Bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar
«Jamoa» so‘zi lotincha «collectivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, omma, birlashma, yig‘ilma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan boisa, jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi ahamiyati to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq bildirilgan. Kishilaming jamiyatda birga yashashi, o‘zaro bir-birini qo‘llab- quwatlashi, ozchilikdan ko‘pchilikning afzalligi haqida pay- g‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida: «Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. Tangri um- matlarini faqat to‘g‘ri yo‘lda borishlikka birlashtiradi», deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon kun ham tush- ganda, albatta, xalq, qarindosh-urug‘ madadkor boiadi. Buni biz urf-odatlarimizda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, hasharlar, to‘yga to‘yona bilan kelish va h.k. Shaxsni shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan jamoa to‘g‘risidagi ta’limot axloq tarbiyasida muhim o‘rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni asta-sekin, awal bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so‘ng birgalikda biron ishni bajafishga tortish kerak. Bunda qo‘yilgan maqsad bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak. Umumiy ish har bir bola ozgina bo‘lsa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday xususiyatlarni tarbiyalashda bolalar bayramlari, birgalikdagi mehnat faoliyatlarining o£rni beqiyosdir. Bolalar o‘yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bular bolalarni birga harakat qilishga, o‘z inti- lishlarini umumiy maqsadga yo‘naltirishga, o‘z ishini va maqsa- dini boshqarishga o‘rgatadi. Bola yoshligidan boshlab o'zida boshqalar bilan, bolalar ja- moasi bilan muloqotda, birgalikda bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Yashab turgan joyidagi yoki ota-onasining ish joyidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga , qatnay boshlaydi. Bu muassasalarga bola o‘z xohishi bilan bor- maydi. Shunga qaramay bola bu jamoaning qonun-qoidalariga bo‘ysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks holda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o‘zi yashayotgan muhitning axloq, odob tajribalarini egallashga majbur bo‘ladi. Shuning uchun
buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lishini tavsiya etadi. Bolalar o'zaro yashayotgan jamoaga bo'lgan munosabatiga qarab, bir necha guruhga bo'linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ularni jamoa a’zolari hurmat qiladilar. Bu toifa- dagi bolalar jamoasining faollari bo‘lib, tarbiyachi jamoa munosa- batlarini o'rnatishda ularga suyanadi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo‘shiladi va barqaror bo‘lishadi. Uchinchi ' guruhdagilar tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydi, mashg‘u- lotlarda ham sust bo'lishadi, bunday bolalarga alohida e’tibor va yordam berish zarur. Tarbiyachining har bir bolaga nisbatan diqqat-e’tiborli boMishi va pedagogik mahorat bilan yondashishi talab etiladi. Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart-sharoitlar zarur. Bular quyidagilar: • bog‘cha xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo'lishi; • bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish; • o‘ymchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi va miqdor jihatdan bolalar soniga yetarli bo'lishi; • bolalarda o‘zaro ahillik, g‘amxo‘rlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg'ulotlar; • har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib berish; • oila bilan mustahkam aloqa o‘rnatish; • bolalarni axloq normalari va qoidalariga o‘rgatib borish; • bolalar muassasalarida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish. Har bir yosh guruhi bolalarining jamoachilik munosabatlariga rahbarlik qilish «Bolalar bog'chasida ta’lim-tarbiya dasturi»da belgilab berilgan. Dasturda har bir yosh guruhi uchun jamoadagi axloq normalari va qoidalari belgilangan.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling