Muallif: Meri Joslin Rassom: Meil So
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Pirlsga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bola marvaridni qayerdan topdi
Marvarid Muallif: Meri Joslin Rassom: Meil So Dengiz bo‘yida bolalar birga o‘ynashar edi. Boy yoki kambag‘al, barchasi birdek o‘yinlarga qo‘shilishdi. Bir kuni ular chuqurroq suvga sho‘ng‘ish uchun borishdi. «Qarang!» - deb baqirdi bola. «Men topgan narsaga qarang!» «Bu marvarid»,- dedi boshqasi. «Bu chiroyli» Bolalar uni ko‘rish uchun yig‘ildilar. Ularning barchasi marvaridning naqadar mukammal va yorqinligini ko‘rib, unga tegib ko‘rishga mushtoq edi. Ammo bir savolni berishga kim ham jur’at eta olardi ... 1. Bola marvaridni qayerdan topdi? A sohildan B dengiz yonidan C ular o‘yin o‘ynayotgan joydan D suvning chuqurroq qismidan 2. Nima uchun bolalar marvaridga qo‘l tekkizishga mushtoq edi? A Ular olib ketmoqchi edi. B Ular uni o‘ziga xos deb o‘yladilar. C Bola marvaridni tushirib yuboradi deb o‘ylashdi. D Ular uning haqiqiyligiga ishonmadilar. 3 “Buni olsam bo‘ladimi? iltimos. Bu juda chiroyli”. Bu birinchi bo‘lib gapirgan bola edi. “Bu haqiqatdan ham Joshniki. U topdi,” - dedi qizlardan biri. “Sen buni olishing mumkin, Ruben, - dedi Josh, - chunki bu senga juda yoqdi”. O‘sha kundan boshlab, boshqa bolalar Rubenni kamroq ko‘rishdi. Ular toza havoda o‘ynashayotganda, Ruben ichkarida qolib marvaridlar haqida o‘qiyotgan bo‘lardi. U dengizda yashovchi chig‘anoq ichida marvaridlarning qanday qilib o‘sishini bilib oldi. Oilasi undan sovg‘a uchun nima istayotganini so‘raganda, u doimo marvarid so‘ragan edi. «Men katta bo‘lganimda marvarid savdogari bo‘laman», - derdi u. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling